Umumiy fitopatalogiya va mikrobialogiya


Zamburug‟lar sistematikasi


Download 171.7 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana19.06.2023
Hajmi171.7 Kb.
#1614616
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Sferiales tartibiga kiruvchi zamburuģlarning

2.2. Zamburug‟lar sistematikasi 
Zamburug‗larning sistematikasi. Hozirgi zamonda zamburug‗lar 2 guruhga 
va 6ta sinfga bo‗linadi.Tuban zambruglarga va yuksak zamburuglarga bo‗linadi.
Tuban zamburuglarning tanasi yalongoch sitoplazmadan, ameboiddan yoki bir 
xujayrali miseliydan iborat. 
Yuksak zamburuglarning tanasi ko‗p xo‗jayrali 
miseliydan iborat. Tuban zamburuglar uchta evolyusion gruppaga bo‗linadi:
1. Bir xivchinli zoospora hosil qiluvchi organizmlar.
2. Ikki xivchinli zoospora hosil qiluvchi organizmlar.
3. Xivchinsiz va xaraktsiz spora hosil qiluvchi organizmlar
Tuban zamburuglarga 3 ta sinf kiradi:
1. Xitridiomisetlar
2. Oomisetlar
3. Zigomisetlar
Yuksak zamburuglarga ham 3 ta sinf kiradi:
1. Askomisetlar
2. Bizidiomisetlar
3. Deutromisetlar 
Xitridiomisetlar sinfi. Bu sinfga juda soda tuzilgan zamburuglar kiradi. Bu 
zamburuglar vegetativ tanasi ameboidan iborat. Ameboid spora hosil qilishdan 
oldin po‗stloq bilan qoplanadi. Ularning ko‗payishi zoosporalar orqali o‗tadi. 
Zoosporalar dumaloq va bitta uzun xivchinli bo‗ladi. Vegetatsiya davrida ameboid 
xo‗jayin o‗simlik xujayrasida yashaydi. Ameboidda bir xivchinli zoosporalar hosil 
bo‗ladi. Zoosporalar tashqariga chiqib o‗simlikni zararlaydi. Vegetatsiya oxirida 
xo‗jayin o‗simlikning zararlangan xujayralarida tinchlik davrini kechiradigan 


sporalar hosil bo‗ladi sistalar. Ular turli yo‗llar Bilan hosil bo‗ladi. Ayrim holda 
ameboid mayda sporalarga bo‗linadi, ayrim holda ameboid qalin po‗stloq bilan 
qoplanadi va sistaga aylanadi (kartoshka). Sista jinsiy protsess natijasida kelib 
chiqadi. Tinchlik davrini o‗tgan sistani yadrosi reduksion bo‗linadi va hosil 
bo‗lgan zigota o‗sib gaploid zoosporangilarni hosil qiladi. Zoosporangiylardan 
chiqqan zoosporalar Yana o‗simlikni zararlaydilar. Xitridiomisetlar – obligat 
parazitlar. Ular rivojlanayotgan yosh organ va to‗qimalarni va o‗simlikda uning 
to‗qimalarni keskin o‗sib ketishiga olib keladi (gipertrofiya).
Bu 
sinfga 
kiruvchi 
zamburuglar 

ta 
tartibga 
bo‗linadi:
a.tartib:Plazmodioforalilar.
Bu tartibga kiruvchi zamburuglarning vegetativ tanasi o‗simlikni zararlangan 
xujayrasida hosil bo‗ladigan ameboidan iborat. Ameboid yetilgandan so‗ng 
tinchlik davrini kechiruvchi sporalarga sistaga bo‗linadi. Bu tartib bitta oiladan 
Plazmodioforatsiya va 2 ta Plazmodiofora va Spongospora avlodlaridan iborat.
1.Plasmodiophora avlodi – bu avlodga kiruvchi zamburuglarning tinchlik davrini 
kechiruvchi sporalar xujayin o‗simlikni xujayralarida erkin joylashgan. 
Plasmodiophara brassicae – karamda kila kasalligini keltiradi. Kasallangan 
o‗simliklarning 
ildizlarida 
shishlar 
hosil 
bo‗ladi 
(gipertoniya).
Spongospora – avlod – bu avlod kiruvchi zamburuglarning tinchlik davrini 
kechiruvchi sporalar zararlangan xujayralarda yopishgan holda bo‗ladi. Avlod 
vakili – Spongospora. 
Avlod vakili - Spongospora subtiraniae (kartoshkada parsha) kasalligini hosil 
qiladi. Bu zamburug‗ o‗simlikning yer osti qismini zararlab, tuganaklarida, 
ildizlarida qo‗shimcha ildizlar g‗adir – budur shishlar hosil qiladi. 
Oomitsetlar (Oomycetes) — zamburugʻlar sinfi (boshqa maʼlumotlarga koʻra, 
kenja sinf). Suvda va quruqlikda oʻsadi. Mitseliysi hujayrasiz; hujayra pusti 
sellyuloza va glyukandan iborat boʻlishi bilan boshqa zambu-rugʻlardan farq 
qiladi. Jinssiz zoospora yoki konidiya hosil qilish; jinsiy — oogamiya orqali 
koʻpayadi. Anteridiy koʻp yadroli, sharsimon oogoniyda 1 yoki bir nechta tuxum 
hujayra yetiladi. Urugʻlangan tuxum hujayralar oosporalarga aylanadi. Ulardan 


bahorda zoosporalar, murtak zoosporangiyli kalta oʻsish giflari hosil boʻladi. 4 ta 
tartibi (saprolegninsimonlar; leptomisimonlar, lagenidsimonlar, peronosporalilar), 
350 turi mavjud. Tuban Oomitsetlar — saprotrof, organik moddalarga boy 
chuchuk suvlarda yashaydi. Koʻpchilik Oomitsetlar hayvonlar murdasi va boshqa 
organik krldiklarda uchraydi, ayrim turlari baliqlar va suvda hamda quruqlikda 
yashovchilar uvildiriqlarida, kasallangan baliqchalar va itbaliklarda parazitlik 
qiladi. Quruklikdagi turlari yuksak oʻsimliklarning obligat paraziti, toʻqima ichida 
yashaydi, barg ogʻizchalaridan fahat ago-rangit (konidit) hosil qiluvchi qismi 
chiqib turadi. Jinsiy organlari va oosporalari ham endofit rivojlanadi. Baʼzi 
Oomitsetlar (mas, perenospora tokda kul, fitoftora kartoshkada chirish) kasalligini 
paydo qiladi. Oomitsetlar hujayra poʻstida xitin boʻlmaydigan sargʻish-yashil 
yoki xivchinli suv oʻtlaridan kelib chiqqan boʻlishi mumkin. 
Zigomitsetlar (Zygomycetes) -zamburugʻlar sinfi. Tanasi yaxshi rivojlangan 
koʻp yadroli mitseliy. Hujayra devori xitin va xitozan, baʼzan glyukandan iborat. 
Jinsiy jarayoni — zigosporalar hosil qiladigan zigogamiya (nomi shundan 
olingan). 75% turi geteratillik. Jinssiz koʻpayish organlari morfologik jihatdan 
xilmaxil. Sporalari harakatsiz, endogen usulda sporangiylarda yoki ekzogen usulda 
konidiylarda rivojlanadi. 4 tartib: mogʻorlar (Mucorales), endogonallar 
(Endogonales), entomoftorlar (Entomophtorales), zoopagallar (Zoopagales) ga 500 
dan ortiq tur kiradi. Keng Tapkalgan. Tuproq va goʻngda saprotrof yashaydi, bir 
qancha turlari yuksak oʻsimliklar, boʻgʻimoyoqlilar va b. hayvonlar, odamlar 
paraziti; oziqovqat mahsulotlarida koʻpincha oq mogʻor shaklida uchraydi. 
Mogʻor, fikomitses va b. urugʻlarning ayrim turlaridan mikrobiologiya va 
oziqovqat sanoatida, entomoftoral turlaridan esa zararkunanda hasharotlarga qarshi 
biologik kurashda foydalaniladi. 
Askomitsetsimonlar, xal tachali zamburugʻlar (Ascomycetes) – maxsus 
xaltachalarda rivojlanib yeti-ladigan sporalar orqali koʻpa-yuvchi zamburugʻlar 
sinfi. 42000 dan ortiq turi bor. Ba‘zi turlari jinssiz yoʻl bilan turli konidial sporalar 
hosil qiladi. Zamburugʻ mitseliysi bir yadro (gaplofa-za) hujayrali va xaltacha hosil 
qiluvchi qoʻsh yadro (diplofaza) hujayrali giflardan iborat. A.ning eng sodda tuzil-


gan vakillarida xaltacha bevosita zigo-taaan yetiladi; bunda giflarning ikki 
hujayrasi va hujayra yadrolari oʻzaro qoʻshilib, zigota hosil qiladi, zigota esa oʻz 
navbatida xaltachaga aylanadi. Ayni vaqtda kopulyatsiya tufayli yuzaga kelgan 
zigota yadrosi reduksiya yoʻli bilan ketma-ket boʻlina boradi. Shu tariqa ikki yoki 
uch boʻlinishdan soʻng toʻrtta yoki sakkiz-ta gaploid yadrolar, ularning yonida esa 
shu yadrolar soniga teng keladigan asko-sporalar hosil boʻladi. Bunda zigotadan 
bitta xaltacha yetiladi. Biroq koʻpchilik A.da (ayniqsa tanasidagi xaltachalari toʻda-
toʻda boʻlib oʻrnashgan vakillarida) zigotadan bitta emas, bir nechta xaltacha hosil 
boʻladi. A. asosan tana tuzilishiga va qisman xaltacha shakliga mos holda 
boʻlinadi. Ular yalangʻoch xaltachalilar, ya‘ni tuban A. (Gymnoasci), mevaxalta-
chalilar (Carpoasci) va lokuloaskomi-setlar (Loculoasci) deb ataluvchi uchta kenja 
sinfga hamda bir necha oilalarga boʻlinadi. Keng tarqalgan, koʻpchilik saprofitlar 
tuproqda, turli orga-nik qoldiqlarda uchraydi, oziq-ovqat mahsulotlarida koʻpayib, 
ularni buzadi. Lishayniklar tanasida yashaydigan barcha zamburugʻlar A.ga kiradi. 
Konidiya dav-rida koʻpchilik A. oʻsimlik, hayvonlarda parazitlik qiladi, 
sellyulozani va har xil sanoat mahsulotlarini yemirib za-rar keltiradi. A. 
mikrobiologiya sano-atida fermentlar, antibiotiklar va boshqa mahsulotlar olish 
maqsadida foydala-niladi. Bir qancha turlari (qoʻziqorin, strochok, tryufel va 
boshqalar)dan oziq-ovqat sifatida foydalaniladi. 
Bazidiomitsetlar, bazidiyali zamburugʻlar (Basidiomycetes) — yuksak 
zamburugʻlar sinfi, jinsiy jarayonda maxsus jinsiy koʻpayish organlari — 
bazidiyalar hosil qilish xususiyatiga ega. Mitseliydagi mevali tanasi (kattaligi bir 
necha mm dan 1,5 m gacha) har xil shaklda. Mitseliy toʻsiqlarining oʻziga xos 
murakkab tuzilishi va mitseliyida yarim halqasimon harakatlar boʻlishi bilan 
boshqa zamburugʻlardan farq qiladi. Hujayralarning boʻlinishi tufayli yarim 
halqadan hosil boʻladigan hujayralarga qizlik yadrolar oʻtadi. Koʻpchilik B. 
geteratallik xususiyatiga ega. Ularga 3 kenja sinf va 18 tartib, shu jumladan 
afilloforlar (koʻpchilik isteʼmol qilinadigan va zaharli zamburugʻlar), 
gasteromitsetlar, qorakuya, zang zamburugʻlari va boshqa kiradi. 30 mingdan ortiq 
turi maʼlum. Juda keng tarqalgan. Koʻpchilik turlari (qoʻziqorin, shampinon, oq 


zamburugʻ va boshqalar) isteʼmol qilinadi, baʼzilari (muxomor, oq poganka) 
zaharli. Koʻpgina B. saprotrof va oʻsimliklarning fakultativ parazitlari hisoblanadi. 
B. oʻsimlik qoldiqlarini parchalashda ishtirok etadi, oʻsimliklarda kasallik keltirib 
chiqaradi. Bir qancha turlari daraxtlar bilan mikoriza hosil qiladi. Ayrim turlari 
antibiotiklar ishlab chiqaradi. Daraxt tanasida uchraydigan poʻkak zamburugʻi 
daraxtni chiritadi. 
2.3. 1-rasm. Sferiales tartibiga kiruvchi zamburug‘lar 



Download 171.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling