Umumiy o’rta ta’lim maktablarida musiqa madaniyati darsini o’tishda xalq cholg’u asboblaridan qashqar rubobini tutgan o’rni


Download 27.07 Kb.
bet2/3
Sana10.11.2023
Hajmi27.07 Kb.
#1764184
1   2   3
Bog'liq
maqola vohidov ustoznki

-dubl deyiz ( ) tovushni ikki parda yoki bir tonga ko’taradi.
-bemol ( ) tovushni bir parda yoki yarim tonga pasaytiradi.
-dubl bemol ( ) ko’tarilgan yoki tushurilgan tovushni avvalgi holiga qaytarish belgisi.
Alteratsiya belgisi bironta nota oldiga qo’yilsa, unga tasodifiy belgi deyiladi. Agarda asar boshida kalitdan keyin qo’yilgan bo’lsa, unda belgi o’sha nomni barcha notalarga ta’sir etadi. Buni esa o’quvchilarga teoriya darsidan tashqari mutaxassis o’qituvchi ham o’quvchilar ongiga qattiq singdirish lozimdir. Qashqar rubobini sozlash maalasiga kelganimizda, uni o’zimiz bilishimiz bilan bir qatorda o’quvchilarga ham o’rgatib,o’quvchilarni o’zlari mustaqil sozlay bilishlariga odatlantirib borishimiz lozim . Bu esa ikkinchi yarim yillikdan boshlab amalga oshiriladi. Xammamizga ma’lum rubobni sozlashda torlarni to’g’ri tanlash kata ahamiyatga egadir. Ya’ni birinchi torga qaraganda ikkinchi tor bir oz yo’g’onroq bo’lishi kerak so’ngra rubobni birinchi juft tori fortepianoning birinchi oktavadagi “lya” tovushiga moslab sozlanadi.
Rubobning ikkinchi tori esa fortepianoning birinchi oktavadagi “Mi” tovushiga yoki bo’lmasa beshinchi pardani bosib chertilganda tovush birinchi torning ochiq tovushi bilan bir xil bo’lishi kerak. Rubobning uchinchi toriga ichak tori taqilib ular ikki xil sozlanadi.

  1. Rubobnin asosiy sozi kvarta sozi bo’lib, uchunchi ichak tori fortepianoning kichik oktavadagi “Si” tovushiga moslab sozlanadi.

Ayrim vaqtlarda kvarta kvinta sozi ishlatiladi.
Hammamizga ma’lum barmoqlar ko’rsatkich barmoqdan jimjimaloqqa qarab sanaladi.

  1. ko’rsatkich barmoq 2-o’rta barmoq 3-yon barmoq 4-jimjimaloq. O’quvchilarga asarlarni bergan vaqtimizda mana shu barmoqlarni to’g’ri qo’yib ulardan o’rinli foydalanishga harakat qilishimiz lozimdir. Nota yozuvini qisqartirish va qaytarish belgilari haqida bolalarga tushuncha berib boriladi.

Musiqa asarlarining ayrim bo’laklarini bir marta yozib har ikki tomondan REPRIZA belgilari qo’yiladi . Bunday holatda repriza ichiga olingan qism ikki marta takrorlanadi.
SEGNO – ayrim musiqa asarlarining boshdan oyoq ijro etilgandan so’ng yana to’la qaytarish lozim bo’lganda yoki asarlarning kerakli qismini qaytarishda segno belgisi ishlatiladi.
Ayrim musiqa asarlarida 2 oralig’ida 2 fonar belgisi ham uchrashi mumkin. U holda 1 fonardan 2 fonarga o’tib asar yakunlanadi. Bundan tashqari takt oralig’idagi nota yozilishi bir xil bo’lib, bir necha bor qaytarilsa ularni yozmasdan taktga (qaytarilish belgisi qo’yilishi mumkin.
Volta ayrim musiqa asarlarini o’rtalarida ko’proq oxirlarida uchraydigan belgilardan bo’lib ya’ni birinchi volta yozilgan taktni birinchi bor ijro etib qaytarish vaqtida esa birinchi volta yozilgan taktni qoldirib keyingi ikkinchi volta yozilgan qismi ijro etiladi.
Dastlabki mashqlar rubobning ochiq torlarida mashq qilish bilan boshlanadi. Dastavval rubobning “Lya” torida keyin “Mi” tori so’ngra “Si” torida bo’lgani ma’quldir. Mashqlar pastdan yuqoriga urib chalinadigan nimchorak notalarda tashkil etilsa maqsadga muvofiq bo’ladi albatta. Keyinchalik ular yarimtalik so’ng butun notalardan undan so’ng aralash notalardan tashkil topsa yanada yaxshiroq bo’ladi. Ochiq torlarda mashqlar tugagandan so’ng pardalarga barmoqlar bilan bosib mashq qildirish maqsadga yaqindir. Bu mashqlarni bajarish oldidan shuni takidlab o’tish kerakki rubob pardalarida barmoqlarning joylashishi harakati musiqa asarlarini ijro etishda hamda texnikani o’stirishda asosiy omildir.
Chap qo’l barmoqlarining rubob pardalariga bosilish holati POZITSIYA deyiladi. Rubob chalishda 12 xil xolat (pozitsiya) bo’lib, ularning joylashishi quyidagichadir.
Biz bilamizki rubobda torlarni mediator bilan pastga va yuqoriga chertish mumkin. Torni pastga chertganimizda yuqoriga qaraganda qattiq tiniq ovoz eshitiladi. Shuning uchun tovushlar ikkala tomonga chertilganda ham bir xil chiqishiga erishish kerak ya’ni notalar pastga chertish bilan boshlanadi.

Mashq quyidagiarni ijro etganda, notalarning ustiga qo’yilgan belgilarga va ko’rsatilgan barmoqlarga , takt ichidagi notalarni shoshmasdan bir tekisda sanab o’rganish kerak.


Qashqar rubobini chalishdagi bir qancha usullarni o’quvchilarga birinchi yildanoq tanishtirib borish kerak. Ulardan stakkato (urma zar) liga, ligato, tremula, glissando va fermatolar o’quvchilar mashqlarini chalib bo’lgach ularga 3 tagacha belgisi bo’lgan gammalarni o’rgatish tavsiya etiladi. Gammalarni ham 3 xil variantga bo’lib o’rgatish ma’quldir. Har bir gamma chalingandan so’ng uni uch tovushligini ham o’rgatish maqsadga muvofiqdir.

Download 27.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling