Dastur nomi
|
Axborot texnologiyalari asoslari
|
Ajratilgan soat
|
40
|
Mavzular soni
|
6
|
Dasturning maqsadi
|
Zamonaviy ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlarida qo‘llaniladigan axborot texnologiyalari usullari jarayonlarini o‘rganish. Axborotni qayta ishlashning texnologik jarayonlari, tarmoq axborot texnologiyalari, platforma va boshqalarni kasbiy faoliyatda qo‘llash
|
O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari
|
Kompyuterning asosiy va qo‘shimcha komponentalari bilan ishlash;
zamonaviy texnika vositalarida ishlay bilish;
multimedia dasturiy vositalarida ommabop mahsulot yaratish;
tarmoqda ishlash va tarmoq havfsizligini ta’minlash;
|
Bilimlar
|
axborot texnologiyasining asosiy masalalari va maqsadini bilish;
kompyuterning asosiy komponentalarini bilish;
zamonaviy texnika vositalarini haqida tushunchalarni bilish;
multimedia dasturiy vositalari xaqida:
tarmoqlar va internet rivojlanish tarixi haqida bilish;
tarmoq operatsion tizimlar haqida bilish; global axborot resurslari bilan tanishish.
|
Ko‘nikmalar
|
axborot texnologiyalarini maqsadli o‘rnatish va asosiy masalalarni aniqlashni bilish;
kompyuterning asosiy va qo‘shimcha komponentalarini sozlash va unda ishlash;
zamonaviy texnika vositalarida maqsadli ishlay bilish;
multimedia dasturiy vositalarida mah-sulot ommabop yaratish;
tarmoq komponentlari va tarmoqda havf-sizlikni ta’minlash;
global axborot resurslariga innovatsion yondashishda maqsadli harakat qilish va xavfsizlikni ta’minlash.
|
O‘quv rejasiga muvofiq o‘zaro bog‘liq bo‘lgan fanning nomi
|
Informatika, axborot xavfsizligi, ma’lumotlar ombori
|
O‘qitishni tashkiliy shakli
|
N – Nazariy ta’lim; A – Amaliy ta’lim;
NA – Nazariy va amaliy ta’lim birgalikda tashkil etiladi; MX – Maxsus xonada o‘tkaziladigan mashg‘ulot.
|
|