Umumiy doc
TermoEYUKning me’yorlovchi o‘zgartkichi
Download 6.99 Mb. Pdf ko'rish
|
Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Me’yorlovchi o‘zgartkichning ishlashi
- Termoelektr termometr (termojuft) bilan ishlaydigan me’yorlovchi o‘zgartkichning sxemasi.
TermoEYUKning me’yorlovchi o‘zgartkichi.
Termoelektrik o‘zgartkichlardan olingan axborotni EHMga yoki avtomatik rostlash tizimiga kiritish uchun me’yorlovchi o‘zgartkich keng qo‘llanadi. U termoelektr o‘zgartkichlarning signallarini 0—5 mA o‘zgarmas tokdagi bir xillashtirilgan signalga almashtirish uchun mo‘ljallangan. Me’yorlovchi o‘zgartkichning ishlashi ish toki o‘zgaruvchi kuchga ega bo‘lgan potensiometrning sxemasidan foydalangan holda termo EYUK ning kompensasiyalovchi o‘lchash usuliga asoslangan. 2.12 – rasm. Termoelektr termometr (termojuft) bilan ishlaydigan me’yorlovchi o‘zgartkichning sxemasi. O‘zgartkichning sxemasi 2.12-rasmda keltirilgan. Bu erda, I — o‘lchash konturi; II — kompensasiya konturi. I konturda tuzatuvchi ko‘prik TK, chiqish toki I chiq bo‘lgan kuchaytirgich K 1 va rezistor R t bor. I konturga G‘ va D uzayturuvchi o‘tkazgichlar yordamida termojuft AV ulangan. Tuzatuvchi (korrektorlovchi) ko‘prik termojuftning bo‘sh uchi haroratining Imб II R kk K H + I ∆U TK D F + - B A U + - K 2 I чиқ I чиқ R mn K 1 MK ЯK С b d a R m R 1 R 2 R 3 PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 69 o‘zgarishiga avtomatik tuzatma kiritish uchun, shuningdek, o‘lchashning kuyi chegarasi 0°S ga teng bo‘lmagan o‘zgartkichlarda boshlang‘ich termo EYUK ni kompensasiyalash uchun mo‘ljallangan. Ko‘prik manbaining ab diagonaliga o‘zgarmas tokning barqarorlashtirilgan kuchlanishi ulangan. R 1 ,R 2 va R 3 rezistorlar — manganindan, R m rezistor esa misdan yasalgan. K 1 kuchaytirgich ikkita kaskaddan iborat: ikki taktli ikki yarim davrli sxema bo‘yicha bajarilgan magnit MK va o‘zgarmas tokning kuchayishi rejimida ishlovchi yarim o‘tkazgichli kuchaytirgich K. Kuchaytirgich K 1 - nol—indikator vazifasini bajaradi. II kompemsasiya konturiga R kk rezistor va teskari bog‘lanish (aloqa) kuchaytirgichi K 2 kiradi. Bu kuchaytirgich K 1 kuchaytirgichga o‘xshaydi, lekin kuchaytirgichning chiqish toki bo‘yicha chuqur manfiy bog‘lanish bilan ulangan. K 2 kuchaytirgichning I mb , chiqish toki II konturning ishchi toki hisoblanadi va bu tok R kk qarshilik bo‘ylab o‘tganda unda II kontur tomonidan U kk =I mb ·R kk kompensasiyalovchi kuchlanish vujudga keltiriladi. I kontur tomonidan R ab rezistorga tuzatuvchi ko‘prik TK ning sd o‘lchov diagonalida vujudga keluvchi U cd (1 kuchlanish bilan ko‘shilgan E AB (t,t 0 ) termoelektr o‘zgartkich signali keltiriladi. Bu kuchlanish, yuqorida aytilganidek, termoo‘zgartkichning bo‘sh uchlaridagi haroratning tuzatmasiga teng, ya’ni U cd =E AB (t’ 0 ,t o ). SHunday qilib, bu E AB (t,t 0 )= E AB (t,t’ 0 )+U cd ga teng yakka signal U kk kuchlanish bilan taqqoslanadi. ∆U=E AB (t,t 0 )-U kk ga teng nobalanslik K 1 kuchaytirgichga beriladi, u erda o‘zgarmas tokning ∆U signali avval magnit kuchaytirgich MK da o‘zgaruvchi tok signaliga aylantiriladi, so‘ngra kuchaytiriladi va yana o‘zgarmas tok signaliga aylantiriladi, u o‘zgarmas tokning yarim o‘tkazgichli kuchaytirgichi YAK da ko‘shimcha ravishda kuchaytiriladi. K 1 kuchaytirgichning chiqish signali I chiq tokini vujudga keltiradi, u R TN tashqi zanjirga keladi va keyin kuchaytirgich orqali teskari aloqa kuchaytirgichi K 2 ga keladi. K 2 ku chaytirgichning I t6 chiqish toki o‘zgaradi va R kk rezistorda U kk , kuchlanish pasayishini (tu shishini) ∆U nobalans kompensasiyalashning statik xatosi deb ataluvchi biror kichik δU kattalikkacha o‘zgartiradi. Kompensasiyalashning statik xatosining mavjud bo‘lishi I o‘lchash konturida PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 70 kompensasiyalanmagan tok o‘tishga olib keladi. Bunda o‘lchanuvchi termoEYUK qanchalik katta bo‘lsa, bu tok shunchalik katta bo‘ladi. Statik avtokompensasion sxema bo‘yicha bajarilgan qurilmalarda bunday xatolikni yo‘qotib bo‘lmaydi, chunki o‘zgartkichning I chiq chiqish toki va kompensasiya konturining I tb toki bu xatolikning mavjudligi bilan aniqlanadi va unga mutanosibdir. SHu bilan birga avtokompensasion sxemaning statik xatosi, agar kuchaytirish koeffisienti katta bo‘lgan kuchaytirgich foydalanilsa, ancha kamaytirilishi mumkin. Endi o‘lchanayotgan termo EYUK E AV (t,t 0 ) bilan o‘zgartkichning chiqish toki I chiq orasidagi matematik bog‘lanishni qarab chikamiz. YUqorida aytilganlarga muvofiq ∆U=E AB( t , t 0) -U kk (2.43) K 1 va K 2 kuchaytirgichlarning chiqishida quyidagi signallar shakllanadi: кир k кир k чик R U K I K I ∆ = ⋅ = 1 1 (2.44) чик k Тб I K I ⋅ = 2 (2.45) bu erda, K k 1 va K k 2 — kuchaytirgich K 1 va K 2 larning kuchaytirish koeffisientlari; I kir = ∆U/R kr kuchaytirgichning kirish zanjirida ∆U signal vujudga keltiradigan tok; R kir — K 1 kuchaytirgich kirish zanjirining qarshiligi. R kk rezistorda kuchlanishning tushishini topamiz: kk чик к кк Тб kk R I К R I U ⋅ ⋅ = ⋅ = 2 (2.46) (2.43), (2.44) va (2.46) ifodalar orqali ushbuni topamiz: I chiq =K·E AB( t , t 0) (2.47) bunda me’yorlovchi kk k k кир R K K R K ⋅ + = 2 1 / 1 o‘zgartkichning o‘zgartirish koeffisienti ⋅ = ∞ → ) /( 1 2 1 kk k k R K K да K SHunday qilib, me’yorlovchi o‘zgartkichning chiqish toki termoelektr o‘zgartkich (TEO‘) ning signaliga mutanosib bo‘ladi. PDF created with pdfFactory Pro trial version www.pdffactory.com 71 Kirish signalining qiymatiga qarab, termoelektr o‘zgartkichlar bilan ishlovchi me’yorlovchi o‘zgartkichlar 0,6...1,5 aniqlik sinflariga ega. Download 6.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling