Umumiy doc


Download 6.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet367/390
Sana31.01.2024
Hajmi6.99 Mb.
#1818752
1   ...   363   364   365   366   367   368   369   370   ...   390
Bog'liq
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish

22.3-§. SEPARATOR 
 
22.3.1. Separasiyalash uzelining tavsifi 
Bug‘ suyuqlik aralashmasini gazsimon va suyuq fazalarga ajratish uchun oddiy 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


698 
separator modellashtiriladi.
Texnologik uzelning sxemasi 22.3-rasmda ifodalangan. 
Sovuq butan-geksanli aralashma moyli issiqlik almashtirgichga uzatiladi, u 
erda uning separatorga kirishidan oldin dastlabki isitilishi yuz beradi.
Separator bug‘ suyuqlik aralashmasi komponentlarini asosan aralashmaning 
ancha engil komponentini bosim pasayganda bug‘lanish hisobiga ajratish imkonini 
beradi. Bug‘ separatorning tepasidan bosim rostlagichi klapani orqali chiqariladi
suyuq faza esa pastdan sath rostlagichi klapani orqali chiqariladi. 
22.3-rasm. Separasiyalash uzelining sxemasi 
22.3.2. Boshqarish prinsiplari 
Sovuq butan-geksan aralashmasi T-1 issiqlik almashtirgichga uzatiladi, u erda 
issiqlik eltgich oqimi bilan isitiladi (issiq moy yoki boshqa neft mahsuloti). Issiqlik 
almashtirgichdagi aralashma sarfini FIRK-100 rostlagichi ta’minlab turadi, uning 
klapani aralashmani issiqlik almashtirgichdan S-1 separatorga uzatish quvuri 
(trubopravod) da joylashgan. TIR-300 datchigi T-1 ga kirishda aralashmaning 
PDF created with pdfFactory Pro trial version 
www.pdffactory.com


699 
haroratini, MR-500 analizatori esa dastlabki aralashmadagi butan miqdorini nazorat 
qiladi.
T-1 dan chiqishda aralashmaning haroratini TIRC-301 asbobi tartibga solib 
turadi, u issiqlik eltgichning issiqlik almashtirgichga sarfini boshqaradi.
Isitilgan aralashma S-1separatorga uzatiladi, u erda u bug‘ga (gazga) va 
suyuqlikka ajraladi. 
Gaz separatorning yuqori qismi orqali chiqarib tashlanadi. PIRC-220 
rostlagichi D-1 dagi bosimni gazlarni chiqarib tashlash quvurida (truboprovodida) gi 
klapan yordamida ushlab turadi. FIR-120 datchigi gaz sarfini o‘lchaydi, AIR-520 
analizatori gaz fazasidagi butan miqdorini nazorat qiladi. 
Suyuq faza separatorning tubi orqali separatorda berilgan sathni ta’minlab 
turuvchi LIRC-410 rostlagich klapani joylashgan quvur (truboprovod) bo‘yicha 
chiqariladi. TIR-310 datchigi separatordagi haroratni, FIR-110 datchigi separatordan 
ketayotgan sarfni, AIR-510 analizator-suyuq fazadagi butan miqdorini nazorat qiladi.
Ishchi diapazon chegarasidan jarayonning asosiy o‘zgaruvchilari chiqib 
ketganda, ogohlantiruvchi yoki avariyali signalizasiya ishlab ketadi. 
Bosimni avariyali pasaytirish uchun S-1 separatorda baypasida NS-010 
rostlanuvchi qulfi bo‘lgan saqlagich klapan o‘rnatilgan.
Saqlagich klapan bosim 3 kg/sm
2
bo‘lganda ochiladi. 

Download 6.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   363   364   365   366   367   368   369   370   ...   390




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling