Umumiy o`rta ta`lim maktabi “A” sinf ota-onalarining yig`ilish bayonnomasi №3


Download 12.97 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi12.97 Kb.
#201524
Bog'liq
I-ярим йиллик синф Баённома 13


___-umumiy o`rta ta`lim maktabi __- “A” sinf ota-onalarining yig`ilish

BAYONNOMASI № 3

20__ -yil.05.01 ______________MFY

Qatnashdilar: 30 nafar ota-onalar,

maktab psixologi ______________.

KUN TARTIBI:

1. Yarim yillik hisoboti, III-chorakdagi rejalar.

2. O`quvchilarni jamoat ishlarga, fan to`garaklariga va mehnatga qiziqishlarini uyg`otish.

3. Past o`zlashtiruvchi o`quvchilarni ota-onalarining munosabati



ESHITILDI:

1-masala yuzasidan sinf rahabri ______________ so`zga chiqdi va I yarim yillikda ta`lim tarbiya bo`yicha bajarilgan ishlar haqida hisobotni o`qib berdi. I yarim yillik davomida o`quvchilarni bilim samaradorliklarini aytib o`tdi, bunga ko`ra __-“A” sinf o`quvchilarining chorak yakuni bo`yicha 12 nafar o`quvchi “5” baholarga,13 nafar o`quvchi “4” baholarga, 5 nafari “3” baholarga yakunladilar. O`quvchilar bilan ota –onalar yordamida metallolom rejasini ham bajarishda yordam berganliklari uchun rahmat aytdi. uchun minnatdorchilik bildirdi.Bundan tashqari III-chorakda bajariladigan ishlar haqida kelishib olindi. Muzokaraga ota-onalardan ______________.chiqib farzandlariga bilim va tarbiya berayotgan ustozlarga minnatdorchiligini bildirdi.



YIG`ILISH QAROR QILADI:

1.20__-20___ o`quv yilining III-choragi mobaynida ta`lim-tarbiya bo`yicha bajariladigan ishlarni davom ettirish ______________zimmasiga yuklatilsin.

2-masala yuzasidan maktab psixologi ______________ so`zga chiqib o`quvchilarni jamoat ishlarga, fan to`garaklariga va mehnatga qiziqishlarini uyg`otish to`g`risida gapirdi. Ota-onalarga o`z tavsiyalarini berdi. Qishki ta`til vaqtida farzandlariga fan to`garaklariga, sport to`garaklariga qatnashishlariga sharoit yaratib berishlarini tushuntirdi.Sinfning jamoatchi o`quvchilarining ota-onalariga minnatdorchilik izhor qildi. Muzokaraga ota-onalar chiqdilar va o`z fikrlarini bildirdilar.

YIG`ILISH QAROR QILADI:

2. Yuqorida bildirilgan fikrlar ma`lumot uchun qabul qilinsin.o`quvchilarni jamoat ishlari va darslardagi yutuqlarini yanada ko`paytirish ishlarini olib borish sinf rahbari zimmasiga yuklatilsin.

3-masala yuzasidan ______________ so`z olib darslarda past o`zlashtiruvchi o`quvchilarni darslarga qiziqtirish va bilim samaradorliklarini ko`tarish, ota-onalarning bunga munosabati haqida gapirdi. Uyda farzandlariga dars tayyorlashga sharoit yaratib berilsa, ota-onalar kundalik daftarlarini muntazam nazorat qilib turishsa maqsadga muvofiq bo`lar edi deb fikr bildirdi.Ota-onalar uyda vazifalarni birga bajarishga, dars tayyorlash uchun sharoit yaratib berish haqida haqida gapirdi. Ta`til vaqtida yong`in chiqishini oldini olish uchun elektr va gaz moslamalarini nazoratsiz ishlatishlari, pirotexnika vositalaridan foydalanish mumkin emasligi haqida uqtirildi.

YIG`ILISH QAROR QILADI:

3. Qish mavsumida o`quvchilarni darslarni qoldirmasliklariga sharoit qilib berish,texnika havfsizligiga rioya qilishlarini nazorat qilish ota-onalar zimmasiga yuklatilsin.



Yig`ilish raisi:

Kotiba:
Download 12.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling