Umumiy gigiyena


Mikroorganizmlarning tuproq muhitida yashash muddatlari


Download 59.72 Kb.
bet3/3
Sana02.06.2024
Hajmi59.72 Kb.
#1836301
TuriReferat
1   2   3
Bog'liq
Гигиена 13

Mikroorganizmlarning tuproq muhitida yashash muddatlari
Jadval 10.1


Bakteriyalar


Tuproqda yashash muddati, oy


O‘rtacha

maksimal

Qorin tifi salmonellalari


0,5

12

Ichburug‘ tayoqchalari


1

2

Vabo vibrionlari


0,5

4

Sil mikobakteriyalari


3

7

Brutsella


0,5

2

O‘lat

0,1

1

Tulyaremiya qo‘zg‘atuvchilari

0,5



2,5

Tuproq muhitini ifloslashi mumkin bo‘lgan manbalar juda ko‘p va xilma-xildir. Masalan, qishloq aholi yashash joylarida qishloq xo‘jalik ishlab chiqarish ob’yektlari (pestitsidlar, mineral o‘g‘itlar, chorvachilik), shahar sharoitida esa xo‘jalik chiqindilari, ko‘cha supirindilari, sanoat korxonalarining chiqindilari bo‘lishi mumkin. Sanoat korxonalari oxirgi o‘n yilliklarda atrof-muhitni ifloslovchi asosiy ob’yektlar bo‘lib qolmoqda va hattoki qishloq aholi yashash joylarining ifloslanishida ularning tutgan o‘rni yuqori ekanligi aniqlanmoqda: birinchidan zararli moddalarning manbai bo‘lgan korxonalarni shahar hududidan chetga chiqarilishi bo‘lsa, ikkinchidan atmosfera havosiga chiqariladigan gaz, tutun, chang, bug‘, kul ko‘rinishidagi iflosliklar havo oqimlari tufayli qishloq hududlarini ham ifloslaydi. Ifloslangan havo muhitidagi zararli moddalar atmosfera yog‘inlari orqali tuproq muhitini ifloslovchi manbaga aylanadi.
Tuproq muhitining kimyoviy ifloslanishi fan-texnika taraqqiyotining eng salbiy oqibatlaridan biri hisoblanadi. Tuproq muhitining kimyoviy iflosliklardan tozalanishi juda sekinlik bilan boradigan jarayon hisoblanadi va shuning uchun ham tuproq muhitini kimyoviy ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaslik eng asosiy muhofazalash variantidir. Tuproqning organik ifloslanishiga kelganimizda, uning o‘z-o‘zidan tozalanishini inobatga olish talab etiladi. Organik birikmalarning o‘z-o‘zidan tozalanishi natijasida kichik miqdorlardagi ifloslanishlar oxirgi mahsulotlargacha parchalanib ketadi va mineral tuzlar, suv, C02 va chirindiga aylanadi. Tuproqning o‘z-o‘zidan tozalanish jarayoni juda murakkabdir. Suyuq holdagi iflosliklar tuproq orqali filtrlanadi, kolloidli moddalar va qo‘lansa hidga ega bo‘lgan gazlar sorbsiyalanadi, suyuqlik tarkibidagi organik moddalar esa ularning fizikaviy va kimyoviy xossalariga muvofiq aerobli va anaerobli sharoitlarda parchalanishga uchraydi. Aerobli sharoitda karbonsuvlar va yog‘lar tuproq tarkibida bo‘ladigan mikroorganizmlarning hayotiy faoliyatlari ta’sirida suv va CO2 va chirindi mahsulotigacha parchalanib ketadi.
Oqsilli moddalar aerobli sharoitda ham, anaerobli sharoitda ham 2-bosqichda tuproq mikroorganizmlari ta’sirida ammonifikatsiya jarayoniga uchraydi, 2-bosqichda esa aerobli sharoitda nitritlargacha parchalanadi. Keyinchalik nitritlar nitrobakteriyalar ta’sirida nitratlargacha parchalanadi. Anaerobli sharoitda organik moddalarning parchalanishidan qo‘lansa hidga ega bo‘lgan gazlar hosil bo‘ladi.
Tuproqda aeratsiya sharoiti yaxshi bo‘lsa, o‘z - o‘zidan tozalanish jarayoni juda yaxshi ketishi uchun sharoit yaratiladi. Bundan tashqari organik moddalarning parchalanishi uchun yuqori bo‘lmagan tuproq namligi hamda bakteriotsid ta’sirga ega bo‘lgan quyosh nurlarining ultrabinafsha radiatsiyasining ahamiyati ham kattadir. Ammo, bu omillar ta’sirida tuproqning yuza qatlami doimo toza bo‘lishi mumkin. Organik moddalarning parchalanishi natijasida chirindi hosil bo‘ladi. Gummus - bu moddalar kompleksi bo‘lib, o‘z tarkibiga gemitsellulozalarni, yog‘larni, organik kislotalarni, mineral moddalarni, protein komplekslarini va sanitar saprofitlarni oladi.
 TUPROQNING GIGIYENIK VA EPIDEMIOLOGIK AHAMIYATI

Yer kurrasining ustki qatlami tuproq deb ataladi. Tuproq juda ko‘p miqdordagi mikroorganizmlar yashaydigan, mineral hamda organik zarrachalar qo‘shilmasidan iborat yer qobig‘i g‘ovak yuza qatlamining unumdor qismidir.

Tashqi muhitning asosiy elementlaridan bo‘lgan tuproq va unga yoyilib ketgan tog‘ jinslari (zamin, yer) kishilar sog‘ligi va hayotining sanitariya sharoitlariga katta ta’sir ko‘rsatadi.

Yerdagi o‘simliklarning turi, ularning kimyoviy tarkibi va yerosti suvlarining kimyoviy tarkibi tuproq turiga, ularning kimyoviy tarkibiga bog‘liq.

Sanoat korxonalari, kommunal xo‘jaligi chiqindilari hamda qishloq xo‘jaligida qo‘llaniladigan pestitsidlar ta’sirida yer, suv, havo muhiti keskin o‘zgarishi va bu esa, o‘z navbatida, olinadigan hosilning kimyoviy tarkibiy me’yorini ma’lum miqdorda o‘z- gartirishi mumkin. Atmosferaning radioaktiv moddalar bilan iflos- lanishi va uning yerga tushishi esa yanada xavflidir. Shu nuqtayi nazardan insoniyat va ko‘pchilik taraqqiy etgan davlatlar orasida tashqi muhitni ifloslanishdan saqlash muhim muammo bo‘lib qolmoqda.

Tuproq qatlami yer kurrasi bilan atmosfera o‘rtasidagi muvo- zanatni — murakkab moddalar almashinuvi, energiya ajralishini hamda biosferadagi jonivorlarning yashash tarzi mutanosibligini saqlab turadi. Har qanday salbiy ta’sir tashqi muhit tabiiyligiga putur yetkazishi mumkin.

Organizmga tuproq orqali zaharli moddalar tushishining biologik tarixini quyidagicha ifodalash mumkin:


  1. Odam — tuproq, bunda patogen mikroblar, gijja va uning tuxumlarining organizmga tushishi katta xavf tug‘diradi, bunday sharoit shaxsiy gigiyena qoidalarini qo‘pol buzilganda kuzatiladi.


  2. Tuproq — atmosfera havosi — odam. Bunday hol tuproq- ning yuqori darajada organik birikmalar, atmosferaning radioaktiv moddalar hamda zaharli birikmalar bilan bulg‘anishi natijasida organizmga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.


  3. Tuproq — yerosti suvlari — odam. Tuproq tarkibidagi tuzlar, radioaktiv moddalarning suv bilan yerosti suvlariga qo‘shilishi va bu suvning iste’mol qilinishi kasallikka sabab bo‘lishi mumkin.


  4. Tuproq — yerosti suvlari — ochiq suv manbalari — odam. Katta shaharlarda atmosferaning sanoat chiqindilari bilan ifloslanishi, qishloq joylarida pestitsidlarning yerosti suvlari orqali yer sathidagi ichiladigan suv manbalariga qo‘shilishi o‘z salbiy ta’sirini ko‘rsatishi mumkin.


  5. Tuproq — ochiq suv manbalari — odam. Yog‘ingarchilik natijasida ochiq suv manbalarining ifloslanishidan kelib chi- qadigan kasalliklar.


  6. Tuproq — ochiq suv manbalari — baliq — odam. Zaharli birikmalar, radioaktiv moddalar bilan ifloslangan suvdagi baliq- larni iste’mol qilganda zaharlanish mumkin.


  7. Tuproq — qishloq xo‘jalik mahsulotlari — odam. Kimyoviy tarkibi buzilgan tuproqda yetishtirilgan qishloq xo‘jalik mah­sulotlari iste’mol qilinganda zararli ta’sirlanish mumkin.


  8. Pestitsidlar, radioaktiv moddalar bilan zararlangan yem- xashak berib boqilgan hayvonlarning suti va go‘shti turli kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin.



TUPROQNING TUZILISHI VA UNING GIGIYENIK AHAMIYATI

Tuproq kattaligi bir necha mikrondan santimetrlargacha qattiq jinslardan tashkil topib, donadorligi, sochilib turishi, g‘ovakligi bilan sifatlanadi.

Tuproqning katta-kichikligi 0,1 dan 3 mm gacha bo‘lishi— qumtuproqning asosini tashkil qiladi.

Tuproq tarkibida 90% qum, 10% loy bo‘lsa — qumloq, 10—30% loyligi — soztuproq, 50% dan ortig‘i loy bo‘lsa — loy tuproq deyiladi. Tuproqning g‘ovakligi uning donadorligiga bog‘- liq, tuproq qancha mayda bo‘lsa, g‘ovakligi shuncha kam bo‘ladi.

G‘ovak tuproq havo va suvni singdiruvchanligi bilan farqla- nadi. Tuproq havosi bilan atmosfera havosi orasidagi bog‘liqlik sanitariyaviy ahamiyatga ega. Toza tuproq tarkibida ko‘p miq­dorda uglerod (IV) oksid, suv bug‘i va kislorod bo‘ladi. 
TUPROQNING EPIDEMIOLOGIK AHAMIYATI
uproq tarkibidagi organik birikmalar mikroorganizmlar yordamida chiritish xususiyatiga ega. Yer kurrasining bir-biridan farqlanuvchi barcha qit’alari tuprog‘i tarkibida har xil mikroblar bo‘lib, ularning miqdori 1 g tuproqda yuz, ming, hatto milliongacha yetishi mumkin. Hatto cho‘l mintaqasida 1 g namsiz qumtuproq tarkibida 1 milliongacha mikrob bo‘lishi mumkin. Yerning yuza qismida 1 sm dan 10 sm gacha mikroblar qatlami bo‘lib, chuqurlashgan sari mikrob miqdori kamayib boradi. Bakteriyalar tuproqda ko‘payishiga qarab 3 turga bo‘linadi: kuchli, o ‘rtacha, kuchsiz-

Mikroblar faoliyatida mexanik ta’sirdan tashqari, tuproq­ning harorati ham katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Aholi yasha- maydigan joylarda tuproq saprofitlarga boy bo‘ladi.

Spora hosil qilmaydigan patogen mikroblar, asosan, odamlar najasi, murdalar, hayvon chiqindilari, oqava suvlar tushadigan tuproqlarda ko‘p uchraydi. Bunday mikroblar tuproqda o‘ziga qulay sharoit topa olmagani tufayli (noqulay harorat, kam namlik, tuproqdagi mikroorganizmlarning antagonistik ta’siri va boshqalar) qirilib ketadi yoki o‘zining virulentligini o‘zgar- tiradi. Lekin qirilib ketguncha qulay sharoitga tushsa, o‘zining patogen faoliyatini ko‘rsatishi mumkin. Patogen mikroorganizm­larning tuproqda uzoq vaqt yashab, spora hosil qiluvchilari guruhiga kuydirgi, botulizm va gazli gangrenaning qo‘zg‘atuvchi- lari kiradi. Kasallik jarohatlangan joyga shu kasallikni qo‘z- g‘atuvchilari bilan ifloslangan tuproq tushishi oqibatida vujudga keladi.

Kuydirgi tayoqchalari tuproqqa shu kasallik bilan og‘rigan hayvonlarning ajratmalari, o‘limtiklar, shuningdek, teri-kon zavodlari hamda jun yuvadigan joylardan chiqadigan oqava suvlardan tushishi mumkin. Kuydirgi bakteriyalarining sporalari tuproqda o‘n yillab yashaydi. Kuydirgi sporasi bilan ifloslangan o‘tni yegan qoramolga kuydirgi yuqishi mumkin.

Kasallik qo‘zg‘atuvchi gijjalar (gelmintozlar) ko‘pincha o‘z rivojlanish bosqichlarini tuproqda o‘tkazadi, bunda tuxum voyaga yetadi. Odam ichidagi bir dona urg‘ochi askarida 24000 gacha tuxum qo‘yishi va ular keyinchalik najas bilan tashqariga chiqishi mumkin. Yer sathida askarida tuxumi namgarchilik bo‘lmaganda, quyosh nuri ta’sirida 7 soatdan 5 kun ichida o‘lsa,

  1. 10 sm chuqurlikda o‘z faoliyatini bir yilgacha saqlashi mumkin. Tuxumning yetilishi, sharoitga qarab, 10 kundan 15 kungacha cho‘ziladi. Tuxumda hosil bo‘lgan chuval- changsimon embrion suv yoki ovqat bilan organizmga tushib, alohida jinsga aylanadi.




Nisbiy namligi yuqori, iqlimi iliq yoki issiq bo‘lgan sharoitda ro‘zg‘or chiqindilarini o‘z vaqtida tegishli joylarga olib ketil- masligi natijasida askaridoz va trixotsefallez kasalliklari tez tarqalib ketishi mumkin. Lekin quruq va jazirama issiq iqlim sharoitida yoki shimolning juda sovuq yerlarida gijjalar tuxumi tuproqda qirilib ketadi, shu sababli bu yerlarda aholi orasida gijja kasalligi ko‘p uchraydi.

Tuproq va o‘simliklar tarkibida lentasimon gijjalar bo‘lgan najas bilan ifloslanishi shu o‘simlikdan oziqlangan qoramol va cho‘chqalarning kasallanib, keyinchalik aholi o‘rtasida teniarin- xoz va tenioz kasalliklarning tarqalishiga sabab bo‘lishi mumkin.

O‘zbekiston iqlimi sharoitida o‘z vaqtida yig‘ishtirib olib ketilmagan, yig‘ilib qolgan chiqindilar ichak kasalligini paydo qiluvchi mikroblarning tuproqda tez ko‘payishi va aholi orasida yuqumli kasalliklarning tarqalishiga sabab bo‘lishi mumkin. Yaxshi obodonlashtirilmagan yoki tozalash ishlari ko‘ngil- dagidek tashkil etilmagan aholi yashaydigan joylarda tuproq organik moddalar chirishi natijasida atmosfera havosini iflos qiladigan sassiq hidli gazlar hosil bo‘ladi.

Organik moddalarga boy bo‘lgan tuproq patogen mikroor­ganizmlar uchun ozuqa muhiti hisoblanadi. Tuproqning patogen mikroflorasi yer yuzasi va yerosti suvlari, kemiruvchilar va tuproqdan ko‘tarilgan chang orqali tarqalishi mumkin.

Fan-texnika taraqqiyoti, kimyo va atom energetikasi rivojla­nishi tufayli tuproqning zararli, kimyoviy va radioaktiv mod­dalar bilan ifloslanish darajasi tobora ortib bormoqda. Qishloq xo‘jaligida pestitsidlar bilan, asosan, tuproq ifloslanadi. 
Patogen mikroblarning tuproqda yashash muddati

Kasallik


qo‘zg‘atuvchi

O‘rtacha muddat (hafta)


Maksimal muddat

(oy)

Tif-paratifoz guruhi Dizenteriya guruhi Vabo vibrioni Brutsellyoz tayoqchasi Tulyaremiya tayoqchasi Toun tayoqchasi Sil mikrobakteriyalari Viruslar: polimiyelit koksaki


2-3 1,5-5 1-2 0,5-3 1-2 0,5 ga yaqin 13 dan ortiq


12 tadan ortiq 9 ga yaqin 4 gacha 2 gacha 2,5gacha 1 gacha 7 gacha



3-6 gacha


zaharli moddalar va izotoplik xususiyatini uzoq saqlaydigan radioizotoplar tuproqda to‘planib borib, yerosti suvlari va o‘sim- liklarga, ular bilan birga yoki oziq-ovqat orqali (uy hayvon- larining go‘shti yoki suti orqali) odam organizmiga tushishi mumkin. Bundan tashqari, kimyoviy ifloslangan narsalar tuproq- dagi biologik jarayonlarga, sabzavotlar, boshoqli va boshqa o‘sim- liklarning organoleptik xossasi hamda tarkibiga salbiy ta’sir etishi mumkin.
Download 59.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling