Umumiy o‘rta ta’limni tashkil etish va pedagog xodimlar faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar mazmuni va ularga rioya qilishni tashkil etish


Download 222.1 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana05.05.2023
Hajmi222.1 Kb.
#1432494
  1   2
Bog'liq
ENEo3GGopmKV8ahTBf5SoCDdGn7jnEbES193VjZq



Umumiy o‘rta ta’limni tashkil etish va pedagog xodimlar faoliyatini tartibga 
soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar mazmuni va ularga rioya qilishni tashkil 
etish 
Ma’lumki, umumiy o‘rta ta’limni tashkil etish shuningdek, pedagog xodimlar 
faoliyatini tartibga soluvchi ko‘plab normativ-huquqiy hujjatlar imzolangan. 
Pedagog xodimlar o‘z ish faoliyatlari mobaynida ana shu hujjatlarlar bilan bevosita 
ishlaydilar va ko‘p bora unga duch keladi. Agar pedagogning huquqiy savodxonlik 
darajasi past bo‘lsa, u ish faoliyati davomida ko‘plab chalkashlik va qiyinchiliklarga 
duch keladi. Ushbu ma’ruzada umumiy o‘rta ta’limni tashkil etish hamda pedagog 
xodimlar ko‘p bora to‘qnash keladigan normativ hujjatlar hususida tushunchalar 
berishga harakat qilingan. Pedagog xodimlar umumiy o‘rta ta’limni tashkil etishga 
doir hujjatlar bilan bevosita tanishib chiqishlari maqsadga muvofiq. 
Umumiy o‘rta ta’limni tashkil etish asosan O‘zbekiston Respublikasining 
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni (23.09.2020 O‘RQ-637-son) va “Umumiy o‘rta 
ta’lim to‘g‘risida” nizom (15.03.2017-yil VM-140-sonli qaror) bilan tartibga 
solinadi. Pedagog xodimlar faoliyati hukumat tomonidan qabul qilingan va asosan 
ichki lokal hujjatlar bilan tartibga solinadi. 
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni 2020-yil 23-sentabrda yangi tahrirda qabul 
qilindi. Mazkur hujjat bilan 1997-yildan buyon amal qilib kelayotgan eskirgan 
“Ta’lim toʻgʻrisida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi qonunlarni 
kuchuni yo‘qotdi. “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun 11 bob va 75 moddadan iborat. 
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun bilan:
Birinchidan, ta’lim olish shakllarining tasnifi kengaytirildi: 
ishlab chiqarishdan ajralgan (kunduzgi) va ajralmagan holda (sirtqi, kechki, 
masofaviy); 
nazariy - ta’lim tashkiloti negizida, amaliy - ta’lim oluvchining ish joyida birga 
olib boriladigan dual ta’lim; 
oilada ta’lim olish va mustaqil ta’lim olish; 
katta yoshdagilarni oʻqitish va ularga ta’lim berish; 
jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari boʻlgan bolalar (shaхslar) 
uchun inklyuziv ta’lim; 
eksternat tartibidagi ta’lim - oʻquv dasturlarini mustaqil ravishda oʻzlashtirishni 
oʻz ichiga olib, uning yakunlari boʻyicha ta’lim oluvchilardan davlat ta’lim 
muassasalarida yakuniy va davlat attestatsiyalaridan oʻtish; 
mudofaa, хavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida kadrlar 
tayyorlash. 

Download 222.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling