Umumiy o’rta ta’lim maktablarida musiqa madaniyati darsini o’tishda xalq cholg’u asboblaridan qashqar rubobini tutgan o’rni


Download 27.07 Kb.
bet1/3
Sana10.11.2023
Hajmi27.07 Kb.
#1764184
  1   2   3
Bog'liq
maqola vohidov ustoznki

Shahrisabz Davlat Pedagogika Instituti


San’atshunoslik kaferasi o’qituvchisi
Vohidov Qobil Qodirovichning

“Umumiy o’rta ta’lim maktablarida musiqa madaniyati darsini o’tishda xalq cholg’u asboblaridan qashqar rubobini tutgan o’rni”mavzusida yozgan maqolasi

Mavzu: Umumiy o’rta ta’lim maktablarida musiqa madaniyati darsini o’tishda xalq cholg’u asboblaridan qashqar rubobini tutgan o’rni.
Reja:
1.Kirish.
2.Qashqar rubobini tuzilishi va kelib chiqishi.
3.Qashqar rubobining hozirgi kundagi ko’rinishi.
4. Qashqar rubobini chalish (pozitsiya)
5. . Qashqar rubobida kuy ijro etish uslubiy ko’rsatmlar bilan mashqlar.
6.Cholg’u ijrochiligini o’rganishda musiqa nazariyasining roli.
7.Dars o’tish uslubi.
8.Tavsiya va xulosa.

Ma’lumki o’zbek xalqining ma’naviy go’zalligi asrlar qa’ridan kelayotgan kuy-ohanglarida o’zining ajoyib,betakror badiiy in’kosini topgan.


Ulamolarimiz bergan ta’riflaridan biriga ko’ra, musiqa inson ruhining ozig’idir.
Binobarin milliy musiqa ko’p asrlar davomida ajdodlarimiz boy ma’naviyatining, teran tafakkurining, barkamol ruhiyatingsadolardagi jonli ifodasi va ayni paytda, yangi buyuk davlat bunyodkori bo’lish jamiyatimizning rux quvvati va jon ozig’idir.
O’rta Osiyoda yashab o’tgan buyuk olim Al-Farobiy musiqa haqidagi risolasida shunday deb yozgan edi:”Kishi ovoziga yaqin ovoz chiqaradigan cholg’u asboblari rubob, nay va surnaydir; ular obozga juda yaxshi taqlid qiladi.
Bu cholg’u asboblari ashulaga yaxshi jo’r bo’ladi,ashullaning boshlang’ch musiqasini va unii orasdagi cholg’u qismini hosil qiladi”deydi.
Cholg’u asboblarining Al-Farobiy ta’kidlagan vazifasi hozirgi davrga qadar saqlanib kelmoqda.Rubobni chalishni o’rganmoqchi bo’lgan har qanday kishi avvalambor uni to’g’ri ushlashni bilmog’i kerak.Buning uchun nimalarga e’tibor qilmoq lozim:

1)rubobni kosasini ko’krakdan oziroq pastroqda o’ng q’lning bilagi orasida qattiq siqmasdan ushlash kerak.O’ng qo’lni rubobni torlarini erkin chertish uchun qulay qilib o’rntiladi ya’ni rubobni kosasi o’ng qo’ltiq orasiga joylashtiriladi.


2)Chap qo’l esa rubobni dastasdagi pardalarini bosish uchun xizmat qiladi.Rubob dastasini chap qo’lning bosh va birinchi barmog’i orasida erkin tutish kerak.Chap qo’l bilan dastani ushlaganda rubob dastasini chap qo’lning bosh va birinchi barmog’i orasida erkin tutishi maqsadga muvofiq bo’ladi.Rubob dastasin ushlagan paytda qo’lning bosh barmog’i ikkinchi barmoqning ro’parasida turishi shart.

(rasm)
Aks holda uchinchi va to’rtinchibarmoqlarning pardalarni bosishi qiyinlashadi.(3 rasmda ijrochining pardalarni noto’g’i bosishi ko’rsatilgan)


3) Agar barmoqlar dastadan yoki pardadan balandroq tursa ya’ni uzoqroq bo’lsa tez templi asarlarni chalishda biir oz qiyinchilik seziladi.Rubobni birinchi marta chalishni boshlaganlarga tabiiyki qo’llar yelkalar charchab og’riq hosil bo’lishi mumkin.Bunday xolarda ikkala qo’lni ham pastaga tushirib ularga bir oz dam berilsa yaxshi bo’ladi.Cholg’uni chalish qoidalariga to’liq rioya qilsa qo’ldagi yelkadagi og’riqlar o’tib ketib keyinchalik charchamaydigan bo’lib qoladi.
4) rubob turib chalganda gavdani tik tutgan holda to’g’ri turib chalish kerak.Rubobning uchi ya’ni quloqlar o’rnatilgan qismi ijrochining chap yelkasi bilan baravar tursa chiroyli ko’rinadi.(1-rasm) mobodo o’tirib chalishga to’g’ri kelsa, unda ijrochi stulga suyanmasdan o’tirib uning chap oyog’i biro z oldinroqqa bo’lishi kerak.
5) rubob pardalariga barmoqlarni to’g’ri bosish uchun beshta barmoq bilan go’yoki olmani ushlaganday xolatga keltirib shu xolatni etyud yoki kuyning boshidan oxiriga qadar buzmasdan saqlab borish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Xar bir barmoqni pardaga bosganda qolgan barmoqlarni shakli o’zgarib ketmasdan har bir barmoq o’z vazifasini bajarib bo’lgandan so’ng o’z xoliga qaytganda olma shakli buzilmasdan turishi kerak.
Rubob chalishni tez o’rganish va uni erkin ijro qilish albatta birinchi navbatda o’n va chap qo’llarni to’g’ri o’rnashtirish va barmoqlarni to’g’ri bosishdir.Chap qo’l barmoqlarning rubob pardalariga bosish xolati pozitsiya deb ataladi.O’ng qo’limiz asosan torlarda mediator bilan pastga yuqoriga urib harakatlanadi, buni esa (shtrix) deyiladi.
Ana shu shtrixlarni to’g’ri urib ovoz chiqarish asosiy vazifa hisoblanadi.
Pastga yuqoriga urilgan shtrixni borgan sari tezlashtirib borilishidan o’ta tezlashib ketishi natijasida tremola ya’ni rez paydo bo’ladi.
Ko’pincha butun yarim hamda kezi kelganda chorak notalar albatta tremola bilan ijro qilinadi.Qolgan notalar esa shtrix bilan chalinadi.Shtrixlarni chalishda albatta mediatordan ya’ni (mizrob dan) foyldalaniladi.Mediatorni qanday ushlash lozim. Mediatorni o’ng qo’lni bos va ko’rsatkich barmog’i bilan qattiq siqmasdan qisib ushlanadi.Shu vaqtda barmoqlar kaftga tegmasligi kerak.(5-rasm) Shtrixlarni pastga yuqoriga urganda bir xil temd bajarmoq kerak.Tremola hosil qilmoqchi bo’lganda esa, oldiniga sekin tempda chalib borgan sari uni tezlashtirib borib uni yuqorida aytib o’tganimizdek tremola hosil bo’ladi. Rubob chalishni o’rganmoqchi bo’lganlar musiqa nazariyasidan har bir vaqtni o’zida ogoh bilib bormoqlari kerak.
II Bob Cholg’u ijrochiligini o’rganishda musiqa nazariyasi fanining o’rni juda kata hisoblanadi.Bolalarga nota yozuvi haqida ham qisqacha ma’lumot berib boriladi.Bizning nutqimizdagi tovushlar harflar bilan yozib o’qilganidek,musiqa tovushlari ham notalar bilan yozilib ijro etiladi.(chalinadi) Musiqa tovushlarini yozishda maxsus belgilar qabul qilingan deb o’quvchilarga quyidagilar ham ko’rsatib tushintiriladi.

Boshchalar

Yoki

Shtillar

Yoki

Bayroqchalar

Yoki

Bayroqchalar, shtillar, boshchalarga o’ng va chap tomonidan birlashtiriladi. Agar notalar nota chizig’ining pastdan uchinchi chizig’iga joylashsa, shtil notaning o’ng tomoniga, agar uchinchi chizig’dan yuqori tomon davom etsa, chap tomoniga qo’yiladi. Agar 2 ta 4 ta bayroqchalar birga kelsa, unda ular to’g’ri chiziq bilan birlashtiriladi.Masalan:

O’quvchilarga notalarni yozish uchun asosan, beshta yondosh chiziq olingan va ular pastdan yuqoriga qarab sanalishini, bundan tashqari, qo’shimcha chiziqlar chizilishi, notalarni pastga va yuqoriga davom ettirish mumkinligi, notalarni nota chizig’ida, chiziqlar orasida va pastki hamda yuqoridagi qo’shimcha chiziqlarga yozilishini tushintirib berilishi lozim.


Hammamizga ma’lum va yod bo’lib ketgan musiqa yozuvida,asosan 7 ta nota bo’lib, ular DO,RE, MI, FA, SOL, LYA, SI deb ataladi.Musiqada asosiy tovushlarning nomi bir necha marotaba qaytariladi.bir xil nomdagi tovushlar oralig’idagi yaqin masofaga OKTAVA deyiladi. Rubobda ijro etiladigan notalar SOL kalitida yoziladi.ikkinchi chiziqda joylashgan “SOL” kaliti “SKRIBKA” kaliti ham deb ataladi.

Qashqar rubobida ijro etiladigan kuy yozilishiga qaraganda bir OKTAVA past eshitiladi.

Birinchi yilda o’quvchilarni musiqaning elementar nazariyasi bilan ham tanishtirib borishimiz muhim bo’lib, ikkinchi yilda esa uni yana takrorlab o’tish zarurdir. Birinchi yilda darslar teoriya sol’fedjio darslari bilan jua ham bog’liq holda olib borilsa ya’ni teoriya bilan amaliyotni qo’shib amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Bolalarga dars jarayonida notalarni bo’linishi, nuqtali notalar, takt, takt chizig’i, pauzalar ularning belgisi va uzunigi hamda alteratsiya belgilarini ham tushintirib borishimiz shu bilan birga mustahkamlab borishimiz lozim.


1 ta butun nota
2 ta yarimtalik nota
4 ta choraklik nota
8 ta sakkiztalik nota
16 ta o’n oltitalik nota
Asta sekin bolalarga nuqtai notalarni ham tushuntirib borishimiz kerak. Musiqa asarida nota yoki pauza yoniga qo’yilgan nuqta shu nota yoki pauza cho’zimini yarim barobar orttiradi.

Yuqorida aytilgan notalar, hamda nuqtali notalar cho’zimini o’quvchilarga tremula orqali va shtrix orqali bir necha marotaba chalib ko’rsatildi.


Shuningdek PAUZALAR butun pauza

Yarimtalik pauza



Sakkiztalik pauza
O’n oltitalik pauza
Pauzalarni ham o’quvchilarga ovoz chiqarib sanashga odatlantirishimiz kerak.
Alteratsiya belgilariga kelganimizda bunda o’quvchilarga ozroq qiyinchilik tug’iladi. Belgilarni vazifalarini tezda yodlay olish mumkin lekin uni tajribada qo’llashda bir muncha chalkashliklar bo’lishi mumkin.
-deyiz ( ) tovushni bir parda yoki yarim ton ko’taradi.

Download 27.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling