Umumiy fitopatalogiya va mikrobialogiya


ZAMBURUG‟LAR VA ULARNING XARAKTERISTIKASI


Download 171.7 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana19.06.2023
Hajmi171.7 Kb.
#1614616
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Sferiales tartibiga kiruvchi zamburuģlarning

2.1 ZAMBURUG‟LAR VA ULARNING XARAKTERISTIKASI 
ZAMBURUG‘LAR - Tayyor organik moddalar hisobiga yashaydi, yaʼni 
geterotrof organizm hisoblanadi. Odatda oʻsimliklarda, tuproqda, suvda, qarab 
parazit va saprofitga boʻlinadi. Ularning odamlar va hayvonlar uchun zararli va 
foydali yuz mingdan ortiq turi uchraydi. Zamburug‘lar haqidagi fan 
mikologiya deb ataladi. Tuzilishi. Ko'pchilik zamburug‘larning (baʼzi hujayra 
ichki parazitlaridan tashqari) vegetativ tanasi mitseliy ko‘rinishida, yaʼni 
oziqlanish substrati sirtiga yoki ichiga taralib, uchidan oʻsadigan ingichka ipcha 
— gifalardan iborat. Koʻpayishi. vegetativ va reproduktiv (jinssiz va jinsiy) 
koʻpayadi. Vegetativ koʻpayish mitseliy ipchalarining boʻlinishi yoki 
sklerotsiyalar bilan amalga oshadi. Bu boʻlakchalar har xil yoʻl bilan tarqalib, 
qulay sharoitga tushganda yangi mitseliysi hosil boʻladi. Jinssiz koʻpayish 
mitseliyning maxsus shoxchalarida xar xil boʻladigan sporalar orqali roʻy 
beradi. Sporalar hosil boʻlishiga qarab endogen va ekzogen buladi. Endogen 
sporalar odatda gifa (sporangiy yoki zoosporangiy)ning sharsimon uchlarida 
kup miqdorda rivojlanadi. Ekzogen sporalar (konidiyalar) mitseliyning maxsus 
shoxlarida yakka, guruh bulib, ko‘pincha zanjirsimon rivojlanadi. Jinsiy 
koʻpayish ikkita har xil jinsiy hujayraning qoʻshilishidan hosil boʻladigan 
zigotalar orqali roʻy beradi. hamma joyda keng tarqalgan.
Aksari Zamburug‘ning tabiatda umri qisqa. Ularning mitseliysi bir necha 
sutkada rivojlanib, spora hosil qilgach, oʻsishdan toʻxtab, nobud boʻladi. 
Mitseliysi koʻp yil yashaydiganlari ham bor. Jumladan, patogen va parazitlar :
mitseliysi bir necha yillab yashaydi. Shuningdek, sklerotsiylari va turlituman 
sporalari bilan uzoq vaqtgacha saqlanadiganlari ham boʻladi. Koʻp sporalar 
quruq holatda hayotchanligini oʻn yillab saqlashi mumkin. Muhim fiziologik 
xususiyatlari : rivojlanishi uchun kislorod zarur boʻlib, aerob organizm 
hisoblanadi. Lekin ayrimlari, masalan: achitqi zamburug‘iiga ozgina kislorod 
ham yetarli. Koʻplari turli xil (spirtli, limonli) achitish xususiyatiga ega. 20—
25° da yaxshi oʻsadi, baʼzilari 2—4° da ham oʻsaveradi. Zamburug‘larning 
oʻsishi uchun yorugʻlik zarur emas, lekin quyosh nuri ularning oʻsishi va spora 


hosil qilishiga salbiy taʼsir etadi. Tabiat va inson hayotidagi ahamiyati. 
Tuproqda yashaydiganlari oʻsimlik qoldiqlari (jumladan qiyin parchalanadigan 
sellyuloza va lignin)ni yemiradi va minerallashtiradi. Yogʻochlarni, asosan, 
poʻkak 3. yemiradi. Koʻpchilik oʻsimliklarda turli kasalliklarni qoʻzgʻatadi. 
Odamlardagi qator kasalliklar: kal, qirma temiratki va boshqalarni qoʻzgʻatadi. 
Foydalilari ham koʻp. Penicullium va Aspergillus turkumiga mansub 
Zamburug‘lardan vitaminlar, antibiotiklar, limon kislota va steroid preparatlar 
olishda foydalaniladi. Achitqi vino, non, pivo tayyorlashda ishlatiladi. 
Zamburug‘lardan koʻnchilik, toʻqimachilikda va sanoatning boshqa 
tarmoqlarida qoʻllaniladigan turli xil fermentlar olinadi. Dunyoning koʻpgina 
mamlakatlarida ovqatga ishlatiladi; isteʼmol qilinadigan zamburug‘larning turi 
100 dan ortadi. Bulardan kuplari qimmatli boʻlib, tarkibida oqsil moddalari, 
vitaminlar va fermentlar bor. asosan, konservalab (quritib, tuzlab, ziralab) 
isteʼmol qilinadi. Tasnifi I sinf — tuban zamburugʻlar yoki fikomitsetlar 
(Phycomycet) II sinf — xaltali zamburugʻlar yoki aksotsimetlar (Ascomycetes)
III 
sinf 
— 
bazidiomitsetlar 
(Basidiomycetes);
IV sinf — takomillashmagan zamburugʻlar (Deuteromycetes yoki Fungi 
imperfecti). oʻsimlik, hayvon va odamlarda kasallik qoʻzgʻatish xususiyatiga e 
Zarnburug'lar - geterotrof oziqlanuvchilar orasida eng keng tarqalgan. Eukariot 
organizrnlar bo'lib, turlari soni 100 rningdan ortiq. Evolutsion rivojlanish 
jarayonida zarnburug'laming yangi turlari hosil bo'lishi davorn etmoqda. 
Zarnburug'laming xlorofili bo' lrnaganligidan ular tayyor organik rnoddalar 
hisobiga oziqlanadi. Zarnburug'laming o'lcharni bir mkm.dan bir necha 
santirnetrgacha bo'ladi. Ular suvda, havoda, tuproqda hayot kechiradi. Ular ham 
o'sirnliklar bilan hayvonlarga o'xshash xususiyatga ega bo'lib, azot va 
uglevodlar alrnashinuvini arnalga oshiradi, mitseliysining tarkibini xitin 
rnoddasi tashkil qiladi. O'sirnliklarga o'xshashligi ulaming shirnib oziqlanishi 
va ga, oziqovqat mahsulotlarini buzadi.


2.1. 1-rasm Zamburug‘lar va ularning xarakteristikasi 
Zarnburug'lar - geterotrof oziqlanuvchilar orasida eng keng tarqalgan. 
Eukariot organizrnlar bo'lib, turlari soni 100 rningdan ortiq. Evolutsion 
rivojlanish jarayonida zarnburug'laming yangi turlari hosil bo'lishi davorn
etmoqda. Zarnburug'laming xlorofili bo' lrnaganligidan ular tayyor organik
rnoddalar hisobiga oziqlanadi. Zarnburug'laming o'lcharni bir mkm.dan bir 
necha santirnetrgacha bo'ladi. Ular suvda, havoda, tuproqda hayot kechiradi. 
Ular ham o'sirnliklar bilan hayvonlarga o'xshash xususiyatga ega bo'lib, azot va 
uglevodlar alrnashinuvini arnalga oshiradi, mitseliysining tarkibini xitin 
rnoddasi tashkil qiladi. O'sirnliklarga o'xshashligi ulaming shirnib oziqlanishi 
va cheksiz o'sishidir. Zarnburug'laming ferment hosil qilish xossasi yaxshi 
rivojlangan bo'lib, shu tufayli ular turli sharoitda organik rnoddalami parchalay 
olganligidan tez o'sadi, ko'pgina fiziologik faol rnoddalar ishlab chiqaradi. 
lurnladan, arninokislotalar, oqsillar, vitarninlar, fermentlar zarnburug'lar faol 
sintez qiladigan rnoddalar qatoriga kiradi. Bu rnoddalardan biotexnologiya 


jarayonlarida, oziq-ovqat rnahsulotlarini qayta ishlashda, rneditsinada va 
qishloq xo'jaJigida keng foydalaniladi. Zarnburug'laming salbiy zarari qishloq 
xo'jaligi 
o'sirnliklarida 
kasallik 
keltirib 
chiqarishida, 
oziq-ovqat 
rnahsulotlarining 
buzilishida, 
inson 
va 
hayvonlar 
salornatiigining 
yornonlashishida namoyon bo'ladi. Zarnburug'lar evolutsiyasi tabiatda yangi 
rnikrosenozlar hosil bo'lishi va ulaming yangi parazitlik xossalari narnoyon 
bo'lishida arnalga oshrnoqda. Zarnburug'lami o'rganadigan fan mikologiya deb 
nornlanadi (mykoszarnburug', logos - fan, ta'lirnot degan rna'noni bildiradi) va 
botanikaning bir bo'lirni hisoblanadi. U zarnburug'lar rnorfologiyasi, 
biologiyasi, 
anatorniyasi, 
fiziologiyasi, 
biokirnyosini, 
ekologiyasi, 
geografiyasini va ulaming tabiatdagi rolini o'rganadi. Keyingi yillarda 
rneditsina rnikologiyasi va veterinariya rnikologiyasi ham rivojlana boshladi. 
Achitqi zarnburug'laridan non yopishda, oqsilga boy bo'lgan sharnpinonlar va
veshinkalard 
tanqis 
taornlartayyorlashdafoydalaniladi.
Zamburug'larning tuzilishi. Zamburug'lar xlorofilsiz mikroorganizmlardir. 
Vegetativ tanasi tuban zamburug'larda bir hujayralilari tallom (Thallophuta), 
ko'p hujayralilari gifa (Mucata)dan tuzilgan bo'ladi. Hozirgi zamon tasavvuri 
bo'yicha, zamburug'lar o'simliklarga o'xshab cheksiz o'sish, hujayrasida 
qutbiylik bo'lishi, hayvonlarga o'xshab geterotrof oziqlanish, glikogen hosil 
qilish xossasiga ega va hujayra po'sti xitin moddasidan tashkil topgan.
Zamburug'lar 
hujayrasi 
po'st, 
sitoplazma, 
endoplazmatik 
to'r,
mitoxondriy, ribosoma, vakuola va yadrodan tashkil topgan. Yadrosining 
tuzilishiga ko'ra, zamburug'lar eukariot organizmlarga kiradi. Hujayra po'sti 
tashqi va ichki qavatdan tashkil topgan bo'lib, qalinligi 0,2mkm ni tashkil 
qiladi. Tashqi qavati hujayrani himoya qiladi. Hujayra tarkibining 80-90% ni 
polisaxaridlar, oqsillar, polifosfatlar tashkil qiladi. Asosi xitin va sellulozadan 
iborat bo'ladi. Shuningdek, uning tarkibida 20% gacha glukuron kislota, 
mannoza, galaktoza, glukoza ham bo'ladi. Hujayra po'stida xitin, oqsil va yog' 
ham uchraydi. Masalan, Aspergillis niger zamburug'i hujayrasining po'sti 
tarkibida uglevodlardan glukoza, mannoza, arabinoza (73-83%), geksozamin 


(9-13%), lipidlar 2-7%, oqsil 0,5-2,0%, fosfor 0,1% bo'ladi. Xitin moddasi 
hujayra po'stining 60% dan ortiq quruq massasini tashkil qiladi. Hujayra po'sti 
ko'p 
qavatli 
bo'lib, 
fennentlar 
ta'sirida 
parchalanishi 
mumkin.
Zamburug'lar protoplasti. Hujayralar ichidagi suyuqlik protoplast deyilib,u 
bosim kuchi ta'sirida hujayralar devoriga bosib turadi. Unda hujayrada ro'y 
beradigan barcha metabolitik jarayonlar amalga oshadi. Hujayra po'stidagi 
teshikchalar orqali protoplastlar o'zaro qo'shilishi mumkin.
Sitoplazma membranasi hujayra po'sti bilan sitoplazma orasida hosil
bo'ladi.Uning vazifasi hujayra ichiga kiradigan va undan chiqadigan
moddalami nazorat qilishdir. Hujayra sitoplazmasi ipsimon, naysimon va
pufaksimon tuzilishdagi organellalardan tashkil topgan. Sitoplazma ichida
joylashgan organellalar qatoriga Golji kompleksi ham kiradi. U yadro
membranasida, gifalar to'siqlarida, konidiyalarda hosil bo'ladi. Sitoplazma
tarkibida oqsil, aminokislotalar, RNK, uglevodlar, yog'lar uchraydi.
Vakuola tez ko'zga tashlanadigan yumaloq organoiddir. Unda zaharli moddalar 
yig'ilib, 
hujayra 
uchun 
keraksiz 
moddalar 
ham 
hosil 
bo'ladi.
Yadro ikki qavatdan tashkil topgan po'st bilan o'ralgan bo'lib, yadrocha-
xromosoma va DNKdan tuzilgan. Zamburug'larda bitta, ikkita yoki ko'p yadro 
hosil bo'ladi.O'lchami 2-3 mkm bo'lib, vazifasi DNK replikatsiyasini yetkazib 
beradi, 
irsiy 
belgilami 
nasldan 
naslga 
o'tkazadi.
Mitoxondriya hujayrada energiya manbayi hisoblanadi. U tashqi va ichki 
membrana bilan o'ralgan bo'lib, ichida kristlar hosil bo'ladi. Yashash sharoitiga 
bog'liq ravishda ulaming soni o'zgarib turadi. Masalan, aerob sharoitda 5% Ii 
glukozada 3-8 ta, 1% Ii glukozada 10-20 ta bo'lib, anaerob sharoitda 
mitoxondriy uchramagan. Mitoxondriyda fermentlar hosil bo'ladi, nuklein 
kislotalar,oqsil,uglevodlar, yog'lar to'planadi.
Ribosomalar yadroda hosil bo'igan RNK ni to'playdi. Ular transport, 
ribosomali, va informatsion turlarga bo'linadi. Ribosomalarni sentrifugalash 
usulida ajratib olish murnkin. Hujayralar tarkibida bulardan tashqari, yog'lar, 
riboflavinlar kabi zaxira moddalar ham to'planadi.


Zamburug'laming morfologik tuzilishi turlicha bo'lib, tanasini bir yoki 
ko'p hujayrali mitseliy tashkil qiladi. Ular ko'payish jarayonida konidiyalar, 
xaltachalar, bazidiosporalar hosil qiladi . uchida ko'p yadroli sitoplazma 
joylashgan bo'lib, yangi hujayra hosil qiladi. Gifalar bo'g'imga bo'linmagan, 
bo'g'imga bo'lingan, hujayraIi va hujayrasiz bo'ladi. Hujayrali gifalar xaltachali, 
bazidiyali va takomillashmagan zamburug'larga xos. Gifalarning uchki 
tomonida yangi hujayralar hosil bo'ladi. Uchki hujayralarda sitoplazma, yadro 
va mitoxondriy bo'lib, qari hujayralarda vakuola ham hosil bo'ladi. Achitqi
zamburug'larda haqiqiy gifa hosil bo'lmaydi. Ularning vegetativ tanasi bitta 
hujayradan iborat bo'lib, bo'linish yo'li bilan yoki kurtaklanib ko'payadi. Ayrim 
zamburug'lar tallomi (tanasi) rizoidlar yordamida substratga yopishib turadi.
Mitseliy zamburug'lar gifasining takomillashib, o'zaro qo'shilishidan hosil 
bo'ladi. Tuproqda sharoit qulay bo'lganda va laboratoriya sharoitida bitta 
konidiyning 
o'sishi 
natijasida 
zamburug' 
koloniyasi 
hosil 
bo'ladi.
Zamburug'ning mitseliysi saprofit turlarda (Mucor) juda tez, patogen turlarda 
(Verticillium) sekin o'sadi. Mitseliydan hosil bo'lgan rizoidlar zamburug'ning 
oziqa muhiti bilan bog'lanishiga, sporangiylar jinssiz ko'payishiga xizmat 
qiladi. Koloniya zamburug' sporasidan o'sib, hosil bo'lgan mitseliyning ustki 
qismi 
hisoblanadi. 
Zamburug'larning 
morfologiyasini 
o'rganishda
koloniyasining o'sish tezligi, mitseliyning tarmoqlanish, shoxlanish xossalari 
nazarda tutiladi. Zamburug' koloniyasining morfologik, sistematik xossalari
Chapeki yoki suslo agarli oziq muhitda o'stirib o'rganiladi. Koloniyaning 
o'sish fazalari quyidagilar:
l. Boshlang'ich faza - spora o'sishidan to dastlabki gifa doirasini hosil 
qilguncha,bo'lgan.davr;
2.Chiziqli.o'sish.fazasi;
3.Koloniyaning 
qarish 
yoki 
o'sishdan 
to'xtash 
fazasi.
Koloniyaning morfologik xossalarini o'rganishda uning chekka va ustki 
yuzasiga, Petri likopchasidagi oziq muhitining orqa tomonida hosil qilgan 
rangiga, spora hosil qilishiga e'tibor beriladi. Ko'pchilik zamburug'larda 


konidiylar havo (ochiq) mitseliysida hosil bo'ladi. Zamburug'lar mitseliysi 
shoxlanishiga ko'ra, dixotomik, monopodial va simpodial bo'lib, ularning 
morfologik shakli zamburug'larni aniqlashda ahamiyatga ega. Zamburug'lar -
koloniyasi doimiy qo'zg'atgichlarda suyuq oziq muhitida o'stirilganda o'ziga 
xos yumaloq sharlar hosil qiladi. Bunday usulda ko'paytirilgan F. 
sporotrichiella zamburug'i 80% mitseliy va 20% mikrokonidiylar hosil qiladi.
2.1. 2-rasm O‘simliklar va zamburug‘lar hujayrasi 


Mitseliyning 
shakl 
o'zgarishi. 
Zamburug'larda 
mitseliy 
shaklining
o'zgarishiga yashash sharoitining yomonlashishi, zamburug'ning tinim davriga 
kirishi va noqulay ekologik muhit sabab bo'ladi. Shakl o'zgarishi natijasida 
xlamidosporalar, rizomorflar, sklerosiylar, approssorlar, gaustoriylar va halqalar 
hosil bo'ladi Xlamidosporalar gifalarning yog', glikogen hisobiga yo'g'onlashishi
natijasida hosil bo'ladi. Ular Fusarium zamburug'larining noqulay ekologik
sharoitga chidamlilik xossasini orttirib, uzoq muddat davomida yashashiga imkon 
beradi. Ular mitseliyning, konidiyalarning shakl o'zgarishidan hosil bo'ladi. 
Xlamidosporalar hosil qilish Bazidiomitsetlar (qorakuya), Deyteromitsetlar 
(Fusarium, Verticil/ium) va Oomitsetlar sinfi vakillariga xos. Xlamidosporalar 
mitseliy hujayralari to'plamining qalin jigarrang po'st bilan o'ralishi natijasida 
hosil bo'ladi. Xlfmidosporalar noqulay sharoitga chidamli bo'lib, tuproqda uzoq 
vaqt saqlanadi. Ular unishidan mitseliy yoki spora hosil bo'ladi. Sklerosiylar 
gifalarning shoxlanib to'siqchalar hosil qilishidan vujudga keladi. Ular noqulay 
sharoitga chidamli bo'lib, kasallangan o'simliklar to'qimasidan hosil bo'ladi. 
Masalan. Valbo-atrum, Vdahlia zam-burug'larining mikrosklerosiysi 20-30 kun 
o'sgandan keyin hosil bo'lib, noqulay sharoitda uzoq muddat yashaydi. Vaqt o'tishi 
bilan sklerosiylar o'lchami va to'siqchalar miqdori ortib boradi. Yetilgan
sklerosiylar namni kam saqlaydi, tarkibi asosan lipid va glikogendan tuzilgan 
bo'ladi. Ular qulay sharoitda o'sib mitseliy hosil qiladi.



Download 171.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling