711
3. Maxsulotni sarflash rostlagichi FIRC-100 ni dastaki rejimga o‘tkazing. T
-1 dan
chiqishda qizigan mahsulotning harorati (TIRC
-330 ning ko‘rsatishi) T
-1 ga
kirishdagi mahsulot haroratiga yaqin bo‘lsa (TIR
-300 ning ko‘rsatishi), u holda
N
-1A nasosni to‘xtating va FV
-100 klapanni berkiting.
4. Issiqlik almashtirgichning barcha kirish va chiqish quvurlaridagi HV
-001, HV
-
002, HV
-003, HV
-004 ajratkichlarni berkiting.
Isitish uzeli to‘xtatildi va texnik xizmat ko‘rsatilishi
uchun yoki asbob-uskunani
ta’mirlash
uchun tayyor. Issiqlik almashtirgichni ta’mirlashga
tayyorlash
operasiyalari (korpusni drenaj qilish, quvurlar dastasini havo bosimi bilan tozalash va
hokazo) modellashtirilmaydi. Real qurilmada ular korxonada amalda bo‘lgan
yo‘riqnomalarga muvofiq bajarilishi kerak.
22.5-§. SIG‘IMLAR TIZIMI
22.5.1. Texnologik uzelning tavsifi
Ikki idishdan
iborat tizim modellashtiriladi, ular orasidan ishchi suyuqlik o‘z
-
o‘zidan oqib o‘tadi (22.5
-rasmga qarang). Bu tizim
gidrostatika prinsiplarini
namoyish qilishga imkon beradi. Idishlar har xil balandlikka o‘rnatilgan.
Idishlar
orasidagi oqim yo‘llarida ishchi suyuqlikning sarfini o‘zgartirish
uchun idishlardagi
bosimni va sathlarni o‘zgartirish mumkin.
Ishchi suyuqlik sifatida suvdan foydalaniladi.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com