Umumiy ma’lumot operatsiya


XIRURGIK OPERATSIYALAR TASNIFI


Download 40.29 Kb.
bet2/8
Sana04.04.2023
Hajmi40.29 Kb.
#1326355
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
OPERATSIYA

XIRURGIK OPERATSIYALAR TASNIFI 
Xirurgik operatsiyalar odatda, davolash maqsadida o'tkaziladi, biroq diagnostik operatsiyalar ham qilinadi. Diagnostik oper-

atsiyalarga biopsiya, punksiya qilish (qorin bo‘shlig‘i, plevral bo'shliq, orqa miya punksiyalari va b.). endoskopik tekshirishlar


(tsistoskopiya, bronxoskopiya, ezofagoskopiya, gastroskopiya, torakoskopiya, laparoskopiya va b.), angiografiya va yurakni 
kateterizatsiya qilish, diagnostik torakotomiya va laparotomiya kiradi. Diagnostik operatsiyalarning bir qismi, ayniqsa, diagnostik
torakotomiya yoxud laparotomiya har holda xavflidir, shuning uchun ham tekshirishning boshqa barcha imkoniyatlari tugagan-
dan so'nggina ularni qo‘llash lozim. Davolash operatsiyalari radikal va palliativ bo'lishi mumkin. Radikal operatsiyalar deb,
kasallangan (shikastlangan) a'zolar yoki to'qimalarning yorib ко'rib olib tashlanishiga (absseesdagi insiziyalar, appendektomiya, 
xolesistektomiya, me’da rezeksiyasi, ochiq arterial tomirni bog'lash va b.) aytiladi. Lekin shunisi ham borki, bunday operatsiyalar
natijasida kasallikning qaytalanishi yoki yangi paydo bo'lishi bartaraf etiladi. Radikal operatsiyalar kengaytirilgan va kombinatsi-
ya qilingan bo'lishi mumkin. Masalan, agar me’da o‘smasi atrofidagi to'qimalarga tarqalgan bo'lsa, bir paytning o'zida me’da bi-
lan birga taloq olib tashlanadi, jigarda o'sma tarqalgan bo'lagi, ko'ndalang-yo'g'on ichakning ko'richakdan to'g'ri ichakkacha bo'l-
gan qismining bir bo'lagi rezeksiya qilinadi va yon-atrofdagi limfa tugunlari ham olib tashlanadi, ya’ni o'sma tarqalgan hamma
to'qimalar olib tashlanadi. Palliativ operatsiyalar kasallikni keltirib chiqargan sabablarga barham bermaydi, lekin bemorning ah-
volini yengillashtiradi. Masalan, o'sma yo'g'on ichak yo'lini (bo'shlig'ini) to'sib qo'ygan va uni radikal operatsiya yo'li bilan olib
tashlashning iloji bo'lmasa, ichak sirtmog'i qorinning old devoriga keltiriladida, keyin yo'g'on ichak yo'li ochiladi, Bunday holda 
o'sma o'z joyida qolaveradi, lekin ichakdan ovqat o'tmay qolishiga barham beriladi va ichakdagi ortiqcha narsalar o'z yo'lidan
bemalol chiqa oladi. 



Download 40.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling