Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 10-11-sinflarida tahsil olayotgan “Vatan tayanchi” otryadlari o‘quvchilari o‘rtasida “Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqalarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom
Download 95.5 Kb.
|
Янги Ватанпарварлар Ватан таянчи б н 10 03 2023
birinchi bosqich - hududdagi sport maktabida yoki harbiy qism sport bazasida tuman (shahar) ta’lim muassasalari birinchiligi bosqichi;
ikkinchi bosqich - hududdagi sport majmuasida yoki harbiy qism (dala o‘quv maydoni) bazasida viloyat birinchiligi bosqichi; uchinchi bosqich - tashkiliy qo‘mita qaroriga asosan Mudofaa vazirligi tomonidan belgilagan joyda (harbiy qism, dala maydoni va boshq.) respublika birinchiligi bosqichi o‘tkaziladi. 6. Musobaqada jamoaviy 1-, 2- va 3-o‘rin g‘oliblari faqat 10-11-sinflarida tahsil olayotgan “Vatan tayanchi” otryadlari o‘quvchi-ishtirokchilari orasidan aniqlanadi. 7. Musobaqada ishtirok etuvchi jamoalar o‘z kiyimi, emblemasi, jamoa bayrog‘iga ega bo‘ladi. 8. Musobaqani tayyorlash va o‘tkazishda jangovar tayyorgarlik ofitserlari, tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar organi ofitserlari, harbiy tibbiy shifokorlar, MK “Vatanparvar” tashkiloti malakali mutaxassislari hamda 10-11-sinflarida tahsil olayotgan “Vatan tayanchi” otryadlari o‘quvchilari ishtirok etadi. 9. Musobaqa davomida yuzaga kelgan muammolar tegishli tashkiliy qo‘mita tomonidan hal etiladi. 10. Musobaqaning bosh hakami O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan tayinlanadi. 11. Musobaqa hay’ati tarkibi besh-yetti kishidan iborat tarkibda mudofaa vazirining (birinchi o‘rinbosarining) buyrug‘i bilan tasdiqlanadi va uning tarkibiga: vazirlik jangovar (jismoniy) tayyorgarlik hamda tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bosh boshqarmalari mas’ul ofitserlari va sport mutaxassislari; tegishli sport tashkilotlarining sport mutaxassislari (kelishuv asosida) hakamlar sifatida kiritiladi. Musobaqa hay’ati kotibi, navbatchi vrach (avtomobil), shuningdek musobaqani tashkillashtirish, musobaqalarni o‘tkazish joyi, vaqti va ketma-ketligi belgilanadi (ajratiladi). 12. Musobaqa hay’ati raisi: musobaqa hay’ati tarkibining tayyorgarligi va ish faoliyati, musobaqani tashkillashtirish hamda o‘tkazishga rahbarlik qiladi; musobaqalarni o‘tkazish joylari, sport vositalari va jihozlarini musobaqaga tayyorgarligini tashkillashtiradi; musobaqa shartlarini qo‘pol ravishda buzgan ishtirokchilarni musobaqa hay’ati a’zolari bilan kelishilgan holda, musobaqadan chetlatish masalasini hal etadi; musobaqa hay’ati a’zolari (hakamlar) tomonidan musobaqalarning to‘g‘ri o‘tkazilishini, ishtirokchilarni shaffoflik bilan baholanishini nazorat qiladi; musobaqa hay’ati a’zolari (hakamlar) bilan har bir musobaqa oldidan va musobaqa yakunida yig‘ilish o‘tkazadi, ishtirokchilarning natijalarini ko‘rib chiqadi va muhokama qiladi; musobaqalar jarayonida noto‘g‘ri hatti-harakatlar, qo‘pol xatoliklarga yo‘l qo‘yilsa yoki tibbiyot xodimlarining yo‘qligi aniqlansa, musobaqaning ushbu shartini to‘xtatadi hamda kamchiliklarni bartaraf etish choralarini ko‘radi; musobaqa hay’ati a’zolari (hakamlar) ishida noxolislikni, musobaqa ishtirokchilariga yon berish kabi holatlar aniqlansa, ularni boshqa a’zolar (hakamlar) bilan almashtiradi; musobaqa hay’ati a’zolari bilan ishtirokchi jamoalar tomonidan berilgan apellyatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqib, muhokama qiladi va ular yuzasidan shaxsan asoslangan qaror qabul qiladi hamda shikoyatni ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risida murojaat etuvchilarga yozma ravishda javob beradi; musobaqa hay’ati a’zolari (hakamlar)ning noto‘g‘ri va asossiz qarorlarini bekor qiladi; musobaqa yakuni natijalarini (g‘olib va sovrindorlarni) buyruq bilan e’lon qiladi. 13. Musobaqa hay’ati: musobaqa davomida musobaqalarni mazkur Nizomga muvofiq o‘tkazilishini, ishtirokchilarning haqqoniy va shaffof tarzda baholanishini, erishilgan natijalarga asoslanib g‘olib va sovrindorlarni aniqlaydi; musobaqalarni o‘tkazish joylari, sport (maxsus) jihozlari va vositalari tayyorgarligini ta’minlaydi; ishtirokchilarga musobaqa shartlarini, xavfsizlik qoidalarini yetkazadi, tushuntirish ishlarini olib boradi va ishtirokchilardan musobaqa shartlari to‘g‘ri bajarilishini talab qiladi; ishtirokchilar tomonidan musobaqa shartlarini qo‘pol ravishda buzish holatlari aniqlasa, ularning musobaqalarda ishtirok etishi masalasini ko‘rib chiqadi; musobaqa hay’ati raisi boshchiligida musobaqa oldidan va ushbu musobaqa yakunida o‘tkaziladigan yig‘ilishda ishtirokchilar ko‘rsatgan natijalarni ko‘rib chiqadi; musobaqalar davomidagi o‘zgarishlar to‘g‘risida ishtirokchi va jamoalar kattalariga o‘z vaqtida ma’lumot beradi; apellyatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqadi. 14. Musobaqa hay’ati kotibi: musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rish bilan bog‘liq barcha tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshiradi, tegishli hujjatlarni (ishtirokchilarning hujjatlariva ro‘yxatlarini) tekshiradi va rasmiylashtiradi; qur’a tashlash jarayonini tashkillashtiradi va unda ishtirok etadi; musobaqalar jarayonida bevosita ishtirok etadi, musobaqa hay’ati tomonidan qabul qilingan qarorlarni, ishtirokchilar ko‘rsatgan natijalarni umumlashtiradi va musobaqa bayonnomalarini, yakunlovchi hujjatlar hamda hisobotlarni rasmiylashtiradi. 15. Navbatchi vrach: har bir musobaqa oldidan ishtirokchilarning tibbiy ma’lumotnomalarini o‘rganadi va ular sog‘ligining holatiga ko‘ra musobaqalarda ishtirok etishi bo‘yicha xulosa beradi; musobaqalar o‘tkaziladigan joylarda, ishtirokchilarning dam olishini, ovqatlanishini, yuvinish xonalarida sanitariya-gigiena qoidalariga rioya etilishini nazorat qiladi hamda ishtirokchilarning sog‘ligini muntazam ravishda nazorat qilib boradi, zarur hollarda ularga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatadi; har bir holat va amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida musobaqa hay’ati raisiga ma’lumot beradi. 16. Bosh hakam musobaqalarning turlari bo‘yicha tayinlanadi va hakamlar tomonidan ishtirokchilarni to‘g‘ri baholanishi hamda musobaqani shaffoflik bilan o‘tkazilishiga javob beradi. Bosh hakam musobaqa boshlanishidan oldin musobaqa o‘tkaziladigan joylarni, ularning jihozlanganligi va tayyorligini tekshiradi, muammo yoki kamchiliklar aniqlansa ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘radi. 17. Hakamlar musobaqalarni to‘g‘ri va odilona baholanishiga javob beradi. Hakamlar musobaqa hay’ati raisi va bosh hakamga bo‘ysunadi va ularning ko‘rsatmalariga amal qiladi. 18. Hakamlar musobaqada musobaqa hay’ati raisi yoki bosh hakam tomonidan belgilab berilgan kiyim rusumida ishtirok etadi. Download 95.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling