Umumiy mulk huquqi


Umumiy ulushli mulkni egallash, undan foydalanish va uni tasarruf etish


Download 24.54 Kb.
bet2/5
Sana19.11.2023
Hajmi24.54 Kb.
#1786471
1   2   3   4   5
Bog'liq
Mulk huquqi obektlari11

Umumiy ulushli mulkni egallash, undan foydalanish va uni tasarruf etish
Umumiy ulushli mulkni egallash, undan foydalanish va uni tasarruf etishda sherik egalarning huquqlari ikki turga: barcha umumiy mulkka nisbatan, umumiy mulkdagi ulushga nisbatan bo`lgan huquqlarga bo`linadi. Binobarin, umumiy ulushli mulk egalarining har qaysisi o`z ulushini mustaqil tasarruf etish huquqiga ega bo`lsa ham, chunonchi o`z ulushini agar qonun yoki ustav (nizom)da boshqacha hol belgilanmagan bo`lsa, o`zga shaxsga o`tkazish huquqiga ega bo`lsa ham, umumiy mulkni sheriklarining roziligidan tashqari tasarruf qila olmaydi.
Umumiy ulushli mulkni egallash, undan foydalanish va uni tasarruf etish davomida bunday mulkning egalari o`rtasida bo`lgan nizolar umumiy mulk ishtirokchilarining har qaysisining da'vosi bo`yicha sud tomonidan hal qilinadi.
Umumiy ulushli mulk egalari o`z ixtiyorida bo`lgan mulkni hammalarining roziligi bilan egallaydilar, undan foydalanadilar va tasarruf etadilar. Agar umumiy sherik mulkni egallash, undan foydalanish va uni tasarruf etish tartibi to`g`risida o`zaro kelisha olmasalar, bunday masala sherik egalarning har qaysisi da'vosi bo`yicha sud tomonidan hal qilinadi.
Umumiy ulushli mulkning har qaysi egasi umumiy mulk yuzasidan bo`lgan soliq, yig`im va boshqa to`lovlarni to`lashda, shuningdek uni boshqarish va saqlash xarajatlarida o`z hissasiga yarasha qatnashishga majbur.
Umumiy mulkni saqlash yoki umumiy majburiyatni bajarish yuzasidan xarajatlar qilgan boshqa sheriklaridan o`zining qilgan chiqimlarini har birining hissasiga muvofiq qoplanishini talab qilish huquqiga egadir.
FKning 221-moddasida aytilganidek, uni boshqarish va saqlash xarajatlarida o`z hissasiga yarasha qatnashishga majbur.
FKning 218-moddasida aytilganidek, umumiy ulushli mulkning har qaysi egasi o`z ulushini boshqa shaxsga o`tkazishga haqli. Bunda ulushni haq baravariga ham, tekinga ham birovga o`tkazish nazarda tutiladi. Umumiy mulkning sheriklari tashkilot bo`lgan taqdirda, ular o`z ulushlarini birovga haq baravariga o`tkazadi, ko`pincha uni sotadi. Fuqarolar esa, o`z ulushlarini haq baravariga ham, tekinga ham birovga o`tkazishi chunonchi, sotishi, hadya etishi, shuningdek vasiyat qilib qoldirishi mumkin.
Mulkdorlardan biri o`z ulushini boshqa shaxsga sotgan vaqtda qolgan mulkdorlar sotilayotgan ulushni u sotilayotgan narxda va boshqa teng shartlarda sotib olishda imtiyozli huquqiga egadir. Kim oshdi savdosi orqali sotish hollari bundan mustasno (FKning 224-moddasi).
Umumiy mulkdagi ulushni sotuvchi o`z ulushini o`zga shaxsga sotish niyati haqida boshqa mulkdorga yozma ravishda ma'lum qilib, ulushning narxini va uni sotishning boshqa shartlarini ko`rsatishi shart. Agar qolgan mulkdorlar imtiyozli sotib olish huquqini amalga oshirishdan voz kechsalar yoki bu huquqni xabar qilingan kundan e'tiboran ko`chmas mulkka nisbatan bir oy davomida boshqa mol-mulkka nisbatan esa – o`n kun davomida amalga oshirmasalar, sotuvchi o`z ulushini har qanday shaxsga sotishga haqli bo`ladi.
Davlat, kooperativ yoki boshqa yuridik shaxs uy-joyga nisbatan bo`lgan umumiy mulk huquqidagi o`z ulushini sotgan taqdirda – uy-joyning ana shu ulushni sotib olishda imtiyozli huquq uyning shu qismida yashovchi shaxslarga beriladi, ular sotib olishni xohlamaganlari yoki bu huquqni amalga oshirmaganlarida esa ulushni sotib olish huquqi umumiy mulkning qolgan sheriklariga o`tadi.
Agar ulush sheriklarning imtiyozli huquqlari buzilib sotilsa, umumiy ulushli mulkning boshqa sherigi sotib oluvchining huquq va majburiyatlari o`ziga o`tkazilishi to`g`risida da'vo qo`zg`atib, sudga murojaat qilishi mumkin. Ammo bu huquq va majburiyat mulkni olib-sotishda belgilangan narxini hamda sotib olish bilan bog`liq bo`lgan xarajatlarni to`lash sharti bilangina unga o`tkazilishi mumkin.
Agar mulk oluvchi ulushni sotib olish to`g`risida rozilik bergan bo`lsa-yu, lekin u notarial idoraga kelishdan bosh tortsa, notarius sotuvchining tanlashi bo`yicha boshqa shaxs bilan shartnomani rasmiylashtirish huquqiga ega.
Umumiy mulk bo`lgan uydan tegishli ulush soqit qilinishida, masalan, sotilishida, uyga bo`lgan ulushlar real (natura shaklida) ko`rsatilmay, balki arifmetik ulushlarda belgilanadi. Ammo shu bilan birga sotuvchi foydalanish uchun qaysi kvartira yoki xonaning o`tishini ko`rsatishi mumkin. Agar umumiy ulushli mulk bo`lgan turar joy ishtirokchilari o`rtasida uyning ayrim xonalaridan foydalanish to`g`risida oldindan kelishilgan bo`lsa, bunday kelishish ham notarius tomonidan tasdiqlanishi mumkin.
Ulush sheriklarning imtiyozli huquqlari buzib sotilgan holda umumiy ulushli mulkka bo`lgan boshqa sherigi sotib oluvchining huquq va majburiyatlari o`ziga o`tkazilishi to`g`risida da'vo qo`zg`atib, sudga murojaat qilishi mumkinligi to`g`risida qoidalar keng ma'noda joriy qilinmaydi, chunonchi, turar-joyni hadya va vasiyat qilish hollarida qo`llanilmaydi.



Download 24.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling