Umumiy o'rta ta'lim maktabi direktori: Farg ona


X-O'tilganlarni takrorlash


Download 2.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/79
Sana05.08.2023
Hajmi2.82 Mb.
#1665384
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   79
Bog'liq
Adabiyot-togarak (1)

X-O'tilganlarni takrorlash:
1. Usmon Nosir hayoti va ijodi qaysi jihatlari bilan Sizda ko‘proq 
taassurot qoldirdi?
2. Aksariyat shoirlar ijodida tabiatga qayta-qayta murojaat etilishining 
sababi nimada, deb o‘y!aysiz?
3. Biz yashaydigan olamni «ona yer», «ona tabiat» deb atashimizning 
boisi nimada?
XI-Yangi mavzu bayoni:
0 ‘tkir Hoshimov 1941-yilda Toshkentning Do‘mbirobod mahdlasida 
tug‘ilgan. Yoshligidan ilmga, adabiyotga, san’atga qiziqqan bo‘lajak 
yoziivchi 5-sinfda o‘qib yurgan vaqtidayoq, demak, Siz tengi yoshlarida 
she’r mashq qila boshlagan edi. Dastlabki kitobi esa yozuvchining talabalik 
yillariga to‘g‘ri keladi. Octkir Hoshimov hayot qozonida qaynagan, 
yozuvchi sifatida hayotdan bir qadam ham ajramay qalam tebratgan 
ijodkor. U amaliy va ijodiy ishni baqamti olib bordi. Adibning hayot 
yo‘liga diqqat qiladigan bo‘lsak, u xat tashuvchi, musahhih, muxbir, 
gazetada bo‘lim mudiri, nashriyotda va jurnalda bosh muharrir kabi 
bosqichlami bosib o‘tganiga guvoh bo‘lamiz. Keyingi yillarda bir necha 
marta xalq deputatligiga saylangan adib Oiiy Majlisda qo‘mita raisi sifatida 
ham faoliyat ko‘rsatgan. Biroq bir lahza bo‘lsa-da, adabiy ijod bilan
21


aloqani uzgani yo‘q. Keyingi 8— 10-yilda ham adibning qator sermaz- 
mun kitoblari, publitsistik maqolalari chop etildi. Hozirda adibning 
«Urushning so‘nggi qurboni», «Muhabbat» kabi ko‘plab hikoyalari, 
«Nur borki, soya bor», «Ikki eshik orasi», «Tushda kechgan umrlar» 
nomli romanlari, «Odamlar nima derkin», «Shamol esaveradi», «Ikki
karra ikki besh», «Bahor qaytmaydi», «Dunyoning ishlari» nomli 
qissalari respublikamiz va xorijda sevib o‘qilmoqda. «Qatag‘on», «Inson 
sadoqati», «To‘ylar muborak» dramalari mamlakatimiz teatrlarida sah- 
nalashtirilgan. Respublika radiosida efirga berilayotgan, televideniyasida 
ko‘rsatilayotgan bir qancha radio va telespektakllar ham hassos yozuv- 
chimiz asarlari asosida yaratilgandir. Bugun xalqimiz 0 ‘tkir Hoshi- 
movni ulkan adib, o‘tkir nafasli jumalist, faol siyosatdon arbob sifatida 
taniydi, hurmat qiladi. Bu hurmatning boisi uning biz yuqorida tilga 
olgan asarlari, jo‘shqin ijtimoiy faoliyatidir.
Bolalar, bugun Siz bilan yozuvchining «Dunyoning ishlari» qissasi 
haqida gaplashamiz va Sizga bu asarni to‘liq o‘qib chiqishni maslahat 
beramiz. Chunki mazkur asar eng ezgu, eng samimiy tuyg‘ular haqida, 
eng e’zozli zot — ona to‘g‘risida hikoya qiladi. Onaning qanday inson 
ekanligini yaxshi bilamiz. U insonga hayot beradi, yuvib-taraydi
tarbiyalaydi. Ona uchun eng to‘tiyo narsa, o‘g‘ilmi-qizmi, uning farzandi. 
Ona o‘z farzandi uchun hamma narsaga, hatto jonini qurbon qilishga 
ham tayyor. Shuning uchun bo Isa kerak, ona haqida behisob she’rlar 
to‘qilgan, dostonlar, katta-katta asarlar bitilgan. Kichik maqollardan 
tortib, muborak hadislarimizgacha ona madh etiladi, e’zozlanadi. 0 ‘tkir 
Hoshimovning bu asari har biri o‘ziga mustaqil sujetli hikoyalardan 
tashkil topgan. Undagi «Gilam paypoq», «Oq-oydin kechalar», «Tush», 
«Alla», «Oltin baldoq», «0‘ris bolaning oyisi», «Iltijo» kabi hikoyalar 
kishini befarq qoldirmaydi, ularda o‘g‘li uchun har qanday mashaqqatga, 
jon fido qilishga tayyor, shaiqona axloq-odob qoidalarini o‘zida mujassam 
etgan Ona madh etiladi. Barcha hikoyalar mazmuni ona obrazi tofayli 
yaxlitlik kasb etadi. Asar ortiqcha maishiy tafsilotlar, jimjimadorliklardan 
xoli. Shu tufayli ham katta qiziqish va hayajon bilan o‘qiladi. Bu qissa
oqsoqol adibimiz, 0 ‘zbekiston Qahramoni Said Ahmad aytganidek, 
«...dostondek o‘qiladi. Uni o‘qib o‘z onalarimizni o‘ylab ketamiz...»

Download 2.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling