Umumiy doc


 SHaxsiy kompyuter negizidagi kontroller (RS)


Download 6.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet305/390
Sana31.01.2024
Hajmi6.99 Mb.
#1818752
1   ...   301   302   303   304   305   306   307   308   ...   390
Bog'liq
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish

20.2.1.1. SHaxsiy kompyuter negizidagi kontroller (RS) 
Bu yo‘nalish keyingi paytda tubdan rivojlandi, bu birinchi navbatda quyidagi 
sabablar bilan izohlanadi: 

RS ning ishonchlilikni oshirish; 

odatdagi va sanoatda ishlab chiqarilgan shaxsiy kompyuterlarning ko‘p 
modifikasiyalari mavjudligi bilan; 

ochiq arxitekturadan foydalanish; 

uchinchi firmalar ishlab chiqarayotgan istagan kirish/chiqish (OAO‘M 
modullari) bloklarini ulash osonligi; 

ishlab tayyorlangan dasturiy ta’minotning keng nomenklaturasidan foydalanish 
mumkinligi (real vaqt operasion tizimlari, ma’lumotlar bazasi, nazorat qilish va 
boshqarishning tatbiqiy dasturlari paketlari). 
RS negizidagi kontrollerlar, odatda, sanoatda uncha katta bo‘lmagan berk 
ob’ektlarni boshqarish uchun, tibbiyotda mahsus avtomatlashtirish tizimlarida, ilmiy 
laboratoriyalarda, kommunikasiya vositalarida foydalaniladi. Bunday kontrollerning 
kirish-chiqishlari umumiy soni odatda bir necha o‘nlikdan oshmaydi, vazifalari 
to‘plami esa bir nechta boshqaruvchi ta’sirlarni hisobga olgan holda o‘lchash 
axborotiga murakkab ishlov berishni ko‘zda tutadi. RS negizidagi kontrollerlarning 
rasional qo‘llanish sohasini quyidagi shartlar bilan izohlash mumkin: 

boshqarish ob’ektining kirish va chiqishlari uncha ko‘p miqdorda bo‘lmaganda 
etarlicha kichik vaqt oralig‘ida katta hajmdagi hisoblash bajariladi (qayta 
hisoblash quvvati zarur); 

avtomatlashtirish vositalari ofisdagi shaxsiy kompyuterlarning ishlash 
sharoitidan ko‘p farq qilmaydigan atrof muhitda ishlaydi; 

kontroller amalga oshiradigan vazifalarni (ular nostandart bo‘lgani sababli) 
maxsus texnologik tillarning birida emas, balki yuqori darajadagi odatdagi 
dasturlash tilida, S++, PASKAL va h.k. da dasturlash maqsadga muvofiqdir; 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


570 

oddiy kontrollerlar ta’minlaydigan kiritik sharoitlarda ishni amalda kuchli 
apparat qo‘llab-quvvatlash talab qilinmaydi. Bunday qo‘llab-quvvatlashning 
vazifalariga quyidagilar kiradi: hisoblash qurilmalari ishni chuqur tashxisi
avtomat zaxiralash choralari, shu jumladan kontrollerlar ishni to‘xtatmasdan 
nosozliklarni bartaraf etish; avtomatlashtirish tizimi ishlagan vaqtida dasturiy 
komponentlar modifikasiyasi va hokazo. 
RS negizida kontroller bozorida O‘zbekistonda quyidagi kompaniyalar 
ishlamoqda: Honeywell, Siemens, Emerson Elektric, ABB, Alien Bradley, Ge Fanuc 
va boshqalar.

Download 6.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   301   302   303   304   305   306   307   308   ...   390




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling