Umumiy o‘rta ta’limni tashkil etish va pedagog xodimlar faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar mazmuni va ularga rioya qilishni tashkil etish


Download 29.46 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana18.06.2023
Hajmi29.46 Kb.
#1557395
1   2
Bog'liq
sZmFLKiOljtpZVkEN4UzU18fuxvGOkSGfJKV77pK

Ikkinchidan, Vazirlar Mahkamasi, soha vazirliklari va mahalliy davlat 
hokimiyati organlarining vakolatlari tafsilotlari bilan aniqlashtirildi. 
Uchinchidan, ta‟lim jarayonining barcha ishtirokchilarining huquqiy 
maqomiga koʻproq etibor qaratilgan: 


ta‟lim tashkilotlari – ularni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish, 
ustavga talablar; 
pedagogik хodimlar, ta‟lim oluvchilar, ularning ota-onalari va boshqa 
qonuniy vakillari – huquqlar, majburiyatlar va kafolatlar boʻyicha. Ta‟lim-tarbiya 
jarayoni ishtirokchilarini ijtimoiy himoya qilish chora-tadbirlari belgilangan. 
Toʻrtinchidan, davlat ta‟lim standartlari va talablari, oʻquv jarayoniga oʻquv 
rejalari va dasturlarini, ta‟lim sohasiga eksperimental va innovatsion faoliyat 
ta‟limni joriy etish bilan bogʻliq masalalar tartibga solingan. Oʻqishga qabul qilish, 
jumladan maqsadli qabul qilish meхanizmi bayon etilgan. 
Beshinchidan, davlat tomonidan tartibga solish va nazorat qilish dastaklari 
reglamentlangan. 
Vazirlar Mahkamasining 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o„rta 
ta‟lim to„g„risida” nizom (15.03.2017 VM-140-son) 10 ta bobdan iborat bo„lib, 
umumiy o„rta ta‟limni tashkil etish va uning faoliyatini amalga oshirish tartibini 
belgilaydi. Mazkur hujjatda umumiy o„rta ta‟limning maqsadi, vazifalari, muddati 
(11 yillik ekani) hamda umumta‟lim muassasalarining turlari haqida so„z boradi. 
Shuningdek, ushbu hujjat maktablarda o„quv-tarbiya jarayonini tashkil etish ya‟ni, 
umumta‟lim muassasalarida o„quv yilining boshlanishi, tugash muddati, o„quv 
yilining davomiyligi, dars mashg„ulotlari va dars mashg„ulotlari oralig„idagi 
tanaffusning davomiyligi hamda ta‟tillar muddatlarini belgilaydi. “Umumiy o„rta 
ta‟lim to„g„risida” nizom umumta‟lim muassasasiga o„qishga qabul qilish, 
o„quvchilar sog„lig„ini muhofaza qilish, umumiy o„rta ta‟limni boshqarish va 
moliyalashtirishni ham tartibga soladi. 
Pedagog xodimlar ish faoliyatini asosan Xalq ta‟limi vazirining 2019-yil 7-
dekabrdagi 393-sonli buyrug„i bilan tasdiqlangan “Xalq ta‟limi xodimlari asosiy 
lavozimlarining malaka tavsiflari” va Xalq ta‟limi vazirining 2021-yil 1-iyuldagi 
206-sonli buyrug„i bilan tasdiqlangan “Xalq ta‟limi vazirligi tizimidagi umumiy 
o„rta ta‟lini maktablari xodimlarining lavozim majburiyatlari”, Xalq ta‟limi 
vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2018-yil 27-
iyuldagi 9-mh va 19-q/q-son qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o„rta ta‟lim 
muassasalarining pedagogik mutaxassisliklari bo„yicha namunaviy yillik ish 
rejasini shakllantirish tartibi to„g„risidagi yo„riqnoma” hamda Vazirlar 
Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi “Maktabgacha, umumiy o„rta, o„rta 
maxsus, professional va maktabdan tashqari ta‟lim tashkilotlari pedagog kadrlarini 
attestatsiyadan o„tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to„g„risidagi” 
572-sonli qarori tartibga soladi. 
Maktab taʼlimi tizimida faoliyat yuritayotgan barcha xodimlar oʻz lavozim 
majburiyatlarni va lavozimlariga qoʻyiladigan malaka talablarini bilib olishi lozim. 
Lavozim majburiyati bu – xodimning lavozimiga koʻra nima ish qilishi 
lozimligini, lavozimi boʻyicha qanday masalalarga javobgar boʻlishini, uning 
asosiy funksional vazifalari nimalardan iborat ekanligini belgilab beradigan 
hujjatdir. Lavozim majburiyati maktabda pedagog xodimlarga ish taqsimotini 


belgilab berishda qoʻllaniladi. Umumiy oʻrta taʼlim maktablari xodimlarining 
namunaviy lavozim majburiyatlari Xalq taʼlimi vazirligining 2021-yil 1-iyuldagi 
206-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan. Ushbu hujjatda maktab direktori va uning 
oʻrinbosarlari, oʻqituvchi, psixolog, ijodiy-madaniy maslalar boʻyicha targʻibotchi, 
tarbiyachi, kutubxona xodimlari, kadrlar boʻyicha menejer, laborant va boshqa bir 
qancha xodimlarning lavozim majburiyatlari belgilab berilgan. 
Malaka talablari bu – maktab taʼlimi xodimlari asosiy lavozimlarining 
malaka tavsiflarini belgilab beradigan hujjat. Yaʼni bu hujjatda xodimlar toifasi, 
ularning lavozim vazifalari, lavozimga koʻra nimalarni bilishi lozim ekanligi va 
eng asosiysi har bir xodimning lavozimiga koʻra qanday malaka talablariga ega 
boʻlishi lozimligi belgilab berilgan. Maktab taʼlimi xodimlari asosiy 
lavozimlarining malaka tavsiflari esa Xalq taʼlimi vazirligining 2019-yil 7-
dekabrdagi 393-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan. Ushbu hujjat xalq taʼlimi 
xodimlari lavozimlari va ishchilar kasblari nomlaridan foydalanishda, mehnat 
daftarchalariga yozuvlarni qayd etishda, lavozimlarni xodimlarning toifalariga 
kiritishda, shuningdek, xodimlarni ishga qabul qilishda ularning maʼlumoti 
darajasiga qoʻyiladigan eng kam talablar yuzasidan qoʻllaniladi. Har bir pedagog 
xodim ular bilan mehnat shartnomasi tuzilishidan avval albatta lavozim 
majburiyatlari va malaka talablari bilan tanishib chiqishi shart. 
“Umumiy o„rta ta‟lim muassasalarining pedagogik mutaxassisliklari bo„yicha 
namunaviy yillik ish rejasini shakllantirish tartibi to„g„risidagi yo„riqnoma” 2018-
yil 20-avgustda Adliya vazirligi tomonidan ro„yxatdan o„tkazilgan. Mazkur hujjat 
jami 4 ta bobdan iborat bo„lib, umumiy o„rta ta‟lim muassasasi pedagog 
xodimining namunaviy yillik ish rejasi va yillik ish yuklamasini belgilaydi. 
Mazkur hujjatda pedagog xodimlarining ish yuklamalarini hisoblab chiqarish, 
namunaviy yillik ish rejasini shakllantirish va pedagog xodimlar tomonidan 
yuritiladigan hujjatlar soni belgilangan.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi “Maktabgacha, umumiy 
o„rta, o„rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta‟lim tashkilotlari 
pedagog kadrlarini attestatsiyadan o„tkazish tartibini takomillashtirish chora-
tadbirlari to„g„risidagi” 572-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, 
umumiy o„rta, o„rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta‟lim tashkilotlari 
pedagog kadrlarini attestatsiyadan o„tkazish tartibi to„g„risida” nizom 5 ta bobdan 
iborat bo„lib, pedagog kadrlarni attestatsiyadan o„tkazish ularning pedagogik 
mahorati va psixologik tayyorgarligini baholashni nazarda tutadi. Mazkur nizomda 
attestatsiyadan o„tish uchun hujjat topshirish, pedagog kadrlarni attestatsiyadan 
o„tkazish tartibi, bosqichlari, malaka sinovlari turi, pedagoglar malaka toifasi 
turlari, attestatsiyadan o„ta olmagan xodimlar bilan mehnat shartnomasini tugatish 
tartibi haqida to„liq tushunchalar berilgan. 

Download 29.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling