Umumiy fizika kursidan amaliy mashg‘ulotlar uchun o‘quv qo‘llanma


Download 0.71 Mb.
bet21/32
Sana09.01.2022
Hajmi0.71 Mb.
#258488
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   32
Bog'liq
Amaliy mashg'ulot

Mustaqil yechish uchun masalalar
12.1.Agar yashil yorug‘lik filtrini () qizil yorug‘lik filtriga () almashtirilsa, YUng tajribasida ekrandagi qo‘shni interferensiya yo‘llari o‘rtasidagi masofa necha marta oshadi?

12.2.Yung tajribasida to‘lqin uzunligi bo‘lgan monoxromatik yorug‘lik bilan yoritilgan teshiklar o‘rtasidagi masofa 1 mm va teshikdan ekrangacha bo‘lgan masofa 3 m . Uchta birinchi yorug‘ yo‘llarning vaziyati topilsin.

12.3. Yung tajribasidagi tirqishlar oralig‘i 0,5 mm bo‘lib, unga to‘lqin uzunligi 550 nm bo‘lgan yorug‘lik nuri tushadi. Agar ikki qo‘shni minimumlar orasidagi masofa 1mm bo‘lsa, tirqishlardan ekrangacha bo‘lgan masofa topilsin. Ikki kogerent yoruglik manbalari (mkm) orasidagi masofa 0,1 mm.

12.4.Interferension manzaraning o‘rta qismida interferenion maksimumlar orasidagi masofa 1 sm ga teng bo‘lgan. Manbalardan ekrangacha bo‘lgan masofani toping.

12.5.To‘lqin uzunligi nm bo‘lgan yorug‘lik uchun 10-tartibli interferension maksimumni kuzatish uchun sindirish ko‘rsatkichi bo‘lgan plastinkaning qalinligi qanday oraliqda o‘zgarishi mumkin?

12.6. Ikkita kogerent manbalar orasidagi masofa d = 0,9 mm. Manbalar L = 3,9 m uzoqlikda turgan ekranga to‘lqin uzunligi bulgan monoxromatik nurlarni yunaltirmokda. 1 sm kenglikdagi yorug‘ sohalar sonini aniqlang.

12.7.Frenel ko‘zgulari bilan qilingan tajribada yorug‘lik manbaining mavhum tasvirlari o‘rtasidagi masofa 0,5 mm ga, ekrangacha bo‘lgan masofa 5 m ga teng bo‘lgan. Yashil yorug‘likda bir – birlaridan 5 mm masofada interferensiya yo‘llari hosil bo‘lgan. Yashil yorug‘likning to‘lqin uzunligi topilsin.

12.8.Nyuton halkasi yassi shisha bilan egrilik radiusi 8,6 m bo‘lgan linza o‘rtasida hosil qilingan. Monoxromatik yorug‘lik normal tushadi. Markaziy qorong‘i halkani nolinchi deb hisoblab, to‘rtinchi qorong‘i halqaning diametri 9 mm ga tengligi aniqlansin. Tushayotgan yorug‘likning to‘lqin uzunligi topilsin.

12.9.Nyuton halqalarini hosil qilish uchun ishlatiladigan qurilma normal tushayotgan monoxromatik yorug‘lik bilan yoritiladi. Qaytgan yorug‘likda ko‘zatilayotgan 4 chi qora halqaning radiusi 4 mm ga teng. Agar linzaning egrilik radiusi 8 m bo‘lsa, tushayotgan yorug‘lik to‘lqin uzunligini toping.

12.10. Qaytgan yorug‘likda ko‘zatilayotgan 2 ta qo‘shni qora Nyuton halqalarining radiuslari mos ravishda 4 mm va 4,9 mm linzaning egrilik radiusi 10 m. Halqalarning tartib nomerini va tushayotgan yorug‘lik to‘lqin uzunligini toping.

12.11.Nyuton halqasi hosil qilinadigan qurilma normal tushayotgan oq yorug‘lik bilan yoritilmokda. 1) to‘rtinchi ko‘k halka () va 2) uchinchi qizil halqa () radiuslari topilsin. Kuzatish o‘tuvchi yorug‘likda olib boriladi. Linzaning egrilik radiusi 5 m.

12.12.Nyuton halqalari kuzatiladigan qurilma to‘lqin uzunligi 0,6 mkm bo‘lgan normal tushayotgan monoxromatik yorug‘lik bilan yoritilmokda. Qaytgan yorug‘likda to‘rtinchi qorong‘i halqa ko‘zatiladigan joydagi linza bilan shisha plastinka o‘rtasidagi havo qatlamining qalinligi topilsin.

12.13.N’yuton halqalari kuzatiladigan qurilmaga monoxromatik yorug‘lik (mkm) normal tushadi. Qaytgan nurda beshinchi yorug‘ halqa kuzatilayotgan joydagi havo qatlamining qalinligini toping.

12.14.Kuzatish qaytgan yorug‘likda olib borilganda ikkinchi va uchinchi yorug‘ Nyuton halqalari orasidagi masofa 1 mm bo‘lsa, yigirmanchi va yigirma birinchi yorug‘ halkalar maksimumlari orasidagi masofani toping.



12.15.Shisha plastinka bilan uning ustida yotgan yassi-qavariq linza oralig‘ida suyuqlik bor. Agar qaytgan yorug‘likda (nm) kuzatilgan uninchi qorong‘i Nyuton halqasining radiusi 2,1 mm bo‘lsa, suyuqlikning sindirish kursatkichini toping. Linzaning egrilik radiusi 1 m.

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling