Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining ichki tartib va odob-axloq qoidalari
-bob. Odob-axloq qoidalariga rioya qilishi
Download 0.49 Mb. Pdf ko'rish
|
odob
3-bob. Odob-axloq qoidalariga rioya qilishi 27. O‘quvchilarning odob-axloq qoidalariga rioya etish talablari: a) ta’lim muassasasi binosi va uning hududida: - ta’lim muassasasiga mashg‘ulotlar boshlanishidan 10-15 daqiqa oldin, ta’lim muassasasi Ustavida belgilangan o‘quvchilar formasida kelish; Bunda, davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida maktab formasi 2022/2023 o‘quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich, 2025-yildan boshlab esa to‘liq joriy etilishini inobatga olish. - toza va orasta kiyinish, sochlarni ozoda va tartibga keltirilgan holda tutish; - o‘zidan kichiklarga nisbatan izzatda bo‘lish, kattalarga esa hurmat ko‘rsatish; - o‘qituvchilar va ta’lim muassasasiga kelgan mehmonlar bilan uchrashganda salom berish; - ta’lim muassasasi mulki (parta, stol, stul, doska, o‘simliklar, hayvonot dunyosi va hokazolar) va o‘quv jihozlari (kompyuter texnikasi, laboratoriya jihozlari, sinfxonalardagi stend va bannerlar)ga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish; - ta’lim muassasasi mulkiga zarar yetkazilgan hollarda ota-onalar (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) tomonidan qoplanishi; - ta’lim muassasasi yo‘laklarida tinchlikni saqlash, ichki tartib va odob-axloq qoidalariga qat’iy rioya qilish; 9 - ta’lim muassasasiga o‘quv-qurollari, dars jadvalida belgilangan darsliklar va daftarlar bilan kelish (o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan zarur o‘quv qurollarining bo‘lishi); - ta’lim muassasasi hududida telefonini o‘chirib, (smartfon, planshet va boshqa gadjet qurilmalar) portfel yoki sumkasi va shu kabilarga solib qo‘yish; chiqindilarni muassasa binosi va hududidagi maxsus belgilangan idishlarga tashlash, b) dars mashg‘ulotlarida: - tegishli darslik va zarur o‘quv qurollari bilan ishtirok etish; - vaqtini va diqqatini o‘quv jarayoniga tegishli bo‘lgan maqsadlarga sarflash va qaratish; - o‘qituvchiga murojaat qilmoqchi yoki savoliga javob bermoqchi bo‘lganda qo‘lini ko‘tarib ruxsat so‘rash; sanitariya-gigiena va texnika xavfsizlik qoidalariga amal qilish. d) tanaffusda: - o‘z o‘qish joyini toza saqlash va tartibga keltirish; - navbatdagi dars bo‘ladigan sinf xonasiga o‘z vaqtida o‘tish; - fan o‘qituvchisining ko‘rsatmasi bo‘yicha sinfni kelgusi darsga tayyorlash; - katta tanaffus vaqtida navbatchi o‘quvchilar tomonidan sinf xonasining tozaligini ta’minlash; Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling