Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun “Bolajonlar sport jamoalari” hamda yuqori sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Yoshlik sport jamoalari” respublika birinchiligini tizimli tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida


-bob. Musobaqalarning o‘tkazilishi va ishtirokchilari


Download 58 Kb.
bet2/5
Sana27.01.2023
Hajmi58 Kb.
#1132833
1   2   3   4   5
Bog'liq
9-ilova

3-bob. Musobaqalarning o‘tkazilishi va ishtirokchilari

6. Musobaqalar O‘zbekiston Respublikasining jismoniy tarbiya va sportga oid normativ-huquqiy hujjatlariga, mazkur Nizomga va sport turlari bo‘yicha musobaqa qoidalariga muvofiq o‘tkaziladi.


7. Musobaqalar boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun harakatli o‘yinlar hamda sportning yengil atletika va mini-futbol turlaridan uch bosqichda quyidagi tartibda har bir sinf kesimida alohida o‘tkaziladi:
birinchi - maktab bosqichi;
ikkinchi - maktablararo bosqich;
uchinchi - tuman (shahar) bosqichi.

1. Harakatli o‘yinlar


Jamoa tarkibida jami 12 kishi bo‘lib, shundan 10 nafar (5 nafar o‘g‘il


va 5 nafar qiz bolalar) sportchi, 1 nafar murabbiy va 1 nafar hakam (vakil)dan iborat bo‘ladi.
1-sinf o‘quvchilari uchun “Kartoshka ekish”, “To‘p sardorga”, “Qopqon”, “Nishonga aniq ot”, “Topishmachoq”, “Kim uzoqqa uloqtiradi”;
2-sinf o‘quvchilari uchun “Charxpalak”, “Karnaymi, surnaymi?”, “Kim chaqqon?”, “Tungi soqchi”, “Qafasdagi qushlar”, “To‘pni oyoqlar orasidan uzatish”;
3-sinf o‘quvchilari uchun “Insiz quyon”, “Nina ip va tugmacha”, “To‘p kapitanga”, “Doira bo‘ylab to‘p uzatish”, “Cho‘rtan baliq va baliqlar”, “Tulkilar va na’matak”;
4-sinf o‘quvchilari uchun “Raqam bilan chaqirish”, “Kim chaqqon”, “Olib qochar”, “Otishma”, “Kalxat hujumi”, “Sehrli kataklar” harakatli o‘yinlar bo‘yicha o‘tkaziladi.

2. Yengil atletika


Jamoa tarkibida jami 10 kishi bo‘lib, shundan 8 nafar (4 nafar o‘g‘il va 4 nafar qiz bolalar) sportchi, 1 nafar murabbiy va 1 nafar hakam (vakil)dan iborat bo‘ladi.


1-2-sinf o‘quvchilari uchun 3x10 mokisimon va 150-200 metrga yurish bilan almashtirib yugurish, tennis koptogini uzoqqa uloqtirish, turgan joyda uzunlikka sakrash bo‘yicha;
3-4-sinf o‘quvchilari uchun 30, 60 metrga masofalarga va 150-200 metrga yurish bilan almashtirib yugurish, tennis koptogini uzoqqa uloqtirish, yugurib kelib 30-60 sm to‘siqdan sakrash bo‘yicha o‘tkaziladi.

3. Mini-futbol


Jamoa tarkibida jami 10 kishi bo‘lib, shundan 8 nafar o‘g‘il bola sportchilar, 1 nafar murabbiy va 1 nafar hakam (vakil)dan iborat bo‘ladi.


Musobaqalar FIFA tomonidan tasdiqlangan “Mini futbol o‘yini qoidalari”ga asosan o‘tkaziladi.
8. Musobaqalar yuqori sinf o‘quvchilari uchun sportning futbol, basketbol, voleybol, gandbol, badminton va stol tennisi turlaridan o‘g‘il va qiz bolalar o‘rtasida besh bosqichda quyidagi tartibda har bir sinf kesimida alohida o‘tkaziladi:
birinchi - maktab bosqichi;
ikkinchi - maktablararo (zona) bosqich;
uchinchi - tuman (shahar) bosqichi;
to‘rtinchi - viloyat bosqichi;
beshinchi - Respublika (final) bosqichi.

1. Futbol


Jamoa tarkibida jami 17 kishi bo‘lib, shundan 15 nafar o‘g‘il bola sportchilar, 1 nafar murabbiy va 1 nafar hakam (vakil)dan iborat bo‘ladi.


Musobaqa o‘yin vaqti 5-7-sinf o‘quvchilari uchun 2 taym x 30 daqiqadan,
8-10-sinf o‘quvchilari uchun 2 taym x 35 daqiqadan iborat bo‘lib, taymlar orasidagi dam olish vaqti 10 daqiqani tashkil etadi. O‘yin mobaynida 4 nafar o‘yinchini almashtirishga ruxsat beriladi.
Musobaqalar FIFA tomonidan tasdiqlangan “Futbol o‘yini qoidalari”ga asosan o‘tkaziladi.

2. Basketbol


Jamoa tarkibida jami 20 kishi bo‘lib, shundan 18 nafar (9 nafar o‘g‘il


va 9 nafar qiz bolalar) sportchi, 1 nafar murabbiy va 1 nafar hakam (vakil)dan iborat bo‘ladi. Musobaqalar Xalqaro basketbol federatsiyasi (FIBA) tomonidan tasdiqlangan qoidalarga asosan faqat 9-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladi.

3. Voleybol


Jamoa tarkibida jami 20 kishi bo‘lib, shundan 18 nafar (9 nafar o‘g‘il


va 9 nafar qiz bolalar) sportchi, 1 nafar murabbiy va 1 nafar hakam (vakil)dan iborat bo‘ladi. Musobaqalar Xalqaro voleybol federatsiyasi (FIVB) tomonidan tasdiqlangan qoidalarga asosan o‘tkaziladi.

4. Gandbol


Jamoa tarkibida jami 20 kishi bo‘lib, shundan 18 nafar (9 nafar o‘g‘il


va 9 nafar qiz bolalar) sportchi, 1 nafar murabbiy va 1 nafar hakam (vakil)dan iborat bo‘ladi. Musobaqalar Xalqaro gandbol federatsiyasi tomonidan tasdiqlangan qoidalarga asosan o‘tkaziladi.

5. Badminton


Jamoa tarkibida jami 6 kishi bo‘lib, shundan 4 nafar (2 nafar o‘g‘il va


2 nafar qiz bolalar) sportchi, 1 nafar murabbiy va 1 nafar hakam (vakil)dan iborat bo‘ladi. Musobaqalar Xalqaro badminton federatsiyasi (BVF) tomonidan tasdiqlangan qoidalarga asosan o‘tkaziladi.
Musobaqaning yakkalik bahslari olimpiya tizimida o‘tkaziladi. Uchrashuvlar uch partiyadan iborat bo‘lib, 11 ochkogacha o‘ynaladi. Ikki partiyada g‘olib bo‘lgan sportchi g‘olib deb hisoblanadi.

6. Stol tennisi


Jamoa tarkibida jami 4 kishi bo‘lib, shundan 2 nafar (1 nafar o‘g‘il va 1 nafar qiz bolalar) sportchi, 1 nafar murabbiy va 1 nafar hakam (vakil)dan iborat bo‘ladi. Musobaqalar Xalqaro stol tennisi federatsiyasi tomonidan tasdiqlangan qoidalarga asosan barcha o‘rinlar aniqlangan holda o‘tkaziladi.


Musobaqaning yakkalik bahslari olimpiya tizimida o‘tkaziladi. Uchrashuvlar uch partiyadan iborat bo‘lib, har bir partiya 11 ochkogacha o‘ynaladi. Ikki partiyada g‘olib bo‘lgan sportchi g‘olib deb hisoblanadi.
9. Belgilangan sinf o‘quvchilari tarkibidan maktablararo o‘tkaziladigan musobaqalarda ishtirok etish uchun maktab jamoasi shakllantiriladi.
10. Maktablararo musobaqalar tuman (shahar)dagi bir-biriga yaqin masofada joylashgan umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘rtasida o‘tkaziladi. Tuman (shahar)lardagi mavjud umumiy o‘rta ta’lim maktablari soni asosida hududiy tashkiliy qo‘mita tomonidan guruhlar belgilanadi va tuman (shahar) bosqichida ishtirok etadigan jamoalar aniqlanadi.
11. Musobaqaning har bir sport turi bo‘yicha hududlardan faqat 10-sinf o‘quvchilaridan iborat jamoalar ishtirok etadi, Respublika (final) bosqichi o‘tkaziladigan hudud Respublika tashkiliy qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.



Download 58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling