Umumiy mulk huquqi
Dehqon va fermer xo`jaligining mulk huquqi
Download 24.54 Kb.
|
Mulk huquqi obektlari11
Dehqon va fermer xo`jaligining mulk huquqi
Umumiy birgalikdagi mulk ko`rinishlaridan biri dehqon va fermer xo`jaligining mol-mulkidir. Qonunga asosan dehqon va fermer xo`jaligining mol-mulki uning a'zolariga, agar ular o`rtasidagi shartnoma bilan boshqacha tartib belgilanmagan bo`lsa, ulushli yoki birgalikdagi umumiy mulk huquqi asosida tegishli bo`ladi2. Bu mol-mulk o`z tarkibiga turar-joy, xo`jalik binolari, sug`orish inshootlari, ekinlar, chorva mollari, parrandalar, texnika va uskunalar, transport vositalari, qishloq xo`jalik ashyolari kabilarni oladi. Xo`jalik yetishtirgan hosil, mahsulot va boshqa daromadlar xo`jalik a'zolarining umumiy mol-mulki hisoblanadi va o`zaro kelishuv asosida foydalaniladi. Bunday mol-mulkni tasarruf etish bo`yicha bitimlar xo`jalik raxbari yoxud u vakolat bergan xo`jalik a'zosi tomonidan tuziladi. Dehqon va fermer xo`jaliklarini huquqiy tartibga soluvchi qonunchilikka3 asosan, dehqon va fermer xo`jaliklari yuridik shaxs huquqiga ega. Dehqon ho`jaliklari «Dexqon xo`jaliklari to`g`risida”gi 30.04.1998 yilgi qonunning 1-moddasiga asosan yuridik shaxs tashkil etmasdan ham amalga oshirilishi mumkin. Dehqon va fermer xo`jaliklarining bir yoki bir necha a'zosi uning tarkibidan chiqqan taqdirda, birgalikdagi umumiy mulk asl holida taqsimlanmaydi, balki tegishli ulush pul mablag`lari bilan to`lanadi. Bundan asosiy maqsad mavjud dehqon va fermer xo`jaliklarining parchalanib yo`q bo`lib ketishiga yoxud zaiflashib qolishiga yo`l qo`ymaslikdir. Xuddi shu sababli yangi dehqon va fermer xo`jaligi tashkil etish maqsadida ajralib chiqayotgan a'zolar dehqon xo`jaligining umumiy mulkdagi o`z ulushlarini asl holida olishga haqli. Biroq bunda mol-mulkni taqsimlash dehqon va fermer xo`jaligi faoliyat yuritish uchun zarur bo`lgan asosiy ishlab chiqarish vositalaridan mahrum qilmaydigan tarzda amalga oshirilishi kerak. Dehqon va fermer xo`jaligi a'zolarining birgalikdagi umumiy mol-mulkdagi ulushlari, agar ular o`rtasidagi kelishuvga muvofiq boshqacha tartib belgilanmagan bo`lsa, barchasi uchun teng hajmda deb hisoblanadi Dehqon (fermer) xo`jaligi tugatilgan taqdirda barcha kreditorlarning talablari qondirilgandan keyin qolgan mol-mulk huquqi mulk asosida dehqon va fermer xo`jaligi a'zolariga tegishli bo`ladi hamda qonunda yoki shartnomada belgilangan tartibda taqsimlanadi. 1 Ўзбекистон Республикасининг Оила кодекси. -Т.: Адолат. 1998 йил. 2 Т.Қаллибеков. Дийхон (фермер) хожалыкларын раужландырудин хукыкый кепиллиги. Каракалпакс-тан. -Нокис. 1995. -20-21 б. 3 Download 24.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling