Umumiy naflik oshadi, qachonki chekli naflik


Download 22.39 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi22.39 Kb.
#1516566
Bog'liq
Iste\'molchi tanlovi test


  1. Umumiy naflik oshadi, qachonki chekli naflik:

  1. pasayganda;

  2. ko‘tarilganda;

  3. past sur’atda oshganda;

  4. o‘ssa yoki kamaysa, lekin musbat miqdor bo‘lsa;

  5. to‘g‘ri javob yo‘q.

  1. Iste’molchilar tanlovi nazariyasida, iste’molchi nimani maksimallashtirishga harakat qiladi deb yuritiladi?

  1. o‘rtacha naflilikni;

  2. umumiy naflilikni;

  3. umumiy va chekli naflilikning farqini;

  4. chekli naflilikni;

  5. to‘g‘ri javob yo‘q.

  1. Muvozanat naflilik holatiga yer ishish uchun iste’molchi nima qilishi zarur?

  1. oliy kategoriyali mahsulotlarni sotib olishi kerak;

  2. sifatsiz tovarlarni harid qilmasligi;

  3. biror bir tovar sotib olish uchun sarflanayotgan bir birlik pul miqdoridan olinayotgan naflilik boshqa bir tovardan ham bir birlik pul evaziga olinadigan naflilikka teng bo‘lishi zarur;

  4. pulning chekli nafliligi har bir tovar narxiga teng bo‘lishiga ishonch hosil qilishi kerak.

  5. to‘g‘ri javob yo‘q.

  1. Qaysi hollarda befarqlik kartasida joylashgan nuqtaga iste’molchining muvozanat holati deymiz?

  1. eng yuqorida joylashgan befarqlik chizig‘iga;.

  1. byudjet chizig‘i bilan befarqlik egri chizig‘i kesishgan har qanday nuqtaga;

  1. byudjet chizig‘i bilan befarqlik chizig‘ining burchak koeffitsienti bir biriga teng bo‘lganda;

  2. byudjet chizig‘i chegarasidan tashqarida yotgan nuqtaga;

  3. to‘g‘ri javob yo‘q.

  1. Iste’molchilar daromadining ko‘payishi grafikda qanday o‘zgarish hosil qiladi?

  1. byudjet chizig‘i o‘ngga parallel siljiydi;

  2. byudjet chizig‘ining og‘ish burchagi o‘zgaradi;

  3. byudjet chizig‘i chapga parallel siljiydi;

  4. byudjet chizig‘ining og‘ish burchagi qisqaradi;

  5. to‘g‘ri javob yo‘q.

  1. Quyidagi umumiy naflilikni aks ettiruvchi raqamlardan qaysi biri chekli naflilikning kamayib borish qonuni izohlaydi.

  1. 200,450,750,1100;

  2. 200,300,400,500;

  3. 200,400,1600,9600;

  4. 200,250,270,280;

  5. to‘g‘ri javob yo‘q.

  1. Iste’molchi uchun befarqlik chizig‘ining joylashuvi va yotiqligi nimani anglatadi?

  1. uning xoxishi va daromadi hajmini;

  2. faqat tovar mahsulotining narxini;

  3. iste’molchining xoxishini, daromadi hajmini va sotib olayotgan tovar narxini;

  4. faqat uning xoxishini;

  5. to‘g‘ri javob yo‘q.

  1. Iste’molchi A va B tovarlarni sotib olishi uchun bir xaftada 20 dollar pul sarflaydi.

Tovarlar turi

Narxi (price)

Sotib olish hajmi

Umumiy naflilik

CHekli naflilik

A

70

20

500

30

B

50

12

1000

20

Iste’molchi maksimal darajada naf olishi uchun:

  1. A tovardar kamroq, B tovardan esa ko‘proq sotib olishi kerak;

  2. oldin A tovardan qancha sotib olayotgan bo‘lsa shuncha harid qilishi va B tovardan ko‘proq sotib olishi lozim;

  3. A tovardan ko‘proq, B tovardan esa kamroq sotib olishi kerak;

  4. tovarlar haridi tarkibini o‘zgartirmasligi, chunki shundoq ham maksimal naf olmoqda;

  5. to‘g‘ri javob yo‘q.

  1. Quyidagi fikrlardan qaysi biri noto‘g‘ri bayon etilgan?

  1. befarqlik chizig‘ida joylashgan har bir nuqta ikkita tovarning kombinatsiyasini anglatadi;

  2. byudjet chizig‘i ustida joylashgan har bir no‘qta ikkita tovarning kombinatsiyasini anglatadi;

  3. befarqlik chizig‘i ustida joylashgan barcha nuqtalarning naflilik darajasi bir xil;

  4. byudjet chizig‘i ustida joylashgan barcha nuqtalarning naflilik darajasi bir xildir;

  5. to‘g‘ri javob yo‘q.

  1. Quyidagi fikrlardan qaysi biri tog‘ri?

  1. befarqlik egri chizig‘i kordinata boshiga nisbatan botiq bo‘lgani uchun bir ne’mat bilan boshqa ne’matni almashtirish oshib borgani bilan chekli almashtirish normasi o‘zgarmaydi;

  2. chekli almashtirish normasi doimo musbat bo‘ladi;

  3. chekli almashtirish normasi doimo manfiy bo‘ladi;

  4. chekli almashtirish normasi koeffitsentining musbat yoki manfiy bo‘lishi almashtirilayotgan mahsulot hajmiga bog‘liq;

  5. tog‘ri javob yo‘q.

Download 22.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling