Umumiy o'rta ta'lim maktabi direktori: Farg ona
Download 2.82 Mb. Pdf ko'rish
|
Adabiyot-togarak (1)
XI-Yangi mavzu bayoni:
0 £zbek adabiyotining XX asrdagi ulkan vakillaridan bin Maqsud Mas’um o‘g‘li Shayxzodadir. U 1908-yili Ozarbayjonning Agdash (Oqtosh) shahrida ziyoli oilada tug‘ilgan. Otasining kasbi shifofcorlik bo‘lib, she’riyatni nihoyatda sevgan, farzandlariga ham adabiyotga muhabbat tuyg‘usini singdirgan inson edi. Shayxzoda tug‘ilgan shahrida maktab ta’limini olgach, Ozarbayjon poytaxti Bokudagi Oliy pedago- gika institutiga sirtdan o‘qishga kiradi. 1925-yildan muallimlik qila bosh- laydi. 1928-yili u hurfikrliligi, ya’ni Ozarbayjonni mustaqil davlatga aylantirish haqidagi erkin fikrlari uchun ayblanib, Toshkentga badarg‘a qilinadi. Ayni shu davrdan boshlab to umrining so‘ngiga qadar Shayx- zodaning butun hayoti 0 ‘zbekiston bilan bog‘lanadi. U awal turli gazeta va jumallar tahririyatlarida muharrir, 1935— 1938-yillarda 0 ‘zbekiston Fanlar komiteti qoshidagi Til va adabiyot institutida ilmiy xodim, 1938- yildan hayotifso4ngigacha Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika instituti o‘zbek mumtoz adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi bo‘lib ishladi. 9 Shayxzodaning dastlabki ijod namunalari 1929-yildan e’lon qilina boshlandi. 30-yШaгda shoiming « 0 ‘n she’r», «Undoshlarim», «Uchinchi kitob», «Jumhuriyat» nomli to‘plamlari dunyo yuzini ko‘radi. Ana shu to‘plamlari bilan Shayxzoda o‘zbek adabiyotida o‘ziga xos shoir sifatida tanildi va tan olindi. Uning ijodi 40-yillarda, Ikkinchi jahon urushi davrlarida ayniqsa avj pardalarga ko‘tarildi. Butun insoniyatga tahdid solayotgan fashizmni yo‘q qilish, hayotni, tiriklikni, shon-u sharafni saqlash, xalqni ruhan yengil- maslikka, matonatga da’vat etish shoirning o‘sha yiUari chop etilgan «Ku- rash nechun», «Jang va qo‘shiq», «Kapitan Gastello», «Ko‘ngil deydiki» kabi to‘plamlarining bosh mavzusi bo‘ldi. Shu yillarda Shayxzoda ijodining yarn bir mumtoz namunasi «Jaloliddin Manguberdi» tarixiy dramasi yaratildi. Siz tariximiz to‘g‘risidagi hikoyalardan yaxshi bilasizki, o‘lkamizni XIII asrlarda Chingizxon qo‘shinlari bosib olmoqchi bo‘lganida, xalqimizning mard o‘g‘lonlaridan Jaloliddin Manguberdi dushmanga qarshi qattiq kurash olib boradi. 0 ‘z vatani mustaqilligini saqlash uchun mardonavor turib jang qiladi. Mana shu tarixiy shaxs siymosi va shonli o‘tmish sahifalarini badiiy haqqoniylik bilan tasvirlash «Jalo- liddin Manguberdi» dramasining muvaffaqiyatini ta’minlaydi. Pyesa Hamza nomidagi o‘zbek davlat akademik drama teatrida (hozirgi 0 ‘zbek Milliy akademik drama teatri) sahnalashtiriladi. Botir lashkarboshi Jalo liddin siymosini sahnaga buyuk aktyor Shukur Burhonov olib chiqadi. Mazkur asarlar yaratilishidan awalroq, 50-yillarning boshlarida Maqsud Shayxzoda ham «qatag‘on» siyosatining qurboni bo‘lib, «xalq dushmani» degan tuhmatlar bilan qamaladi. 50-yillaming o‘rtalarida qatag‘onchilik qoralanib, ko‘p halol insonlar qatori Shayxzoda ham ozod etilgach, u irodasini bukmay, qizg‘in ijod bilan mashg‘ul bo‘ldi. She’rlar, doston va dramatik asarlar bilan birga Shekspir, Pushkin, Lermontov, Mayakovskiy, Nozim Hikmat kabi jahon adabiyoti namoyandalari ijodidan taijimalar qildi. Olim sifatida Alisher Navoiy she’riyati haqida chuqur ilmiy tadqiqotlar yaratdi. Download 2.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling