Oʻzgarmas


Download 250.66 Kb.
bet1/5
Sana24.12.2022
Hajmi250.66 Kb.
#1058852
  1   2   3   4   5
Bog'liq
elektr mashinalari 2


Mavzu: O`zgarmas tok mashinalarning ishlashi va tuzilishi.
Reja:
1.O`zgarmas tok mashinalarining ishlashi
2. O`zgarmas tok mashinasining tuzilishi
3. O`zgarmas tok mashinalarining ishlatilishi

Oʻzgarmas tok mashinasi — mexanik energiyani oʻzgarmas tok elektr energiyasiga (generator) yoki oʻzgarmas tok elektr energiyasini mexanik energiyaga (dvigatel) aylantirib beradigan elektr mashina.Ham generator, ham dvigatel sifatida ishlashi mumkin.Generatorning ishi elektromagnit induksiya hodisasiga, dvigatelning ishi tokli oʻtkazgichning magnit maydoni bilan oʻzaro taʼsirlashishiga asoslangan; unda elektromagnit aylantiruvchi moment vujudga keladi. Oʻzgarmas tok mashinasim.ning aktiv qismlariga magnitli oʻzak, stator va rotor (yakor) chulgʻamlari hamda kollektor kiradi (yana qarang GeneratorElektr dvigatel). Oʼzgarmas tok mashinalari generator va dvigatel sifatida ishlatiladi. Oʼzgarmas tok mashinasi ham asosan qoʼzgʼalmas qism — stator va aylanuvchi qismi yakor (rotor)dan tuzilgan. Stator korpusi ichida ayon qutbli magnitlar oʼrnatiladi.Qutb oʼzaklariga oʼralgan chulgʼam qoʼz gʼati sh chulgʼami deyiladi. Koʼzgʼatish chulgʼami mashinaning asosiy magnit maydonini hosil qilish va uni rostlash uchun xizmat qiladi. Yakorning poʼlat oʼzagi pazlariga yakor chulgʼami oʼrnatiladi. Eng oddiy oʼzgarmas tok generatorining tuzilishi 1-rasm, b da koʼrsatilgan Unda magnit qutblari orasida joylashgan, erkin aylanadigan, poʼlat silindrga bir oʼram mis sim (yakor) oʼrnatilgan.Yakor oʼramining uchlari ikkita yarim halqaga ulangan. Yarim halqalarda ikkita qoʼzgʼalmas choʼtkalar (АvaB) sirpanadi. Yarim halqalar oʼram simi bilan birga aylanadi.Аna shu yarim halqalar oʼzgarmas tok mashinasining kollektori deyiladi.Real mashinalarda kollektor bir-biridan izolyatsiyalangan juda koʼp misplastinkalardan iborat.Silindr aylantirilsa, yakor simlarida, elektromagnit induktsiyasi qonuni asosida EYuK hosil boʼladi.Bunda simlar ikki xil magnit qutblari tagidan oʼtgani uchun, ulardagi EYuK ning yoʼnalishi oʼzgaradi.Lekin choʼtkalarga ulangan tashqi zanjirdan oʼzgarmas tok o`tadi.А choʼtka musbat, B choʼtka manfiy qutbga ega boʼladi.Yakor180° ga burilganda oʼram simlarida EYuK ning yoʼnalishi oʼzgaradi, lekin choʼtkalar qutbi, shuningdek, tashqi zanjirda tok yoʼnalishi oʼzgarmaydi.Chunki, oʼram simlarida EYuK ning yoʼnalishi oʼzgarganda choʼtkalar sirpanadigan yarim halqalaralmashadi. Demak, kollektor oʼzgaruvchan tokni (EYuK ni) uning yoʼnapishini oʼzgartirmasdan faqat qiymatini oʼegartiradigan tokka aylantiruvchi mexanik toʼgʼrilagich ekan.

Download 250.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling