Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining ichki tartib va odob-axloq qoidalari 1-bob. Umumiy qoidalar


-bob. Odob-axloq qoidalariga rioya qilishi


Download 266.57 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/11
Sana08.02.2023
Hajmi266.57 Kb.
#1176949
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
odob-axloq-qoidalari

 
3-bob. Odob-axloq qoidalariga rioya qilishi
27. O‘quvchilarning odob-axloq qoidalariga rioya etish talablari: 
a) ta’lim muassasasi binosi va uning hududida
- ta’lim muassasasiga mashg‘ulotlar boshlanishidan 10-15 daqiqa oldin
ta’lim muassasasi Ustavida belgilangan o‘quvchilar formasida kelish; 
Bunda, davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida maktab formasi 
2022/2023 o‘quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich, 2025-yildan boshlab esa 
to‘liq joriy etilishini inobatga olish. 
- toza va orasta kiyinish, sochlarni ozoda va tartibga keltirilgan holda tutish; 
- o‘zidan kichiklarga nisbatan izzatda bo‘lish, kattalarga esa hurmat 
ko‘rsatish; 
- o‘qituvchilar va ta’lim muassasasiga kelgan mehmonlar bilan 
uchrashganda salom berish; 
- ta’lim muassasasi mulki (parta, stol, stul, doska, o‘simliklar, hayvonot 
dunyosi va hokazolar) va o‘quv jihozlari (kompyuter texnikasi, laboratoriya 
jihozlari, sinfxonalardagi stend va bannerlar)ga ehtiyotkorona munosabatda 
bo‘lish; 
- ta’lim muassasasi mulkiga zarar yetkazilgan hollarda ota-onalar (ularning 
o‘rnini bosuvchi shaxslar) tomonidan qoplanishi; 
- ta’lim muassasasi yo‘laklarida tinchlikni saqlash, ichki tartib va odob-axloq 
qoidalariga qat’iy rioya qilish;



- ta’lim muassasasiga o‘quv-qurollari, dars jadvalida belgilangan darsliklar
va daftarlar bilan kelish (o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan zarur o‘quv 
qurollarining bo‘lishi)
- ta’lim muassasasi hududida telefonini o‘chirib, (smartfon, planshet
va boshqa gadjet qurilmalar) portfel yoki sumkasi va shu kabilarga solib qo‘yish; 
chiqindilarni muassasa binosi va hududidagi maxsus belgilangan idishlarga 
tashlash, 
b) dars mashg‘ulotlarida
- tegishli darslik va zarur o‘quv qurollari bilan ishtirok etish; 
- vaqtini va diqqatini o‘quv jarayoniga tegishli bo‘lgan maqsadlarga sarflash 
va qaratish; 
- o‘qituvchiga murojaat qilmoqchi yoki savoliga javob bermoqchi bo‘lganda 
qo‘lini ko‘tarib ruxsat so‘rash; 
sanitariya-gigiena va texnika xavfsizlik qoidalariga amal qilish. 
d) tanaffusda: 
- o‘z o‘qish joyini toza saqlash va tartibga keltirish; 
- navbatdagi dars bo‘ladigan sinf xonasiga o‘z vaqtida o‘tish;
- fan o‘qituvchisining ko‘rsatmasi bo‘yicha sinfni kelgusi darsga tayyorlash; 
- katta tanaffus vaqtida navbatchi o‘quvchilar tomonidan sinf xonasining 
tozaligini ta’minlash; 

Download 266.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling