Umumiy fizika kafedrasi


Download 0.99 Mb.
bet17/21
Sana23.03.2023
Hajmi0.99 Mb.
#1289790
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
Mehnat xavfsiz.labor. S.U. 2023

3-rasm
5. (5) ifodaga ishonch hosil qiling
6. Reostat yordamida tok kuchini о‘zgartirib tajribani 3-4 marta takrorlang.

  1. Natijalarni quyidagi jadvalga yozing.

    T/r

    I,A

    U,V

    U1, V

    U2, V

    U3,V

    R, Om

    R1, Om

    R2 ,Om

    R3, Om





























































  2. О‘tkazgichlarni parallel ulang va 4 -rasmda kо‘rsatilganidek zanjir tuzing.



4-расм
9. Kalitni ulab, A1, A2, A3, A4 ampermetrlarning kо‘rsatishlari I, I1, I2, I3 larini yozib oling (agar ampermetr bir dona bо‘lsa, uni navbat bilan kо‘rsatilgan uchastkalarga ulash mumkin) (6.3) tenglikka ishonch hosil qiladi.
10. Voltmetrni uchastkaga ulab, U tuliq kuchlanishni shuningdek, AV,SD,YEG, uchastkalarga ulab ayrim qarshiliklardagi U1, U2, U3 kuchlanishlarni ulchang. (7) ifodaga ishonch hosil qiling.
11. Om qonunidan foydalanib zanjirning R tо‘la qarshiligini va ayrim qismlardagi R1, R2, R3 qarshiliklarini hisoblang (10)tenglikka ishonch hosil qiling.
12. Reostat yordamida tok kuchini о‘zgartirib tajribani 3-4 marta takrorlang.
13. Olingan natijalarni quyidagi jadvalga yozing.



T/r

I, A

I1, A

I2, A

I3, A

U, V

R, Om

R1, Om

R2, Om

R3, Om



























































































Savol va topshiriqlar

  1. Om qonunini aytib bering.

  2. Qarshiliklar nima? Uning о‘lchov birligini ayting

  3. О‘tkazgichlar ketma-ket ulanganda umumiy qarshilik qanday aniqlanadi?

  4. Parallel ulangan о‘tkazgichlarning umumiy qarshiligi nimaga teng?

  5. Solishtirma qarsilik deb nimaga aytiladi va uning formulasini ayting?

Laboratoriya ishi №9


Linzalarning bosh fokus masofasini aniqlash
Ishni bajarishdan maqsad: linzaning bosh fokus masofasini va optik kuchini aniqlash.
Kerakli asbob va uskunalar: yig’uvchi linza, optik skamya yoki darajalangan chizg’ich,
taglikka o’rnatilgan lam­pochka, ekran, o’lchov lentasi, pasaytiruvchi transformator
Nazariy qism
Ikki yon tomonidan egri va yassi sirtlar bilan chegara­langan, yorug’lik nurini boshqarishga xizmat qiluvchi optik sistemalar linzalar deb ataladi.
Odatda linzalar shaffof jismlardan tayyorlanadi. Lin­zalar qabariq yoki botiq bo’lishi mumkin. Linzalarning ba’zi bir namunalari 1-rasmda tasvirlangan.


1-rasm
Linza sferik sirtlarining markazlari orqali uning sirtiga perpendikulyar yo’nalishda o’tuvchi to’g’ri chiziq lin­zaning bosh optik o’qi deb ataladi.
Nurlar dastasi qabariq linza orqali o’tgach, uning bosh optik o’qi tomon og’adi. Bunday linzalar yig’uvchi (shartli) linzalar deyiladi (1-rasm,a). Nurlar dastasi botiq linza orqali o’tganda esa tarkaluvchi nurlar tarzida ketadi. Bun­day linzalar sochuvchi (1-rasm,b) linzalar deyiladi. Linza­lar shisha prizmalar majmui deb karalishi mumkin. Havo­da har bir prizma nurlarni asosiga tomon og’diradi. Shu­ning uchun yig’uvchi linzalar orqali o’tuvchi nurlar linza­ning bosh optik o’qi tomon buriladi. Linzaning qalinligi S uning sirtlari egrilik radiusiga (R>>S) va buyumdan linzagacha bo’lgan masofaga (d>>S) nisbatan e’tiborga olin­masa bo’ladigan darajada kichik bo’lsa, bunday linza yupqa linza deyiladi. Yupqa linzada sferik segmentlarning (sirtlarning) uchlari bir-biriga shu qadar yaqin joylasha­diki, ularni bir nuqtada deb qabul qilish mumkin. Bu nuqta linzaning optik markazi deb atalib, u orqali o’tgan nurlar o’z yo’nalishlarini o’zgartirmaydi. Yig’uvchi linzaga uning bosh optik o’qiga parallel ravishda tushadigan nurlar linzada singach, bir nuqtada kesishadi. Bu nuqta linzaning bosh fokusi deb ataladi.
Linzaning optik markazidak bosh fokusigacha bo’lgan oraliq bosh fokus masofa deyiladi va F harfi bilan belgila­nadi, unga teskari bo’lgan kattalik linzaning optik kuchi deb ataladi. Optik kuchning birligi - dioptriya.
(1)
Bosh fokus masofasi 1 m bo’lgan linzaning optik kuchi 1 dioptriyaga teng.
Linzada tasvir yasash uchun asosan 3 ta nurdan foyda­lanish qulay. Masalan, qabariq linza bosh optik o’qiga pa­rallel bo’lgan nur, linzada (S) singandan so’ng, uning bosh fokusi (F) dan o’tadi; linzaning fokusi (F1) orqali o’tuvchi nur o’qda singandan (D) keyin bosh optik o’qqa (BB1) pa­rallel ravishda (DA1) ketadi; linzaning optik markazi (O) orqali o’tuvchi nur o’z yo’nalishini o’zgartirmaydi (AOA1) (2-rasm).




Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling