Fermentlar klassifikatsiyasi.
Qabul qilingan klassifikatsiya tizimiga binoan hamma fermentlar olti sinfga bо‘linadi:
Oksidoreduktazalar;
Transferazalar;
Gidrolazalar;
Liazalar;
Izomerazalar;
Ligazalar (sintetazalar).
Keng miqdorda qо‘llaniladigan mikroorganizmlar fermenti -gidrolazalar sinfiga kiruvchilardir (glikozidazalar, peptidazalar va boshqalar).
Bular glikozid peptid, efir va ayrim boshqa bog‘larga suv ishtirokida ta’sir qiladi. Gidrolazalar kо‘pincha hujayra tashqarisidagi (ekzogen) fermetlaridir. Hujayralardan chiqib ular kultural muhitda tо‘planadi. Bu fermentlarni olish hujayra ichidagi (endogen) fermentlarni ajratishga nisbatan qulay va arzondir.
Glikozidazalar. Glikozidazalar - glikozid bog‘larini gidroliz qiluvchi fermentlardir. Bular kо‘p vaqtlardan beri о‘rganiladi va ishlatiladi. Bu guruhga kraxmalni gidroliz qiluvchi amilolitik fermentlar, b-amilazalar va glikoamilazalar kiradi. Kо‘p mikroorganizmlar a-amilaza hosil qiladi, b-amilaza sintezi esa kam kuzatiladi.
Amaliy maqsadlarda qо‘llaniladigan a-amilazani ajratuvchi Bacillus licheniformis, Bac.amyloliquefaciens, Aspergillus oryzae va boshqa mikroorganizmlardir. a-amilaza Bac. licheniformis dan olinadigan juda yuqori haroratga chidamli va kraxmalni 1000S atrofidagi haroratda gidroliz qilish qobiliyatiga egadir. Mikroorganizmlarning ekstremal sharoitda taraqqiy qilish qobiliyatini, ya’ni past va yuqori haroratda, molekulyar kislorod mavjud bо‘lmaganda, ishqorli va kislotali muhitda, tuzni yuqori konsentratsiyasida о‘sishi kо‘pincha ularning fermentlari xarakteri bilan aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |