Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
-bob. Umumiy o‘rta ta’limni boshqarish
Download 32.99 Kb.
|
140-qaror
8-bob. Umumiy o‘rta ta’limni boshqarish
60. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi umumiy o‘rta ta’limni boshqarish bo‘yicha maxsus vakolat berilgan organ hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tizimini Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari, xalq ta’limi boshqaruv organlari hamda boshqa tashkilotlar tashkil etadi. Oldingi tahrirga qarang. Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq ta’limi vaziri, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmasi boshliqlari va Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi boshlig‘i, tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limi mudirlari bir vaqtning o‘zida tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimlarining ta’lim va tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilari hisoblanadi. (60-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son) 61. Vazirlik va idoralar tizimidagi umumta’lim muassasalari bevosita tegishli vazirlik va idoraga bo‘ysunadi. 62. Vazirlik va idoralar tizimidagi umumta’lim muassasalari ularni joylashtirish uchun tegishli bino, moddiy-texnik baza (mebel, o‘quv-laboratoriya jihozlari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, sport anjomlari va boshqalar) hamda malakali rahbar xodimlar va pedagoglar mavjud bo‘lganda, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq tashkil etiladi. Mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimidagi umumta’lim muassasalari mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ehtiyojlariga muvofiqligi ta’minlangan holda, ularni joylashtirish uchun tegishli bino, moddiy-texnik baza (mebel, o‘quv-laboratoriya jihozlari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, sport anjomlari va boshqalar) hamda malakali rahbar xodimlar va pedagoglar mavjud bo‘lganda, tegishlicha viloyat yoki tuman (shahar) hokimliklarining qaroriga muvofiq tashkil etiladi. Oldingi tahrirga qarang. Nodavlat ta’lim tashkilotlari muassis (ta’sischi) tomonidan tashkil etiladi va qonunchilikka muvofiq beriladigan litsenziya asosida faoliyat yuritadi. (62-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) Oldingi tahrirga qarang. 63. Umumta’lim muassasasiga bevosita rahbarlik tegishli xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari bilan kelishilgan holda hududiy xalq ta’limi boshqarmalari tomonidan tayinlangan direktor tomonidan amalga oshiriladi. (63-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son) Umumta’lim muassasasi direktori muassasaning tashkiliy-huquqiy, o‘quv-tarbiyaviy, ma’naviy-ma’rifiy va moliyaviy-xo‘jalik faoliyatining tashkil etilishiga bevosita mas’ul hisoblanadi. Oldingi tahrirga qarang. Umumta’lim muassasasi direktori yil yakuni bo‘yicha xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari va jamoatchilik vakillariga 3 yillik dasturning ijrosi yuzasidan hisobot beradi va hisobot natijasiga ko‘ra uning faoliyatiga xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan baho berib boriladi. (63-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son) Oldingi tahrirga qarang. 64. Nodavlat ta’lim tashkilotlaridagi hamda idoraviy bo‘ysunuvidan qat’i nazar, barcha davlat umumta’lim muassasalaridagi o‘quv-tarbiya jarayoniga uslubiy rahbarlik O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari va xalq ta’limi boshqaruv organlari tomonidan amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tizimidagi ta’lim muassasalari bundan mustasno. (64-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son) Oldingi tahrirga qarang. 65. Umumta’lim muassasalarida pedagogik kengashlar tuziladi. Umumta’lim muassasalarida o‘quv-tarbiya jarayonini takomillashtirish, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashish, ta’lim jarayoni ishtirokchilarining o‘zaro hamkorligini kuchaytirish maqsadida kuzatuv kengashlari tuzilishi mumkin. Pedagogik va kuzatuv kengashlarining faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tartibga solinadi. (65-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son) 66. Pedagogik kengash umumta’lim muassasasida o‘quv-tarbiya jarayonining tashkil etilishida oliy boshqaruv organi hisoblanadi. Oldingi tahrirga qarang. 67. Umumta’lim muassasasida qonunchilikka muvofiq o‘quvchilarning jamoat birlashmalari faoliyat ko‘rsatadi. (67-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) 68. Umumta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish va akkreditatsiya qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 69. Umumta’lim muassasasining rahbar va pedagog xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish va ularga malaka toifalari berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Download 32.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling