Umumiy doc
Download 6.99 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish
22.5.4.2. Me’yordagi to‘xtatuv Umumiy mulohazalar “Me’yordagi to‘xtatuv” mashqining maqsadi – qurilmani to‘g‘ri va xavfsiz uzib tashlash uchun zarur harakatlarining ketma – ketligini o‘rganib olish. Texnologik uzelni to‘la to‘xtatish odatda asosiy qurilmani rejadagi ta’mirlashni o‘tkazish uchun yoki rahbariyatning ko‘rsatmasi bilan ishlab chiqarish zaruratiga ko‘ra amalga oshiriladi. Barcha manfaatdor xizmatlar bo‘lajak o‘chirib qo‘yish to‘g‘risida xabardor qilinishlari kerak. Tadbir PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 718 1. E – 1 idishga suv uzatishni to‘xtating. Buning uchun FIRC – 110 rostlagichni dastaki rejimga o‘tkazing va uning klapanini to‘la berkiting. 2. LIRC – 410 rostlagichni dastaki rejimga o‘tkazing va E – 1 idishni bo‘shatish uchun klapanni ochiq qoldiring. 3. E – 1 idishdagi sath taxmimnan 5% ga yaqinlashganda, LIRC – 410 rostlagich klapanini berkiting. 4. LIRC – 430 rostlagichni E –2 idishni bo‘shatish uchun klapanini ochiq holda dastaki rejimga o‘tkazing. 5. E – 2 idishning sathi (LIRC – 430 datchigi) 5-10% ni tashkil etganda, N–1A nasosni o‘chiring. 6. Mos ravishda E –1 va E –2 idishlardagi suyuqlik qoldiqlarini drenaj qilish (quritish) uchun NV – 001 va HV – 002 ajratkichlarni oching. Idishlar bo‘shagandan so‘ng NV – 001 va HV – 002 ajratkichlarni berkiting. 7. RIRC – 210 va RIRC – 230 bosim rostlagichlarini dastaki rejimga o‘tkazing. Bosimni pasaytirish uchun “V” klapanlarni yoping va “A” klapanlarni oching. 8. RIRC – 210 va RIRC – 230 datchiklar 0 kg/sm 2 ni ko‘rsatganda, barcha rostlovchi klapanlarni berkiting. 9. Klapanlar yig‘malaridagi barcha VV – 110, VV – 410, VV – 430 ajratkichlarni berkiting. Download 6.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling