Umumiy mulk huquqi
Umumiy mulkdan ulush ajratish va uni taqsimlash
Download 24.54 Kb.
|
Mulk huquqi obektlari11
Umumiy mulkdan ulush ajratish va uni taqsimlash
FKning 223-moddasida ko`rsatilganidek, umumiy ulushli mulk ishtirokchisi o`z ulushini umumiy mol-mulkdan berishni talab qilishga haqlidir. Uning bu huquqi umumiy mulkdagi ulushni tasarruf etishga bo`lgan huquqidan kelib chiqadi. Ulushni ajratishning asosiy usuli, mulkning xo`jalik tayinlanishiga zarar yetkazmaslik sharti bilan undan asl holida ulush ajratishdan ishtirokchilar o`zaro kelisha olmasalar sud yoki nizoni hal qiluvchi organ umumiy mulkdan qanday ashyolar asl holida ajratilishini, masalan, sheriklik asosida olingan hosilning qanday taqsimlanishini belgilaydi. Umumiy mulkdan uning xo`jalik tayinlinishiga zarar yetkazmasdan ajratish mumkin bo`lmaganda, ulush ajratib oluvchi ega rozi bo`lgani holda, ulushning miqdoriga yarasha pul baravarida haq olishi mumkin. Agar pul baravarida uning to`lash imkoniyati bo`lmasa, umumiy mulk sotilib uning summasi sheriklar orasida taqsimlanadi. Uy-joyga nisbatan bo`lgan umumiy ulushli mulk egalari o`zlariga tegishli ulushlarga yarasha uy-joyni taqsimlashga haqli bo`lib, buning natijasida ularning har biriga uy-joyning alohida qismi (kvartira yoki ajratilgan xona) biriktirib qo`yilishi mumkin. Fuqarolarning umumiy ulushli yoki birgalikda egaligida bo`lgan xususiylashtirilgan turar-joylarni bo`lish haqidagi masalalar sud amaliyotida turlicha hal etilishi holatlari uchraydi. FKning 223-moddasiga muvofiq, umumiy ulushli mulk egasining har biri umumiy mulkdan o`z ulushini ajratib berishni talab qilishga haqli. Agar ulushni ajratish usuli to`g`risida sheriklar o`zaro kelisha olmagan bo`lsalar, mulk har qaysi sherikning da'vosi bo`yicha sud tomonidan taqsimlanadi. Amalda shunday hollar uchraydiki, umumiy mulkdan ulush ajratish haqidagi qonunning qoidalari xususiylashtirilgan turar-joylarga tadbiq qilinishi mumkin emas va bunday turar-joylarni taqsimlashda Uy-joy kodeksi normalari tadbiq qilinishi lozim. Ammo bunday taqsimlash mazkur aholi yashaydigan joyning rejalashtirish loyihasiga zid bo`lmasligi kerak. Uy-joyni taqsimlash to`g`risidagi bitim notarial tartibda taqsimlanishi va tuman (shahar) hokimligi idoralarida ro`yxatdan o`tkazilishi lozim. Ba'zi hollarda umumiy mulkdan tegishli ulush mulk egalaridan birining qarzini qoplash uchun uning kreditori talabi bo`yicha ham ajratilishi mumkin. Download 24.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling