Umumiy mulk huquqi
Er-xotinlar o`rtasidagi mulk huquqi
Download 24.54 Kb.
|
Mulk huquqi obektlari11
Er-xotinlar o`rtasidagi mulk huquqi
Oila qonunchiligi er-xotinning nikoh davrida orttirgan mulklari – ularning birgalikdagi umumiy mulki bo`lishi ko`rsatilgan1. Bunda u yoki bu mulkning kim tomonidan sotib olinganligi, kimning nomiga rasmiylashtirilganligi, er yo xotindan birortasining qancha maosh olishi, butunlay olmasligining mutlaqo ahamiyati yo`q. Umumiy mulkni orttirish masalasiga kelganda, oila o`z yumushlarini qilish, farzandlarni tarbiyalash har qanday maosh to`lanib qilinadigan ijtimoiy ishga tenglashtiriladi. Bu esa mamlakatimizda ayollarning erkaklar bilan to`la tengligini isbotlaydi, ayollarning salomatligi, ularning mehnatlari qadrlanganligini, onalarga cheksiz hurmat bilan qaralganligini bildiradi. O`zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 23-moddasiga asosan er va xotinning nikoh davomida orttirilgan mol-mulklari, shuningdek nikoh qayd etilgunga qadar, bo`lajak er-xotinning umumiy mablag`lari hisobiga olingan mol-mulklari, agar qonun yoki nikoh shartnomasida boshqacha hol ko`rsatilmagan bo`lsa, ularning birgalikdagi umumiy mulki hisoblanadi. Er-xotinning tadbirkorlik faoliyatiga qo`shgan mablag`lar va undan kelgan daromadlar, agar er-xotin o`rtasidagi shartnoma bilan o`zgacha tartib belgilangan bo`lmasa, ulardan har birining mulki bo`ladi. Er va xotinning nikoh davomida orttirgan mulklari jumlasiga ularning har birining mehnat faoliyatidan, tadbirkorlikdan va intellektual faoliyat natijalaridan orttirilgan daromadlar, pensiyalar, nafaqalar, shuningdek, ularning umumiy daromadlari hisobiga olingan ko`char va ko`chmas mulklar, qimmatli qog`ozlar, paylar, omonatlar er yoki xotindan birining nomiga rasmiylashtirilganligidan qat'i nazar er-xotinning umumiy mulkiga kiradi. Er va xotin o`rtasidagi umumiy mulk huquqining taqdiri nikohning bekor qilinishi bilan o`zgarishi mumkin. Bu holda, dastlab er va xotinning nikoh tuzganliklariga qadar o`zlariga tegishli bo`lgan mulklari, shuningdek nikoh davomida hadya yoki meros tariqasida olgan mulklari – har birining o`z mulki qilib ajratilishi va ular o`rtasidagi umumiy mulkka qo`shilmasligi kerak. Er-xotinning majburiyatlari, ularning qanday asoslardan kelib chiqqaniga qarab umumiy mulk hisobidan bajarilishi mumkin. Agar majburiyat er va xotinning umumiy xo`jalik yoki oila manfaatlarini ko`zlab qilgan harakatlaridan kelib chiqqan bo`lsa, qarz so`zsiz umumiy mulkdan undiriladi. Majburiyat er yoki xotinning shaxsiy qarzlaridan kelib chiqqan bo`lsa, majburiyat qarzlari o`z shaxsiy mulkidan yoki unga tegishli umumiy mulk ulushidan undiriladi. Agar er-xotinning umumiy mulki jinoyat hisobiga jamg`arilgani yoki ko`paytirilganligi sud hukmi bilan isbot qilinsa – jinoyat tufayli keltirilgan hamma mulk hisobidan undiriladi. Yuqorida bayon qilingan er va xotinning umumiy mulki haqidagi qoidalar FHDYoda qayd etilgan nikohda turuvchi shaxslarga nisbatan tadbiq qilinadi. FHDYoda ro`yxatdan o`tmay birga turuvchilarga Oila kodeksida bayon qilingan yuqoridagi qoidalar tadbiq etilmaydi. Ular o`rtasidagi umumiy munosabatga Fuqarolik kodeksining umumiy mulk huquqi to`g`risidagi normalari qo`llaniladi. Download 24.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling