Umumiy o'rta ta'lim maktabi direktori: Farg ona


X-O'tilganlarni takrorlash


Download 2.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/79
Sana05.08.2023
Hajmi2.82 Mb.
#1665384
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   79
Bog'liq
Adabiyot-togarak (1)

X-O'tilganlarni takrorlash:
11. Sinfdoshlaringiz bilan Erkin Vohidov hayoti va ijodi to‘g‘risida savol- 
javob uyushtiring.
2. Ota-onangiz yordamida Erkin Vohidov she’rlari bilan aytiladigan 
qo‘shiqlar ro‘yxatini tuzing.
3. « 0 ‘zbegim» qasidasida xalqimiz tarixining qaysi sahifalari tilga 
olinadi?
4. Oasidadagi:
Sen na zardusht, sen na buddiy, senga na otash, sanam,
Odamiylik dini birla toza iymon, о ‘zbegim, —
XI-Yartgi mavzu bayoni:
Davlatimiz madhiyasini bilasiz, albatta. Tantanali marosimlarda 
aytilganini ko‘p ko‘rgansiz. 0 ‘zingiz ham yod olgansiz. Xalqaro mu- 
sobaqalarda sportchimiz g£olib kelib, bayrog‘imiz ko‘tarilganida, mad- 
hiyamiz yangraganini g‘urur va iftixor bilan kuzatgansiz. Faqat tanta- 
nalarda emas, u bizga doim hamroh. Radio va televideniye har bir kunini 
mana shu madhiyamiz bilan boshlaydi va u bilan tugatadi. Chunki u — 
bizning davlatimiz ramzi, mustaqilligimiz ramzidir. U — dunyodagi 
qanchadan qancha mamlakatlar orasida tengma-teng yashab kela- 
yotganimiz ramzidir. Mana shu madhiyaning soezlari muallifini bila-
39


sizmi? Uni yozgan Abdulla Oripov bo‘ladi.
Abdulla Oripov — bugungi o‘zbek adabiyotining zabardast vakillari- 
dan. Mashhur shoir, taijimon, jamoat arbobi, 0 ‘zbekiston Qahramoni.
Shoir 1941-yilning 21-martida Qashqadaiyo viloyati Koson tumani- 
ning Neko‘z qishlog‘ida tug‘ilgan. Otasi Orif bobo ko‘pni ko‘igan, donish- 
mand kishilardan edi. Elda e’tiborli, ko‘p yillar rahbar bo‘lib kelgan, so‘zni 
topib so‘zlaydiganlardan edi. Mustaqillik kunlariga yetishib, o‘g‘lining shon- 
shuhratini ko‘rib vafot etdi. Onasi Turdi Karvon qizi shoirtabiat, xalq 
adabiyotini nozik his qiluvchi fozila ayollardan edi. Erta vafot etdi. Lekin 
suyukli o‘g‘lining birinchi kitobini ko‘rib ketdi. Ehtimolki, Abdullaning 
kelajagini bashorat qilib ketdi. Bu tuyg‘ular uning «Onajon» she’rida juda 
samimiy ifodalangan. So‘ngroq u shu nomda butun bir kitob ham yozadi.
Bo‘lajak shoir Neko‘zdagi o‘rta maktabda o‘qidi. Ta’lim-tarbiyasida 
oila muhitining ta’siri katta bo‘ldi. To‘rt aka-ukaning hammasi adabiyot 
muxlisi edilar. Kattasi institutni bitirib, maktabda dars berar, ikkitasi oliy
o‘quv yurtlarida o‘qishar, uyida yaxshi kitoblar ko‘p bo‘lar edi. She’rga, 
kitobga mehr Abdullada maktab yoshida paydo bo‘ldi. Dastlabki she’rlari 
o‘quvchiligida bosildl Birinchi maslahatchilari akalari va muallimlari bo‘ldilar.
Abdulla Oripov 1958-yilda o‘rta maktabni oltin medal bilan bitirib, 
Toshkentga keladi va SAGU (hozirgi 0 ‘zMU)ning filologiya fakultetiga 
o‘qishga kiradi. 1963-yilda ushbu fakultetning jumalistika bo‘limini 
tamomlaydi va nashriyotlarda ishlaydi. Birinchi kitobi 1965-yilda «Mitti 
yulduz» nomi bilan bosilib chiqadi. Bu mitti kitobcha adabiyotimizga 
katta iste’dod kirib kelayotganini ma’lum qiladi. Yosh shoir she’rlaridagi 
hech kimnikiga o‘xshamagan dard va ohanglar, kutilmagan o'xshatish — 
manzaralar, dadil xulosalar birdan hammaning diqqatini ocziga qaratib 
oladi. Unga o‘z davrining eng mashhur adiblari, masalan, Abdulla 
Qahhor e ’tibor bilan qaragan va salohiyatiga yuksak baho bergan edi.

Download 2.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling