Umumiy doc
Download 6.99 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- 15. 3.1.7. M-6000 ASOSIDAGI VOSITALAR KOMPLEKSI TARKIBI
15. 3.1.4. ELEKTR TA’MINOTI
Tizim o‘z manbalaridan ta’minlanadi, bunda, 220 V kuchlanishli (ruxsat etilgan chegaralar +10% - 15YA% atrofida) 50 ±1 Gs chastotali bir fazali o‘zgaruvchan tokdan foydalaniladi. 15. 3.1.5. TUZILISH IJRO PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 440 M-6000 ning tuzilishi nomenklaturasiga quyidagilar kiradi: − turli funksional modullar tuzilishlari joylashtirilgan umumiy javon; − elementlar bloklari, asboblar karkasi; − pultlar, tumbalar, stollar; − indikasiyalash, signallash elementlarini, shuningdek, boshqarish organlarining o‘rnatish uchun tuzilishlar. 15. 3.1.6. ISHLATISH SHARTLARI M-6000 prosessor asosidagi tizimlar yopiq turdagi stasionar isitiluvchi xonalarda ishlatish uchun mo‘ljallangan. Tizim atrof muhitning quyidagi parametrlarida me’yorida ishlaydi: − temperatura (25 – 40 0 S); − havoning nisbiy namligi 30 - 80% (ko‘pi bilan 90% gacha); − atmosfera bosimi (10 + 3,3 ⋅ 10) Pa (60+25) mm. sim. ust. Magnit disklaridagi tashqi to‘plagichlar havoni kondisionerlashni, temperaturani +15 °S dan +30 °S gacha saqlashni va xavoning minimal darajada changlanishini talab qiladi. 15. 3.1.7. M-6000 ASOSIDAGI VOSITALAR KOMPLEKSI TARKIBI Kompleks tarkibiga asosiy xarakteristikalari yuqorida keltirilgan M-6000 prosessordan tashqari quyidagilar kiradi: 1) 5, 6, 7 va 8 yo‘lli perfolentasi bo‘lgan kiritish qurilmasi, uning kiritish tezligi 1500 satr/s; 2) perfolentaga chiqarish qurilmasi, chiqarish tezligi 160 satr/s; 3) yozish tezligi 10 simv/s bo‘lgan texnologik axborotni yozish qurilmasi; 4) kiritish-chiqarish qurilmasi; «Konsul-260» yozuv mashinasi asosida, yozish tezligi 10 simv/s; 5) perforasiyalovchi qo‘shimcha pristavka kompleksida T-65 teletayp apparati asosidagi kiritish-chiqarish qurilmasi, kiritish-chiqarishdagi tezlik 400 simv/min. gacha; PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 441 6) kiritish-chiqarish qurilmasi; «Konsul-260» yozuv mashikasidan, perfolentadan o‘qib chiquvchidan va lentali perforatordan iborat komplektdan tashkil topgan; xizmat ko‘rsatuvchi hodimlarning BHM bilan operativ aloqa bog‘lashi uchun mo‘ljallangan. 7) ekranda simvolli-raqamli axborotni (96 belgi-raqamlar rus va lotin alfaviti, maxsus belgilar) ifodalash uchun elektron nur trubka (ENT) asosidagi ma’lumotlarni indikasiyalash stansiyasi (MIS); kiritish hajmi 1024 simvol. Ma’lumotlarni indikasiyalash stansiyasi terilgan axborotni tahrir qilishi, uni mashinaga uzatish, BHMdan qabul qilib olib, keyin tahrir qilish, ekranga chiqarilgan axborotni «Konsul-260» mashinkasida yozish, ekrandagi satrlar soni 16, satrdagi simvollar soni 64; simvollar orasidagi masofa 0,6 mm, so‘zlar orasidagi masofa 3,6 mm, satrlar orasidagi masofa 6 mm. Axborotni qabul qilish tezlligi 70 sim/s; 8) grafik ma’lumotlarni indifikasiyalash stansiyasi (GMIS) (ENT asosida), xodimlarning UHM bilan operativ aloqa bog‘lashlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, u BHM dan kelayotgan kodlarni ularning nuqta, yoy, aylana, harf, raqam va boshqa simvollar ko‘rinishidagi, shuningdek, ENT ekranida tasvirlanadigan to‘g‘ri chiziq kesmalari ko‘rinishidagi qo‘rinma ekvivalentlariga almashtiradi. GMIS da bir nechta ish rejimi ko‘zda tutilgan: nuqtalar, vektorlar, kichik vektorlar, aylanalar, yoylar, simvollar rejimi, tasvir elementlarini ajratish va boshqarish rejimi. Ekrandagi ishchi maydonning o‘lchami 24x24 sm; har birining diametri 0,25 - 0,1 mm bo‘lgan turli adreslanuvchi nuqtalarning soni 1027 taga teng; to‘plamdagi turli simvollar soni 96 ta raqam (rus va lotin simvollari, maxsus belgilar); kadrdagi- simvollarning eng ko‘p soni 2000 ta; 9) magnit disklardagi tashqi xotira qurilmasi; bittadan beshtagacha R-401 qurilmasi bor. Har bir qurilma quyidagi vazifalarni bajaradi: − axborotni berilgan adres bo‘yicha izlash; − standart tutashmadan parallel kodda axborot qabul qilish va uni magnit diskka PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 442 ketma-ket kodda yozish; − disklardan axborotni ketma-ket o‘qib olish va uni tutashmaga parallel kodda chiqarish. Qurilmaning magnit disklari kasetasining sig‘imi taxminan 10 mln. ikkili raqamdir, diskning bir yo‘liga 10400 birlikkacha axborot sig‘adi; 10) ossillografni bog‘lash qurilmasi; odatdagi ossillograf ekraniga nuqtalardan tuzilgan tasvirlarni chiqarish ta’minlaydi; 11) taymer; prosessorga vaqtincha signallarni berish uchun mo‘ljallangan; bu qurilma tashkil etuvchi dastur – supervizor bilan birga quyidagilarni amalga oshirish imkonini beradi; − joriy vaqtning qiymatini 1,3 s/sut. gacha anqlik bilan olishga; − boshqarish tizimida astronomik vaqtning oldindan berilgan paytida ma’lum ishlarni bajarish uchun topshiriq berishga; − berilgan vaqt oralig‘i o‘tishi bilan biror ish bajarish uchun topshiriq berishga; − biror vazifaning bajarilish vaqtini cheklashga; − tizimning ishlash vaqtini va ayrim vazifalarini amalga oshirish vaqtini hisobga olish; − prosessorning 0,5 s dan ortiq vaqtga to‘xtashi yoki sikllanishi haqidagi signalni shakllantirishga imkon beradi. Kiritish-chiqarishning yuqorida sanab o‘tilgan tashqi qurilmalaridan tashqari kompleks tarkibiga ob’ekt bilan bog‘lanish uchun agregat modullar va moslashtirgichlar kiradi. Ob’ekt bilan aloqa bog‘lash uchun agregat modullari komplektiga qurilmalarning keng nomenklaturasi kirib, ular ob’ekt datchiklaridan tizimga turli xil axborot kiritilishiga va ishlangan signallarni ijro mexanizmlari hamda signalizasiya elementlariga chiqarilishiga imkon beradi. Bunday turdagi modullarning umumiy qiymati signallarni qabul qilishga mo‘ljallangan qurilmalardan 28 tasini, shuningdek, turli parametrli va xarakteristikali boshqaruvchi ta’sirlarning shakllanishini tashkil etadi. M-6000 prosessor asosidagi vositalar kompleksiga kiruvchi ob’ekt bilan bog‘lanish qurilmalari quyidagilarni amalga oshirishga imkon beradi: PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 443 − ham erga ulangan, ham kirishi izolyasiyalangan o‘zgarmas kuchlanishli signallarni analogli-raqamlilarga almashtirish; − o‘rtacha darajadagi (+5 V) o‘zgarmas kuchlanish signallarini kommutasiyalash; − termojuft, qarshilik termometrlari, potensiometrlardan kelayotgan signallarni kommutasiyalash; − past darajadagi kirish signallarini (10 dan 100 mV gacha) kuchaytirish; − shaxsiy va guruhiy kanallarda xalaqitlarni yo‘kotib va 50 Gs, 60 dB chastota bilan analog signallarni filtrlash; − termojuft, qarshilik termometrlari va potensiometrlardan kelayotgan signallarni me’yorlashtirish; − termojuftlarning kavsharlangan sovuq uchining termo EYUK ini avtomatik kompensasiyalash, shuningdek, qarshilik termometrlari signallarini o‘zgarmas tok kuchlanishiga aylantirish; − 16 ta ikki pozisiyali datchiklardan keladigan diskret axborotni guruhiy kiritish; − guruhdagi istagan datchikning holati o‘zgarganda uzilishga talab shakllanishi bilan tashabbusli va avariya signallarini kiritish; − raqam-impulsli signallarni oldindan 4095 tagacha to‘plab, kirish chastotasi 200 Gs qilib va chiqishda 12 xonali ikkili kodni shakllantirib kiritish; − ob’ekt bilan aloqa liniyalarini zichlashtirish va nazorat qilish; − iste’mol quvvati 0,7 va 6 VA gacha bo‘lgan 10 ta bipolyar mantiqiy elementni, releni, indikasiya lampalarini va hokazolarni kontaktsiz va guruhiy boshqarish; bunda, kirish zanjirlarining erdan galvanik ajralishi ta’minlanishi mumkin; − signilizasiya elementlarini boshqarish (o‘chib– yonuvchi rejim), shuningdek, boshqaruvchi impulsi davomiyligi 1 ms dan 6 s gacha qayd qilingan rele va kontaktsiz elementlarini impulsli boshqarish; − telefon kommutasiyalanmagan kanali bo‘ylab 15 km gacha masofaga 50 simv/s tezlik bilan 8 xonali kodlarni paralel uzatish; − xotiraga bevosita kirish kanaliga tez ishlovchi axborot manbalarini ulash uchun axborotni oraliq saqlash; oraliq xotiraning sig‘imi 8 ta 16 xonali registrdan PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 444 iborat; − asboblarni, o‘zgarmas va o‘zgaruvchan tok relesini, shuningdek, boshqa ijro etuvchi mexanizmlarni kontaktli boshqarish (RES-22 rele kontaktlaridan); − RES-22 rele kontaktlari yordamida bir-biridan izolyasiyalangan 28 ta zanjirni bir vaqtda ulash; − diskret axborotni kiritish va chiqarishni ko‘paytirish; − ob’ekt bilan aloqa liniyalarini maxsus kross shkaflari va panellar yordamida kommutasiyalash. M-6000 asosidagi komplektga kiruvchi moslashtirgichlar quyidagilarni ta’minlaydi: − ASVT va EHM YAS vositalari tizimi standart tutashmalari orasidagi aloqani; − M-6000 prosessori asosidagi ikkita hisoblash komplekslari orasida axborot almashishini; − tutashuv kanallarining tarmoqlanishini. SHunday qilib, tashqi qurilmalar nomenklaturasi, ob’ekt bilan aloqa bloklari, shuningdek, hisoblash kompleksi xarakteristikalari sanoatning turli sohalarida texnologik jarayonlarni boshqarishda M-6000 prosessor asosidagi vositalarni etarlicha keng ko‘lamda foydalanishni ta’minlaydi. Download 6.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling