Umumiy ovqatlanish korxonalarida


Download 175.97 Kb.
bet22/27
Sana11.10.2023
Hajmi175.97 Kb.
#1697819
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
Umumiy ovqatlanish korxonalarida sanitariya va gigiyena-fayllar.org

Savol va topshiriqlar:

  1. Tayyor taomlarni tarqatishda qanday sanltariya talablari


    mavjudligini aytib bering
  2. Sovuq gazaklar, birinchi, ikkinchi va shirin taomlarni saqlash muddatlarini aytib bering.


3.Qaysi taomlarni kelgusi kunga qoldirish taqiqlanadi?



OZIQ-OVQAT NAZORATI VA SANITARIYA QONUNCHILIGI
Reja:


  1. Oziq-ovqat sanitariyasi


  2. SES ovqatlanish gigiyenasi bo’limining vazifalari


  3. Sanitariya qonunchiligi


  4. Yuqori tashkilotlarning sanitariya hizmati


Tayanch iboralar:
SES, feldsher, rekonstruksiya, ratsional ovqatlanish, organaleptik hossalar, sanitariya ekspertizasi, bakterial zaharlanish, taksikoinfeksiyalar, ventilyatsiya, GOST, TSN, VTSH

Ovqatlanish gigiyenasida erishilgan ilmiy yutuqlarni amaliyotga, oziq-ovqat, umumiy ovqatlanish korxonalarining kundalik ishiga, savdoga va mamlakatimiz aholisining turmushiga joriy qilish davlat ahamiyatiga ega. Ovqatlanish gigiyenasidagi amalda qo'llanishi va oziq-ovqat mahsulotlari sifatini, ularni tayyorlash sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan sog'lomlashtirish tadbirlariga oziq-ovqat sanitariyasi deyiladi. Bu ishni SES ning ovqatlanish gigiyenasi bo'yicha maxsus bo'limlari amalga oshiradi. Bunday stansiyalar hamma shaharlarda va tuman markazlarida mavjud, yirik posyolkalarda esa SES bo'linmalari bor.


Shahar (tuman) dagi aholi soniga ko'ra SES ovqatlanish gigiyenasi bo'limida bir necha vrach va sanitariya feldsherlari (1-kategoriyali SES) yoki bitta sanitariya vrachi va bir necha sanitariya feldsherlari (2-kategoriyali SES) yoki SES bosh vrachining bevosita rahbarligi ostidagi 1—2 ta feldsher (III kategoriyali SES) ishlaydi. Ш-kategoriyali SES sanitariya feldsheri zimmasiga mas'uliyatli vazifa yuklanadi: oziq-ovqat mahsulotining sifati, oziq-ovqat korxonalari ishining sanitariya tartibiga baho berish.
SES ovqatlanish gigiyenasi bo'limining vazifalari quyidagilardir:
  1. Aholining turli guruhlari jumladan, sanoat va qishloq-


    xo'jaligida band bo'lgan ishchi-dehqonlar, maktabgacha va maktab
    muassasalaridagi bolalar va o'smirlar, yoshi ulug' kishilar,
    sportchilar, davolash muassasalaridagi bemorlar va boshqalarning
    ratsional ovqatlanishini uyushtirishda ishtirok etish.
  2. Aholiga beriladigan oziq-ovqat mahsulotlarini sanitariya


    jihatidan nazorat qilish va ovqatdan zaharlanishni oldini olish.
  3. Mavjud oziq-ovqat korxonalari ustidan joriy sanitariya


    nazorati olib borish.
  4. Loyiha qilinayotgan, yangi qurilayotgan va rekonstruksiya


    qilinayotgan oziq-ovqat sanoatiga qarashli umumiy ovqatlanish
    va savdo korxonalari ustidan ehtiyot sanitariya nazorati o'rnatish.
  5. Aholi o'rtasida ratsional ovqatlanish haqida tashviqot olib


    borish maqsadida sanitariya-oqartuv ishlarini o'tkazish.

SES ning ovqatlanish gigiyenasi bo'limi yoki ovqatlanish gigiyenasi bo'yicha vrachining ishi kompleks reja asosida olib boriladi, unga ovqatlanish gigiyenasining yuqorida ko'rsatilgan hamma bo'limlari bo'yicha tadbirlar, ularni bajaruvchilar, bajarish muddatlari kiritiladi. Ratsional ovqatlanishni uyushtirish bo'limi bo'yicha muayyan kontingentlar (ishchilar, kolxozchilar, bolalar va o'smirlar, davolash muassasalaridagi bemorlar) ning ovqatlanishi ustidan ilmiy asosda nazorat olib borish ko'zda tutiladi.


Oziq-ovqat mahsulotlari sifatini sanitariya jihatidan nazorat qilish sanitariya ekspertizasi mahsulotlarga sanitariya-gigiyenik baho berishdan iborat bo'lib, ularning oziq-ovqat qiymatini yoki aholi sog'ligi uchun bezararligini aniqlashga qaratilgan. Sanitariya ekspertizasi mahsulotning organaleptik xossalarini, undagi zararli aralashmalar (jumladan pestisidlar)ni, kimyoviy tarkibidagi o'zgarishlarni, toyimliligi, ozuqaviy qiymati, bakterial zararlanish darajasi va mikroflorasi harakterini aniqlash, mahsulotga taalluqli epidemiologik ma'lumotlarni va iste'mol qilinganda epidemik kasalliklarni qo'zg'atuvchilarini yoki toksikoinfeksiyalarni paydo bo'lishi mumkinligini aniqlash maqsadida o'tkaziladi.
Sanitariya ekspertizasida shuningdek mahsulotni saqlash sharoiti va realizatsiya qilish muddati, aniqlangan xossalariga ko'ra uni qayta ishlash yoki yo'qotish hal qilinadi.
Korxona ishining sanitariya tartibi, shuningdek ishlab chiqarilgan mahsulotning sifatiga taalluqli sanitariya qoidalarining bajarilishini nazorat qilish sanitariya ekspertizasining vazifasi hisoblanadi. Joriy sanitariya nazoratini sanitariya vrachi yoki uning yordamchisi — sanitariya feldsheri ob'ektni shaxsan tekshirish yo'li bilan olib boradi. Bu oziq-ovqat korxonalarini sanitariya holatini yaxshilashga, xodimlarni sanitariya bilimini va sanitariya madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan bo'ladi. Bundan tashqari, joriy sanitariya nazorati natijasida rekonstruksiya, remont ishlari, texnologik jarayonni takomillashtirish, korxonani zamonaviy uskunalar bilan ta'minlash (jarayonlarni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish), ventilyatsiya, kanalizatsiya, yoritish kabilarni yaxshilash bo'yicha tadbirlarning rejasi va ish hajmi belgilanadi. Joriy sanitariya nazorati SES rejasi bo'yicha bir hafta, bir oyga tuziladigan grafiklar bo'yicha o'tkaziladi.
Rejali nazoratdan tashqari, bazan oziq-ovqat korxonalarini shoshilinch sabablar bo'yicha tekshirish (ovqatdan zaharlanishlar, epidemik ko'rsatmalar, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlashda roy beradigan avariya holatlari va b.) zarurati vujudga keladi.
Ehtiyot sanitariya nazorati oziq-ovqat korxonalari ob'ektlarini loyihalashda va qurishda sanitariya me'yorlari va qoidalarining bajarilishini nazorat qilish maqsadida o'tkaziladi. Bu korxonaning foydalanishga tushurguncha sanitariya qoidalarini buzilishini oldini olish imkoniyatini beradi.
Ehtiyot sanitariya nazorati uch bosqichda olib boriladi: 1) oziq-ovqat korxonalari loyihalarini tuzishda sanitariya me'yorlari va qoidalariga rioya qilish ustidan nazorat olib borish; 2) oziq-ovqat ob'yekti qurilayotganda sanitariya talablari, me'yorlari va qoidalarining bajarilishi ustidan nazorat qilishdan; 3) yangi qurilgan yoki rekonstruksiya qilingan ob'ektni ishga tushirishda sanitariya talablari, me'yorlari va qoidalarining bajarilishi ustidan nazorat qilish.
Oziq-ovqat sanoati korxonalarining loyihalari maxsus loyiha institutlari tornonidan ishlab chiqiladi. Ular muassasa rahbari imzosi bilan tasdiqlanadi. Loyihada sanitariya me'yorlari va qoidalaridan chetlashishlar bo'lsa ular albatta sanitariya xizmati bilan kelishib olinishi kerak.
Sog'liqni saqlash vazirligining yuqorida ko'rsatib o'tilgan yo'riqnomasiga binoan sanitariya xizmati loyihaning bosh injener imzosi bilan tasdiqlangan loyihada sanitariya me'yorlari qoidalariga haqiqatdan h^m rioya qilinayotganligini aniqlash uchun tanlab tekshiruv o'tkazish huquqiga ega.
Qurilish ustidan samarali nazorat olib borish uchun SES da qurilayotgan obyektlarning kartochkasi bo'ladi, ya'ni har bir obyektga belgikngan nusxa bo'yicha karta tuziladi va unda tekshirish natijalari yozib boriladi. Qurilish ustidan nazorat bir necha bosqichda olib boriladi. Birinchi bosqich — poydevorni va padval devorlarini ishlashda sanitariya me'yorlariga rioya qilinishini kuzatib borish (yeito'la xonalariga, yer osti suvlari kirishining oldini olish uchun gidroizolyatsiya ishlari) lozim. Qurilishni tekshirishda awalo loyiha hujjatlari bilan tanishish, qurilishning kalendar rejasini, ayrim inshootlarning qanday tartibda qurilishini va quri­lishning qaysi muddatda tugallanishini aniqlash zarur.
So'ngra qurilish ishlarining loyihaga muvofiq bajarilayotganligi shuningdek, ularning sifati tekshiriladi. Yerto'la devorlarini, poydevorlarni gidroizolyatsiya qilish, vodoprovod va kanalizatsiya trubalarini o'tkazish, teplofikatsiya va boshqa ishlarni bajarishda ishchi komissiyasi tomonidan yer ostidagi yopiq ishlarga akt tuziladi. Komissiya sostaviga sanitariya nazoratining vakili, aksariyat sanitariya vrachining yordamchisi — sanitariya feldsheri kiradi.
Tekshirishning ikkinchi bosqichi binoning birinchi qavati ishlanayotgan davrda o'tkaziladi. Bu davrda ish loyihada qabul qilingan reja asosida borayotganligi va xonalarning o'lchamlariga rioya qilinishi tekshiriladi. Xonalar maydonini, karidorlarni, eshik, derazalar eni, xonalarning balandligini qisqartirish mumkin emas. Bu bosqichda shuningdek, ventilyatsiya kanallarini loyihaga muvofiq tekshirilishi lozim.
Qurilishning navbatdagi tekshirishini sanitariya asboblarini montaj qilish va xonalar ichini pardozlash vaqtida o'tkazish zarur.
Qurilish vaqtida ob'yektni har gal tekshirishdan keyin qurilish bosqichlari, navbati, rejada ko'rsatilgan tugallanish muddati aniqlangan akt tuziladi.
Yangi qurilgan ob'yekt maxsus davlat xay'ati tomonidan foydalanishga qabul qilinadi, uning tarkibida albatta snitariya nazorati vakili bo'lishi shart. U qurilgan korxonaning loyihaga muvofiqligini (xonalarning joylashishi, ichki pardoz ishlari sifati, texnalogik uskunalarning zamonaviyligi, uni texnalogik jarayonga muvofiq joylashganligi, korxonaning sanitariya-texnalogik jihozlanishi: issiq va sovuq suv bilan ta'minlanishi, kanalizatsiya, isitish, ventilyatsiya, sovutish asboblarining ishlashi) tekshirishi shart. Yer ostidagi yopiq ishlaiga tuzilgan aktlar ham tekshiriladi.
Yangi qurilgan ob'yekt sanitariya talablariga muvofiq kelsa sanitariya xizmatining foydalanishga qabul qilish to'g'risidagi vaqtli davlat qabul komissiyasi tomonidan tuzilgan aktiga imzo chekiladi. Agar bajarilgan ishlarda sanitariya jihatidan kamchiliklar, ya'ni chala qolgan yumushlar bo'lsa, sanitariya xizmatining vakili aktga imzo chekmasdan, qurilish tashkilotiga bajarilishi zarur bo'lgan ishlar bayon qilingan talabnoma topshiradi. Sanitariya xizmati vakiliga «aktga o'z fikri» ni yozib qo'yish kabi qo'shimcha eslatmalar kiritishga ruhsat etilmaydi. Kamchiliklari bo'lgan korxonani foydalanishga shartli ravishda qabul qilish ham taqiqlanadi.
Aholining ovqatlanishini uyushtirish, oziq-ovqat mahsulot-larining gigiyenik ekspertizasini, joriy va ehtiyot sanitariya nazo­rati ustidan sanitariya nazoratini amalga oshirishda davlat sani­tariya xizmati quyidagi qonun chiqaradigan hujjatlarga asoslanadi.
1. «O'zbekiston Respublikasining sog'liqni saqlash to'g'risi­dagi qonun asoslari» «Aholining sanitariya-epidemiologik tinchligini ta'minlash» yuzasidan epidemiyaga qarshi tadbirlar sistemasini belgilaydi; bu moddalarda davlat sanitariya nazoratini uyushtirish va amalga oshirish tamoyillari belgilanadi; standart va texnik shartlarni sog'liqni saqlash organlari bilan albatta kelishib
olishini belgilaydi; oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, ishlov berish, saqlash, tashish va realizatsiya qilishga qo'yiladigan sanitiriya talablari; oziq-ovqat mahsulotlari bilan ishlaydigan shaxslarni albatta meditsina tekshiruvidan o'tkazishni belgilab beradi.
O'zbekiston Respublikasining sog'liqni saqlash to'g'risidagi qonuniga ko'ra aholining sanitariya-epidemiologik jihatidan muhofaza qilish sanitariya va sanitariyaga oid epidemiyalarga qarshi tadbirlarni o'tkazish davlat organlarining zimmasiga yuklanadi. Gigiyenik va epidemiyaga qarshi qoidalarni buzganlar O'zbekiston respublikasining tegishli qonunlariga binoan intizomiy yoki jinoiy javobgarlikka tortiladi.
  1. Davlat sanitariya nazorati to'g'risidagi «Nizom» ga ko'ra


    oziq-ovqat ob'yektlariga guvohnomasini ko'rsatgan holda borish,
    sanitariya va epidemiologik tinchlikni ta'minlaydigan me'yorlar
    va qoidalarga amal qilishni, mansabdor shaxslardan zarur huj-
    jatlarni ko'rsatishni talab etish huquqi beriladi.
  2. Instruksiyalarda, O'zbekiston sog'liqni saqlash Vazirligi-


    ning buyruqlari, ovqatlanish gigiyenasi bo'limining aholi
    ovqatlanishini nazorat qilishning turli masalalari bo'yicha
    o'tkazadigan tadbirlari bayon qilingan.
  3. O'zbekiston sog'liqni saqlash Vazirligi va tegishli vazirlik


    tomonidan tasdiqlangan bu qoidalarni shu idoralarga qarashli
    hamma korxonalar va oziq-ovqat sanoati korxonalari bajarishi
    shart.
  4. O'zbekiston respublikasi umumiy ovqatlanish va savdo


    korxonalarining ishini sanitariya holatini yanada yaxshilash
    zarurligini ko'rsatuvchi qarorlar. Sanoat korxonalarini,
    qurilishlarni, jamoa xo'jaligi ishchilarini umumiy ovqatlanish
    korxonalari xizmati bilan ta'minlash ularning mehnat
    unumdorligini oshirishda katta ahamiyatga ega, shuning uchun
    mamlakatimizda bu masalaga katta e'tibor beriladi. Umumiy
    ovqatlanish korxonasi rahbarida maxsus yo'riqnomalar bo'lib,
    unda aholini umumiy ovqatlanish bilan ta'minlashni yaxshilashga
    qaratilgan xukumat qarorlari, savdo va sog'liqni saqlash vazirli-
    gining ushbu sohadagi hamma buyruqlari jamlangan.
  5. Oziq-ovqat mahsulotlariga davlat standartlari (GOST),


    texnik shartlar (TSH), vaqtinchalik texnik shartlar (VTSH) va

10-141
oziq-ovqat mahsulotlarining sifatini tekshirishda zarur bo'ladigan boshqa hujjatlar bo'lishi shart. Standartlarga rioya qilmaslik, davlat standartlari buzilgan mahsulotlarni sotish taqiqlanadi.


7. Xukumatning ehtiyot sanitariya nazorati bo'yicha qarorlari.
O'zbekiston Respublikasi sanitariya qonunchiligini buzgan shaxslarni jazolashni ko'zda tutadigan Jinoyat kodeksi moddalari.

Download 175.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling