Umumiy mulk huquqi


Download 24.54 Kb.
bet1/5
Sana19.11.2023
Hajmi24.54 Kb.
#1786471
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Mulk huquqi obektlari11


Mulk huquqi obektlari

Reja:
1. Umumiy mulk huquqi tushunchasi.


2. Umumiy ulushli mulkni egallash, undan foydalanish va uni tasarruf etish
3. Umumiy mulkdan ulush ajratish va uni taqsimlash
4. Er-xotinlar o`rtasidagi mulk huquqi
5. Dehqon va fermer xo`jaligining mulk huquqi

Fuqarolik kodeksining 216-moddasida aytilganidek, ikki yoki undan ortiq shaxsning egaligida bo`lgan mol-mulk ularga umumiy mulk huquqi asosida tegishli bo`ladi.


Yuqorida keltirilgan normadan anglashilishicha, umumiy mulk huquqi bir necha shaxslarning (sherik, egalarning) muayyan mulk (obyektlar)ga nisbatan bo`lgan mulkiy huquqlariga aytiladi.
Umumiy mulk huquqining obyektini ma'lum ashyo yoki ashyolarning to`plami tashkil etishi mumkin. Masalan, ikki yoki bir necha shaxsning birgalikda qurgan yoki sotib olgan imorati, ikki yoki bir necha jamoa xo`jaligi birgalikda qurgan g`isht zavodi kabi boshqa obyektlar bo`lishi mumkin. Umumiy mulk huquqining subyektlari (ishtirokchilari) ikki yoki bir necha shaxs (tashkilot yoki fuqaro)lar bo`lishi mumkin.
Umumiy mulk huquqining subyektlari bir necha shaxsdan iborat bo`lganligi tufayli sheriklarning har qaysisi bunday mulkni o`z holicha tasarruf qila olmaydi, balki o`ziga qarashli obyektlarni birgalikda, o`zaro kelishuv asosida egallaydi, ulardan foydalanadi va tasarruf qiladi.
Umumiy mulk huquqi quyidagi asoslardan vujudga keladi:
birinchidan, oddiy shirkat shartnomasidan, masalan, bir necha fuqaroning birgalashib uy-joy qurishidan yoki bir necha jamoa xo`jaligining birgalashib elektr stansiyasi qurishidan;
ikkinchidan, bir necha fuqaroning muayyan umumiy mulkka ega bo`lish uchun mablag` va mehnatlarini qo`shishlaridan, masalan, umumiy oilaviy mulk;
uchinchidan, bir necha shaxslarning qonun yoki vasiyat bo`yicha meros olishlaridan.
Umumiy mulk huquqi aksariyat hollarda oddiy shirkat (birgalikdagi faoliyat) shartnomasi asosida, umumiy xo`jalik maqsadlariga erishish uchun, jamoa xo`jaliklari, korxona yoki boshqa tashkilotlar qurish va ekspluatatsiya qilish, suv xo`jaligi inshootlari, maktablar, turar-joy binolari va shu kabi qurish uchun birgalikda harakat qilishlarida, buning uchun pul hamda boshqa mulk yoxud mehnatlarini birlashtirishlarida vujudga keladi. Fuqarolar ham o`zlarining shaxsiy-maishiy ehtiyojlarini qondirish uchun pul, mulk va mehnatlarini birlashtirib, masalan, uy-joy qurish uchun birgalikda shartnoma tuzib umumiy mulk huquqini oladilar.
Umumiy mulk huquqi instituti, umumiy mulk haqidagi huquqiy munosabatlar O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 216-227-moddalarida batafsil bayon etilgan.
FKning 216-moddasida ko`rsatilganidek, umumiy mulk ikki turga: birinchidan, mol-mulk mulkdorlardan har birining mulk huquqidagi ulushi aniqlab qo`yilgan ulushli mulk va ikkinchidan, ulushlari aniqlab qo`yilmagan birgalikdagi mulkka bo`linadi. Bular o`rtasidagi asosiy farqlar quyidagichadir:
Taqsimlanadigan umumiy mulkning har bir ishtirokchisi ashyoda aniq belgilangan hissaga ega bo`ladi. Masalan, yarmiga, uchdan biriga va hokazo.
Taqsimlanmaydigan birgalikdagi umumiy mulk esa, hissalarga taqsimlanadigan mulkdan ulushlarga ajralmasligi bilan farq qiladi. Bunday umumiy mulk hamma ishtirokchilar o`rtasida, ularning umumiy roziligi bilan va tenglik asosida egallanadi, foydalaniladi va tasarruf etiladi.
Ulushli mulk subyektlari fuqaro ham, tashkilot ham bo`lishi mumkin.
Umumiy birgalikdagi mulk huquqida subyektlar o`z ulushlarini mustaqil tasarruf qila olmaydi, chunki, birinchidan, ularning har birining ulushi umuman belgilanmagan bo`ladi; ikkinchidan, oilaviy munosabatda bo`lgan umumiy mulk egasi oiladan chiqqanda, uni boshqa bir ikkinchi shaxs bilan almashtirib bo`lmaydi.
Ulushli mulk ulushlarga ajralmaydigan umumiy mulkdan vujudga kelishi asoslari va tartibi bilan ham farq qiladi.
Ulushli mulk tashkilotlar va fuqarolarning bitimlar tuzishi asosida, qonun bilan nazarda tutilgan asoslarda, chunonchi qonun va vasiyat bo`yicha meros olishda, mulkning musodara qilinishida va boshqa ba'zi hollarda vujudga kelishi mumkin.
Jamoa xo`jaligi oila a'zolarining, jamoa xo`jaligida mehnat qilib topgan va xonadon mulkiga qo`shgan daromadlari yordamchi xo`jalikdan, chorva mollari asrashdan kelgan daromadlari xonadon a'zolarining umumiy mulk huquqini vujudga keltiradi. Kasbkor, hunarmand, umuman yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shug`ullanuvchi fuqarolar oilasining topgan pul yoki boshqa buyumlari ham shu xonadon a'zolarining umumiy mulkini vujudga keltiradi.



Download 24.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling