Umumiy mahlumotlar. Zanjirli uzatmalarni hisoblash Rolikli zanjirli uzatmalarni hisoblash tartibi


Download 145.32 Kb.
bet1/3
Sana17.12.2022
Hajmi145.32 Kb.
#1026183
  1   2   3
Bog'liq
Zanjirli uzatmalarni loyihalash


ZANJIRLI UZATMALARNI LOYIHALASH


REJA



  1. Umumiy mahlumotlar.

  2. Zanjirli uzatmalarni hisoblash

  3. Rolikli zanjirli uzatmalarni hisoblash tartibi

I
lashish hisobida ishlaydigan, yetaklovchi va yetaklanuvchi yulduzchalar hamda ularga kiydirilgan cheksiz zanjirdan tashkil topgan uzatma, zanjirli uzatma deyiladi (6-shakl).


6-shakl. Zanjirli uzatmaning sxemasi.
1 - yetaklovchi yulduzcha; 2 - yetaklanuvchi yulduzcha; 3 - zanjir.

Zanjirli uzatma, yuqoridagi asosiy elementlardan tashqari, taranglovchi, moylovchi moslamalar va xavfsizlikni ta’minlovchi to’siqlar bilan ta’minlangan bo’ladi. Zanjirli uzatmaning mustahkamligi yuqori bo’lgani uchun 100 kvt gacha quvvatni nisbatan katta masofaga (8 m gacha) uzata oladi. Foydali ish koeffitsenti yuqori bo’lib, ochiq holda foydalanilganda yopiq holatda foydalanilganda esa bo’ladi.


Zanjirli uzatma tasmali uzatmalarga nisbatan o’lchamlari ixchamdir. Mashinasozlikda zanjirli uzatma harakatni uzatish uchun mo’ljallangan yuritma, yuk tashish va tortish uchun mo’ljallangan mexanizm sifatida ishlatiladi.
Mashina detallari kursida asosan, harakatni uzatish uchun mo’ljallangan zanjirlar o’rganiladi. Yuritmalarda harakatni uzatish uchun rolikli, vtulkali, vtulka-rolikli, hamda tishli zanjirlar ishlatiladi. Zanjirlarning soniga qarab esa bir qatorli yoki ko’p qatorli xillarga bo’linadi. Bundan tashqari zanjirli uzatmalar ochiq va yopiq holatda, gorizontalga nisbatan parallel yoki ≤900 gacha burchak ostida ishlatiladi. Bunday zanjirlarning barcha o’lchamlari standartlashtirilgan bo’lib, uning asosiy o’lchami qadami t dir.
Qadam t deb zanjir zvenolarini birlashtiradigan valiklar orasidagi masofaga aytiladi
Zanjirli uzatmaning uzatish soni katta, asosiy hollarda 2,8…6,3 gacha, maxsus hollarda 15 gacha, markazlararo masofa esa nisbatan kichik bo’lgan hollarda ham foydalanish imkonini beradi.
Zanjirli uzatmada harakat tezligi yuqori bo’lib, gacha yetadi. Tez aylanuvchi hollar uchun uzatishlar nisbati bo’lganda, bo’lib, uzatishlar nisbati bo’lganda sekin aylanuvchi hollarda esa bo’lganda 2m/s bo’lishiga ruxsat etiladi.
Zanjirli uzatmalarning afzalliklari:
harakatni yuqori quvvvatda nisbatan uzoq masofaga uzata oladi, foydali ish koeffitsienti yetarli darajada yuqori. Vallarga tushadigan kuch boshqa uzatmalardagiga qaraganda kichik, zanjirlar ilashish printsipi asosida ishlaganligi tufayli sir-panish hodisasi ro’y bermaydi, natijada uzatish soni qathiy qiymatga ega bo’ladi.
Zanjirli uzatmalarning kamchiligi shundaki, tannarxi yuqori, yulduzchalarni tayyorlash birmuncha murakkab, ishlatish davrida ehtibor bilan qarab turishni va aniqlik bilan montaj qilishni talab etadi. Bundan tashqari ular katta tezlik bilan ishlaganida shovqin kuchayadi va zanjir elementlari tez yediriladi. Yedirilish natijasida zanjir cho’ziladi va qo’shimcha dinamikaviy yuklanishlar paydo bo’ladi.
Zanjirli uzatmada dinamikaviy yuklanishni kamaytirish maqsadida rolikli zanjirlarning 10 m/s gacha, tishli zanjirlarning tezligi esa 15 m/s gacha cheklanadi. Agar uzatma juda aniq yig’ilgan bo’lsa va yaxshi sharoitda ishlatilsa, chegara tezliklar miqdorini 1,5-2 marta ( = 20-30 m/s gacha) oshirishga ruxsat beriladi.
Uzatmaning xizmat muddatini oshirish maqsadida zanjirlar moylanadi. Agar zanjirning tezligi 6 m/s dan oshmasa, zanjir vaqti-vaqti bilan har 7 soatda moylanadi. Agar tezlik 6-8 m/s dan oshsa, zanjirga moy uzluksiz tomizilib turiladi.
Yopiq korpus ichiga quyilgan moyga zanjir yetaklovchi tarmog’ining tegib o’tishi moylashning takomillashgan usuli hisoblanadi. Katta quvvatli tezyurar uzatmalarda moy, nasos yordamida karterdan so’rib olinib, zanjirning ustiga to’xtovsiz quyib turiladi.
Etaklovchi yulduzcha tishi zanjir zvenosini o’zi bilan ilashtirib (sudrab) ketmasligi uchun zanjirning yetaklanuvchi tarmog’i uzatmaning ostiga joylashtiriladi. Zanjirning tarangligi yetarli darajada bo’lishini (dastlabki taranglik zanjirning og’irlik kuchidan hosil bo’ladi) tahminlash maqsadida yulduzchalarning markazini birlashtiruvchi chiziq bilan gorizon-tal tekislik orasidagi burchak  ning qiymati 600 dan oshib ketmasligi kerak. Agar 600 dan oshib ketsa, uzatmaga taranglovchi yulduzcha o’rnatiladi.
Zanjirli uzatmalarni hisoblash uchun yetaklovchi valning quvvati –N1, aylanish soni – n1 va uzatish nisbati – i mahlum bo’lishi kerak. Odatda, bu parametrlar yuritmaning kinematik hisobini bajarish jarayonida aniqlanadi.
Zanjirli uzatmalar yuritmaning kinematik sxemasida reduktordan keyin joylashtiriladi.
Zanjirli uzatmalarni hisoblash zanjir turini tanlashdan boshlanadi. Zanjir turi quyidagi tavsiyalar bo’yicha tanlanadi:
A) kam yuklanishli va harakat tezligi nisbatan kichik uzatmalar uchun vtulkali zanjir tanlanadi;
B) katta yuklanish va 10 m/s gacha tezlik bilan ishlaydigan uzatamalar uchun rolikli zanjir tanlanadi;
V) katta yuklanish va 15 m/s gacha tezlik bilan ishlaydigan uzatmalar uchun tishli zanjir tanlanadi.

Zanjirli uzatmalarni hisoblash



Download 145.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling