Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik-majmua


 hikoyaning dastlabki jumlalarini qayta o‘qing. kuzak sha- molining  vahimasi  aks  ettirilgan  o‘rinlarga  alohida  e’tibor  qiling.  2


Download 2.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet20/22
Sana03.03.2017
Hajmi2.78 Kb.
#1517
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22

1. hikoyaning dastlabki jumlalarini qayta o‘qing. kuzak sha-
molining  vahimasi  aks  ettirilgan  o‘rinlarga  alohida  e’tibor 
qiling. 
2. tabiatdagi qudratli notinchlik bilan odam tabiatidagi «jim-
gina o‘tirish»ga moyillik o‘rtasidagi bog‘liqlikni izohlang.
3. Nima sababdan dodxoning xayoliga go‘riston haqidagi fikr 
kelib qoldi deb o‘ylaysiz? 
4. asardan dodxo ruhiyati aks ettirilgan o‘rinlarni topib qayta 
o‘qing, munosabat bildiring.
5. qisman  xotinlarini,  asosan,  o‘zini  ovutish  uchun  go‘ris-
tondan gap ochgan dodxoning gaplarini xotinlari davom et-
tirmaganliklari sababini izohlang.
6. hikoyadagi:  «Hamma  o‘tirgan  yerida  go‘yo  bir  qarich 
cho‘kkanday bo‘ldi va tin olmay bir­biriga qaradi», degan 
tasvirni qanday izohlaysiz? 
7. darchaga  kelib  urilgan  narsaning  bo‘yra  ekanini  bilgan 
dodxoning suyunishiga sabab nima deb o‘ylaysiz?
8. bir qo‘y uchun qabrga tunda pichoq sanchgan kishiga Un-
sinning salbiy munosabati dodxoga nima uchun yoqmagan-
ligini tushuntirishga urinib ko‘ring.
9. Unsinni ko‘pchilik erkaklarning ham qo‘lidan kelmaydigan 
jasoratga undagan kuch nima edi deb o‘ylaysiz?
10. asardagi:  «Unsin  boshini  ko‘tarib,  balo­qazoday  tikilib 
turgan  dodxoga  bir  ko‘z  tashladi­yu,  yana  boshini  egib, 
savol  va  topshiriqlar:

326
lekin  dadil  javob  berdi»  tasvirini  qayta  o‘qing.  Unsinning 
harakatlarini izohlang. boshni egish va dadil javob haqida 
o‘ylab ko‘ring.
11. hikoyada:  «Unsin  dodxodan  darrov  yuzini  berkitgancha 
chiqib ketdi» degan jumla bor. kelinchakning shu harakati 
ma’nosini chaqib, sababini tushuntiring. 
12. Unsin  go‘ristonga  choy  qaynatish  uchun  ketayotgan  payt-
dagi tabiatning avzoyi tasviriga e’tibor bering. 
13. bir  gapda  «dahshat»  so‘zi  besh  marta  takrorlangan  tasvir 
bor. o‘shani topib o‘qing va izohlang.
14. muallif dodxoning uyini ne bois «...tiriklar go‘ristoni» deb 
ta’riflaganini tushuntirib bera olasizmi?
15. Unsinning go‘ristonga borib choy qaynatib kelishga ko‘nishi 
sizni ishontira oladimi? Fikringizni asoslang.
16. Unsin qo‘rqmaydigan ayolmi? U holda hikoyadagi: «Unin g 
eti  jivirlashib,  sochi  boshidagi  ro‘molini  bir  qarich 
ko‘targanday bo‘ldi» tasvirini qanday izohlash mumkin?
17. o‘zi yashayotgan nobop sharoitga ko‘nikmaslik Unsinning 
qanday fazilatini namoyon qiladi deb o‘ylaysiz? 
18. hikoya qahramoni qo‘rquvdan hushini yo‘qotib qo‘ymaslik 
uchun  qanday  yo‘l  tutganligini  aniqlang.  bunday  holatda 
siz nima qilgan bo‘lardingiz?
19. yelkasiga  kutilmaganda  maymun  minib  olganda  Unsin 
tushgan  ruhiy  holat  tasvirini  izohlang.  shuncha  sinovlar 
ustiga maymunni ham qo‘yib yuborish qanday odamga xos 
xususiyat deb o‘ylaysiz?
20. Go‘ristondan chiqishda Unsin «...chap qo‘liga qattiq og‘riq 
kirganini»  sezadi.  og‘riq  nega,  aynan,  chap  qo‘liga  kirdi 
deb o‘ylaysiz?
21. hikoyadagi:  «...ikki  oyog‘i  gavdasidan  keyinda  qolar, 
qo‘lidagi  choynak  tobora  og‘irlashib  borar  edi»  tasvirini 
talqin qiling. Unsinning holatini sharhlang.
22. dodxoning go‘ristondan qaytgan Unsinni ko‘rgandagi hola-
tini matnga tayanib izohlab bering.
23. Zo‘rg‘a hushiga kelgan Unsinning nodirmohbegimdan hol 
so‘rashi sababini tushuntiring.
24. Nodirmohbegimga xos xususiyatlarni tavsiflang. 
25. Unsin yengildimi? irodali insonni, erksevar odamni yengish 
mumkinmi? siz nima deb o‘ylaysiz, o‘lmoq yengilmoqmi? 

327
uqaddas turkiston shahri yaqinidagi go‘zal iqon 
qishlog‘ida  tug‘ilgan  mirtemir  ota  yurti  tarova-
tini umrining oxirigacha unutmagan, so‘nggi na-
fasigacha kuylab kelgan shoir edi. mirtemir faqat 
lirik she’rlar bitib qolgan emas. Uning jaran gdor 
sochmalari  XX  asr  yigirmanchi  yillarida  juda 
mashhur  bo‘lgan  edi.  mirtemir  go‘zal  doston-
lar ham yaratgan, dramatik va nasriy asarlar ham yozgan. U 
qilgan  tarjimalar  o‘zbek  o‘girma  adabiyotida  alohida  bos-
qich bo‘lishga arziydi. Unin g adabiy jarayonni tahlil qilishga 
bag‘ishlangan,  salmoqli  ilmiy  xulosalarga  ega  tanqidiy  asar-
lari ham bor.
ХХ  asr  o‘zbek  she’riyatining  ulkan  vakili  Mirtemir 
(mirtemi r  tursunmat  o‘g‘li)  ko‘hna  turkistonning  qoratog‘ 
etaklaridagi eski iqon qishlog‘ida tug‘ilgan. hujjatlarda adib-
ning  tug‘ilgan  vaqti  1910-yilning  10-mayi  deb  ko‘rsatiladi. 
shoir ning  o‘zi  bu  to‘g‘rida:  «men  tug‘ilgan  qishloqning 
kunbotarida  qadim  turkiston  shahri,  janubida  o‘tror,  boy-
balk  хarobalari  va  Yassi,  Suyri  qal’alaridan  qolgan  kultepa-
lar, undan nari sirdaryo.., – deb yozadi. – 1910-yili bug‘doy 
o‘rog‘ida shu qishloqda tug‘ilibman. otam – dehqon va chor-
vador,  ona  tomondan  bobom  mulla,  maktabdor.  ota  tomon-
Mirtemir
(1910–1978)

328
dan bobom – uzun bo‘ylik, polvon jussalik, qizil yuzli odam 
edi.  ona  tomondan  bobom  –  o‘rta  bo‘yli,  charaqlagan  qora 
ko‘zli, qora va chechan odam edi. men bir-ikki yil shu bobom 
maktabida  o‘qidim».  shoir  keyinchalik  qishloqda  ochilgan 
no‘g‘ay domla maktabida tahsilini davom ettiradi. shoirning 
otasi  Tursunmat  Umarbek  o‘g‘li  ham  adabiyotga  iхlosmand 
edi. 
turmush qiyinchiliklaridan cho‘chimagan, ilmga chanqoq 
mirtemir 11 yoshida amakisiga qo‘shilib, toshkentga qochib 
keladi  va  beshog‘ochdagi  «almaiy»  nomidagi  ishmaktabga 
joylashadi. ikki yil bu maktabda o‘qigach, toshkentning yan-
gi  shahar  qismidagi  «o‘zbek  erlar  bilim  yurti»ga  ko‘chadi. 
shoir  ham  o‘qib,  ham  ishlagan  o‘sha  yillarning  mashaqqa-
tini  shunday  eslaydi:  «ishmaktabda  ham,  bilim  yurtida  ham 
o‘zimiz  ekar,  o‘zimiz  yig‘ar  edik,  o‘zimiz  tikar,  o‘zimiz 
kiya r  edik.  deyarli  hamma  hunar  o‘rgatilar  edi.  og‘ir  yillar 
edi; to 1924–25-yillargacha хo‘ragimiz har kuni ikki yo uch 
marta  bir  burdadan  qora  non  va  tushlik  bir  cho‘mich  bo‘tqa 
edi.  ishmaktabning  bog‘i  Chilonzorda,  bilim  yurtining  bog‘i 
ko‘kterakda edi. yoz bo‘yi hamma bog‘da ishlardi va rangga 
qon, bo‘yga jir bitib qaytardik. bilim yurtida o‘qishlar og‘ir, 
o‘qituvchilar talabchan bo‘lib, kechasi allamahallargacha so-
vuq bo‘lmalarda dars tayyorlardik».
1929-yili  bilim  yurtini  tugatgan  mirtemir  yo‘llanma  bi-
lan  o‘sha  vaqtda  poytaхt  bo‘lgan  Samarqand  shahriga  kela-
di.  samarqandda  pedakademiyada  (hozir  samarqand  dav-
lat  universiteti)  o‘qish  bilan  barobar  o‘zbekiston  markaziy 
ijroiya qo‘mitasining raisi Yo‘ldosh Oxunboboyevga shaхsiy 
kotib  bo‘lib  ishlaydi.  shoir  hayotining  samarqand  davri 
qizg‘in ijodiy izlanishlar davri bo‘ldi. U hamid olimjon bilan 
do‘stlashib qoladi. lekin oradan ko‘p o‘tmay, mirtemir tuh-
mat bilan qamaladi va qamoq muddatini uzoqda – shimoldagi 
belomorkanal qurilishida o‘taydi.
mirtemirning  ijodiy  qiyofasini  belgilaydigan,  uni  o‘zbek 
kitobxoni uchun ardoqli qilgan narsa – uning she’riyati. mir-
temir  samimiy  tuyg‘ularni,  nozik  kechinmalarni  sodda  va 

329
tu shunarli  ifodalay  oladigan  san’atkor.  rost  tasvir,  buning 
ustiga,  tuyg‘ular  sherikligida  amalga  oshirilgan  aniq  tasvir 
hamisha  esda  qoladi.  hammaga,  ayniqsa,  siz  yoshlarga  ar-
doqli  bo‘ladi.  Badiiy  nafasi  bilan  saflarimizni  to‘ldirib  yur-
gan,  avlodlarining  pokiza,  ma’rifatli,  oriyatli  bo‘lishini  ista-
gan  mirtemirning  she’riyati  sizning  hamishalik  hamrohingiz 
bo‘lib qolishiga ishonamiz.
BU  –  Men  TUG‘IlGAn  TUProQ
bu – men tug‘ilgan tuproq. ha, men tug‘ilgan tuproq,
tog‘lar, ko‘m-ko‘k adirlar, daryolar, cheksiz qumloq.
bo‘ronlar qamchilashar, yomg‘irlar tomchilashar,
qishda qalin qordan oq, kuzda-chi, paxtadan oq.
taqvodorday cho‘k tushib, peshonamni qo‘yaman,
onam kabi o‘paman, qalb mehriga to‘yaman.
kayxusrav qilichidan kesikbosh bobom xoki,
kim noxos oyoq qo‘ysa, haqoratga yo‘yaman.
bu – men tug‘ilgan tuproq. bu – men yo‘g‘rilgan tuproq,
ko‘klam gohi serjala, yoz qurumsoq va qurg‘oq.
terak bo‘yi jarlardan suv tortar bobo dehqon,
bug‘doy ham, juvari ham bo‘liq, ko‘m-ko‘k, serboshoq.
taqvodorday cho‘k tushib peshonamni qo‘yaman.
suygulimday quchaman, jamoliga to‘yaman.
Chingiz o‘qiga uchmish olis bobom xoki bu,
kim ko‘zga ilmay boqsa, kamchilikka yo‘yaman.
bu – men tug‘ilgan tuproq, bu – men ulg‘aygan tuproq,
daralari jannatiy, tog‘ sirtlari ko‘k yayloq.
qumloqlarida hatto suruv-suruv qo‘y-qo‘zi,
Guldor, naqshin qorako‘l yetti ranglik, yarqiroq.
bir farzandday cho‘k tushib, peshonamni qo‘yaman,
kun o‘tmay sog‘inaman, o‘pib-o‘pib to‘yaman.
oq poshshoning to‘pidan abjaq bobom xoki bu,
oq poshshoni eslatsang, yovuzlikka yo‘yaman.

330
bu – men umr ko‘rgan tuproq, men bobo bo‘lgan tuproq
suv bo‘ylari tutzorlar cho‘zilmish yiroq-yiroq.
ipak ham, bol ham bunda, marmar ham, oltin ham mo‘l,
ko‘mir ham, sharob ham bor, gurunch – sadaf misol oq.
bir askarday cho‘k tushib, peshonamni qo‘yaman.
Fidoyiman, shaydoman, o‘pib-o‘pib to‘yaman.
erk deya shahid ketgan o‘g‘lonlarning xoki bu,
kim noxos o‘qraysa ham ko‘zlarini o‘yaman.
1. she’rni diqqat bilan o‘qib chiqing. har bir bandda ona tuproq 
хislatlarining  ma’lum  bir  qirrasi  tasvir  etilayotganiga  e’tibor 
be ring.
2. birinchi banddagi dastlabki to‘rt misra nimani anglatadi? shu 
banddagi: «Kayxusrav qilichidan kesikbosh bobom xoki, Kim 
noxos oyoq qo‘ysa, haqoratga yo‘yaman» misralarini sharh-
lab be ring.
3. ikkinchi bandda o‘lka tabiatiga xos xususiyat juda ham aniq 
berilgan haroratli misralar bor. shularni toping va izohlang.
4. «Guldor, naqshin qorako‘l yetti ranglik, yarqiroq» misrasini 
izohlashga urining.
5. she’r bandlarining boshida, o‘rtasida, oxirida kelgan takror-
larni aniqlang hamda ularning vazifasini tushuntiring.
onAGInAM
tovonimga chaqir tikanakday botguvchi – g‘ashlik.
bedavo sizloviqday sizlatguvchi – g‘ashlik.
Jigarimni qiymalab ahyon-ahyon,
Chuchvaraga chekkuvchi – g‘ashlik.
meni o‘ylab notavon va nimjon,
G‘ashimga tekkuvchi – g‘ashlik.
suyaklarimni sirqiratib
  
 
och tevatday g‘ajiguvchi,
ko‘zimda yosh tirqiratib,
  
 
jig‘ildonimda achchiq bo‘zaday
achiguvchi g‘ashlik...
savol  va  topshiriqlar:

331
dunyoga qayta kelishimga ko‘zim yetsaydi,
yigit yoshimga to‘lmay turib,
ayriliq zaylida qoq yog‘ochday qurib,
Jon bergan onamni ko‘rishimga ko‘zim yetsaydi,
tizzasiga bir nafas bosh qo‘yishimga ko‘zim yetsaydi,
onalik mehriga obdan to‘yishimga ko‘zim yetsaydi,
«oq sutingni oqlay», – deyishimga ko‘zim yetsaydi,
menda g‘ashlik netardi?
yantoq o‘tinidek,
tamaki tutunidek,
tong paytida taralgan badbaxtlik tunidek –
Cheksiz fazolarga tarqab ketardi!
onaginam!
odam bo‘ldimmi menam?
yigit yoshimgacha bir chelak suv keltirib
  
 
 
 
bermagan bo‘lsam,
yo tashnaligingda bir kosa sharbat to‘ldirib
  
 
 
 
bermagan bo‘lsam,
yo non yopishing uchun,
hatto bir yo‘la bir kun
sahrodan o‘tin orqalab kelmagan bolangman...
yo sigirni podadan ayirib,
yo echkini hovliga qayirib,
og‘zingdan so‘z chiqmay, yelmagan bolangman...
sening arzimas bir yumushingni ado etolmaganim, 
sening bir ishorangga yuz o‘mbaloq oshib
  
 
 
 
 
ketolmaganim.
seni jindak xushvaqt qilgani,
seni jindak xushbaxt qilgani,
tagsiz jarlardan o‘tolmaganim,
seni so‘nggi yo‘lga o‘zim kuzatolmaganim –
tog‘day zil,
abadiyatday cheksiz armon bo‘lib qoldi dilimda, 
  
 
 
 
 
onaginam!

332
odam bo‘ldimmi menam?
ha, odam sanashar meni elimda.
senga qilolmagan xizmatim,
sen deb chekolmagan zahmatim –
Jindak zehnim, jindak she’rim, jindak g‘azalxonligim,
onalik mehriga to‘ymagan mehrim, jindak yaxshilik va
yomonligim,
meni odam sanagan elimga baxshida, jafodiyda
  
 
 
  
onaginam!
elga xizmatim– senga xizmatim emasmi, axir,
el meni farzandim demasmi, axir!
rozi bo‘l, odam sanalay menam...
dunyoga qaytib kelurman,
lekin boshqa o‘g‘il bo‘lib...
1. shoirning  holati  dastlabki  misralarda  qay  tarzda  ifodalan-
gan?
2. she’rdagi  «botguvchi»,  «sizlatguvchi»,  «chekkuvchi», 
«tek kuvchi» «g‘ajiguvchi», «achiguvchi» singari sifatlash-
lar qaysi tushunchaga tegishli? Ular qanday she’riy vazifani 
bajarishga qaratilgan?
3. she’rdagi  «g‘ashimga  tekkuvchi  –  g‘ashlik»  ifodasining 
she’r jozibasini oshirishdagi, kishi ruhiy holatini ifodalash-
dagi o‘rnini tushuntirib bering.
4. ona oldida farzandlik burchini o‘tay olmagan kishining af-
suslari ifodasi eng avjiga chiqqan o‘rinni aniqlang.
5. «Tong  paytida  taralgan  badbaxtlik  tunidek»  misrasining 
ma’nosini chaqishga urining.
6. «onaginam» she’rini boshdan oyoq bir xil ohangda, bir xil 
zarb  bilan  o‘qib  bo‘ladimi?  ohanglar  almashinib  turishiga 
sabab nima?
7. misralarning uzun-qisqaligiga sabab nima, deb o‘ylaysiz?
8. «Tog‘day  zil»  ifodasi  nima  uchun  alohida  bir  misraga 
chiqarilgan va uni qanday o‘qish kerak, deb o‘ylaysiz?
9. she’rni yodlang.
10. «mening onam» mavzusida insho yozishga hozirlik ko‘ring.
savol  va  topshiriqlar:

333
ToshBU
Chayirsan, chechansan, chuchuksan so‘zsiz,
ertakday ezgusan, buloq yanglig‘ pok.
ko‘z ololmas hatto ilg‘asa ko‘zsiz,
holbuki, munglug‘san. G‘amdan ko‘ksing chok.
yor jangga jo‘narkan: «bo‘shashma», – devdi,
bo‘shashgan paytda ham bo‘lolding tetik.
bilarding – u seni jonidek sevdi,
egningda kalta to‘n, oyoqda etik,
ko‘ngil qo‘yding suyuk paxtazoringga,
Jo‘yaklarda qolding qosh qorayguncha.
ter to‘kib ko‘z tikding o‘z devkoringga,
Vafo bo‘lsa agar, bo‘lur-da shuncha!
burmalik ko‘ylak ham, nimcha-yu g‘ijim,
sirg‘alar sandiqqa tushdi. bardosh bu...
Xilvatda yosh to‘kding yomg‘irday sim-sim,
keyin yig‘i ham tark. bosh bo‘lding, toshbu...
o‘n juvonga boshliq – ko‘p ham osonmas,
tun og‘ir va uzun, bo‘lar eding xun.
bu to‘y kunidagi quvnoq javlonmas,
ter to‘kding ham o‘zing, ham ering uchun
qirov ketmasidan tashiding o‘g‘it,
to‘qiltoq arava – uloving eshak.
o‘n juvon izmingda – maslahat, o‘git,
darddoshlik ham og‘ir, ko‘p og‘ir, beshak.
o‘z bo‘yningda edi suv, o‘toq, chopiq,
esda turmas edi soch tarash hatto.
sho‘x hislarga qalbing darchasi yopiq,
kulib qaraganga jo‘n qarash hatto.
dalaga ergashar ikki bolang ham,
biri choy qaynatar, biri tashir suv.
erkak mehnatiga ko‘nikding kam-kam,
bu ham jang edi-da, qattol jang, toshbu!
har qalay qaynashdan qolgan yo‘q qozon,
o‘rtada quyuqmi, suyuqmi – yovg‘on.

334
buvak ham, go‘dak ham bo‘lmadi xazon,
badnom etolmadi biror qing‘ir jon.
kosang toza, halol, butun va beyuq,
qoraxat, nim qahat sololmadi chang.
Jamolingga har gal suqulolmay suq:
– buncha toshbag‘ir! – der badar ketdi gang.
toleying bor emish, tole yor emish,
Keldi axir jangchi: bas deb, shum firoq.
o‘pkasida moshdek o‘q ham bor emish,
tirsakdan bir qo‘l yo‘q: sendan g‘ash yiroq.
seni sal xo‘rlagan sira insonmas,
ko‘zlaringda g‘urur va baxtdan yosh bu.
sensiz o‘zbekiston – o‘zbekistonmas,
sensiz keng jahon ham sira jahonmas,
 
 
 
 
 
toshbu!
1. she’rning  birinchi  misrasida  «ch»  tovushi  bilan  boshlana-
digan uch so‘zning yonma-yon kelishida qanday ma’no bor 
deb o‘ylaysiz?
2. she’rda shoir tomonidan toshbuning ichki va tashqi qiyofasi 
tasvirlangan satrlarni topib izohlang.
3. toshbuning bardoshi madh etilgan misralarni toping va ular-
ni sharh lab bering.
4. toshbu  tabiatidagi  pokizalik,  sadoqat,  mehnatsevarlik,  in-
soniy g‘urur tuyg‘ulari tufayli shoir ko‘nglida paydo bo‘lgan 
faхr aks etgan misralarni toping.
5. o‘zbek  ayoli  sadoqati  va  g‘ururiga  faxriya  tarzida  bitilgan 
misralar ni toping va sharhlab bering.
6. «Sensiz  O‘zbekiston  –  O‘zbekistonmas,  Sensiz  keng  jahon 
ham  sira  jahonmas,  Toshbu!»  satrlarining  ko‘tarinki  ruhi 
ha qidagi qarashlaringizni tushuntiring.
7. she’rni yod oling.
savol  va  topshiriqlar:

335
BeToBlIGIMDA
majnuntol tagiga o‘tqazing meni,
qovrilmay to g‘ashlik alangasida.
majnuntol tagiga o‘tqazing meni,
nafasimni rostlay ko‘lankasida.
majnuntol tagiga o‘tqazing meni,
qushlar ovoziga quloq solayin.
majnuntol tagiga o‘tqazing meni,
Xayol og‘ushida orom olayin.
majnuntol tagiga o‘tqazing meni,
shu kungacha o‘zni men cheklab bo‘ldim.
majnuntol tagiga o‘tqazing meni,
men uchun yig‘lasin, men yig‘lab bo‘ldim.
1. She’rning  birinchi  bandida  shoirning  qanday  kayfiyati  aks 
etgan?
2. «Qovrilmay  to  g‘ashlik  alangasida»  misrasida  shoirni  qan-
day g‘ashlik qovurmoqchi deb o‘ylaysiz?
3. betob  shoirning  «Xayol  og‘ushida  orom  olayin»  tarzidagi 
istagini sharhlang.
4. she’rning uchinchi bandiga alohida e’tibor qiling.
5. shoirning: «Shu kungacha o‘zni men cheklab bo‘ldim» tar-
zidagi iqrorini izohlang.
6. so‘nggi misradan siz nima ilg‘adingiz?
7. she’rni yod oling.
savol  va  topshiriqlar:

336
Xayriddin 
saloh
(1934–1969)
oyat qisqa umri davomida bir qator yorqin she’riy 
asarlar yozib qoldirishga ulgurgan jo‘shqin shoir 
Xayriddin  saloh  (salohiddinov)  1934-yilning 
15-yanvarida  toshkentda  tug‘ildi.  maktabda 
o‘qib yurgan paytlaridayoq badiiy so‘zga bo‘lgan 
qiziqish  Xayriddinni  keksa  shoir  G‘ayratiy  rah-
barlik qilgan adabiyot to‘garagiga boshlab keldi. 
to‘garakda bo‘lajak shoir erkin Vohidov, yusuf shomansur, 
sayyor singari tengdoshlari bilan ijod sirlarini o‘rganadi.
X. salohning ilk she’ri 1950-yilda bosilib chiqdi va ko‘p-
chilikning  e’tiborini  tortdi.  o‘rta  maktabni  tugatgan  Xayrid-
din toshkent davlat pedagogika instituti (hozirgi pedagogika 
universiteti)ning  tarix-filologiya  fakultetiga  o‘qishga  kirdi 
va uning kechki bo‘limini 1957-yilda tugatdi. shundan so‘ng 
shoir  «o‘zbekiston  madaniyati»  gazetasi,  «G‘uncha»,  «Gul-
xan» jurnallarida adabiy xodim bo‘lib xizmat qildi.
turli  yillarda  Xayriddin  salohning  «Chashma»  (1959), 
«ikkinchi  imtihon»  (1961),  «ishqim  va  rashkim»  (1965), 
«tug‘yon»,  «na’matak»  (1969),  «izlar  va  hislar»  (1974), 
«shu’lalar qo‘shig‘i» (1975), «lirika» (1985) singari she’rlar 
to‘plamlari bosilib chiqdi. 

337
12 – adabiyot, 7-sinf.
iqtidorli shoir Xayriddin saloh yirik she’riy janrlarda ham 
ijod  qilib,  «laylo»,  «yangroq  hayot»,  «toshkent  bilan  suh-
bat»  dostonlarini  yaratdi.  Uning  tarjimonlik  borasida  qilgan 
xizmatlari  ham  e’tiborga  loyiq.  X.  saloh  bayron,  heyne, 
lermontov, shevchenko, hamzatov singari olamga mashhur 
shoirlarning ko‘plab asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.
serqirra ijodkor Xayriddin saloh 1969-yilning 5- iyunida 
vafot etgan.
YULDUZLAR  AFSONASI
bobolarning gapi shunday: «har kechaning kunduzi bor, 
har kimning o‘z nasibasi, har kimning bir yulduzi bor».
Gar tug‘ilsa biror go‘dak, derlar: «ortdi yulduz soni,
yana bitta mayoq bilan boyib qoldi yurt osmoni».
biror yulduz uchsa, derlar: «kimdir o‘tdi bu olamdan,
ko‘hna dunyo ajrab qoldi, evoh, yana bir odamdan». 
eshitganman Zuhallar-u oy, Zuhrolar to‘g‘risida,
somon yo‘li, hulkarlar-u surayyolar to‘g‘risida,
eshitganman yuztasini, eshitganman mingtasini,
o‘shalardan so‘zlab beray faqatgina bittasini:
«qadim hulkar yulduzining suluv qizi bo‘lgan ekan,
bodom qovoq va oq tomoq, yuzi lo‘ppi to‘lgan ekan. 
Uni sevib onajoni baxmallarga o‘rar ekan.
qizchasida istiqbolni aniq-ravshan ko‘rar ekan.
boqmoq uchun qiz yuziga kunduz quyosh, tun oy xumor,
koshki unga ko‘zgu bo‘lsam, deya hatto sho‘x soy xumor.
Uning yorqin chehrasiga xiyobonda gullar tashna, 
yuzlarini silab-siypab o‘tsam, deya yellar tashna,
bir kun hulkar qizchasini solibdi-yu belanchakka,
o‘zi esa mudrab sekin ketgan ekan tinch pinakka.
shunda yetti tund qaroqchi boy bermasdan qulay choqni
olib qochmish, olib qochmish murg‘ak, jajji qizaloqni,
ko‘zin ochib boqsa hulkar, sho‘x qizidan yo‘qdir darak,
sekingina tebranardi ko‘z o‘ngida bo‘sh belanchak,

338
ona yo‘lga tushibdi-yu, go‘dagini xo‘p izlabdi.
Xo‘p yig‘labdi, ovunibdi, so‘ngra yana xo‘p bo‘zlabdi...
bir nafasda tushar ekan jarliklarga sakrab tikka,
bir nafasda ko‘tarilar qorli toqqa – yuksaklikka.
Farqi yo‘qdir unga sira tunmi-kunduz, baland-pastmi,
kechalari tunab qolar barra o‘tmi, poxol, xasmi.
oxir unga voqeani bir-bir bayon etibdi oy.
maskaniga yo‘l olibdi shunda hulkar deb: «hayyo-hay!»
shundan beri quvsa hulkar qochar yetti tund qaroqchi
oltitasi uxlasa gar, turar ekan biri soqchi...»
bu afsona go‘daklarni jalb etmoqqa juda qulay,
bunday qadim ertaklarni tinglaganman men bir talay.
eshitganman parilari, alvastisi, jinlarini,
Xushlamadim yolg‘onlarni, eslab qoldim chinlarini.
ha, bobolar so‘zlarida qancha ilm va hikmat bor,
shuning uchun keksalarga menda cheksiz sadoqat bor.
1. yulduzlarning paydo bo‘lishi va so‘nishi bilan odamlar taqdi-
ri  o‘rtasidagi  bog‘liqlik  to‘g‘risidagi  afsona  haqida  she’rda 
nima deyil gan?
Download 2.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling