Umumiy ovqatlanish korxonalarida
Restoronda ofitsiontlarga qo’yiladigan talablar
Download 175.97 Kb.
|
Umumiy ovqatlanish korxonalarida sanitariya va gigiyena-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mehnat qobiliyati, mehnat sharoiti, zararli omillar, texnika xavfsizligi, issiqlik komforti, havo harorati, havo namligi, yelvizak, kasbiy kasallik, ventilyatsiya.
Restoronda ofitsiontlarga qo’yiladigan talablar
ISH JARAYONINI RATSIONAL TASHKIL QILISH VA ISH SHAROITINI YAXSHILASH. Reja: 1.Ish vaqtini to’g’ri rejalash. 2. Ish o’rnining ahamiyati. 3.Ish sharoitini yaxshilash. Tayanch iboralar. Mehnat qobiliyati, mehnat sharoiti, zararli omillar, texnika xavfsizligi, issiqlik komforti, havo harorati, havo namligi, yelvizak, kasbiy kasallik, ventilyatsiya. Odamning ish kuni davomida mehnat qobiliyati bir xil bo'lmaydi. Shu narsa isbotlanganki ish kunining boshlanishida mehnat qobiliyati yuqori bo'ladi, bir yarim soat o'tgach u maksimal qiymatga ega bo'ladi va bajariladigan ishning qanday tashkil etilganiga qarab u shuncha uzoq davom etadi. So'ngra ish qobilyati pasaya borishi, yaxshi tashkil etilgan dam olishdan keyin esa yana maksimal qiymatga yetadi. Organizmning toliqishi, og'ir zo'riqib ishlash yoki mehnat jarayonini noto'g'ri tashkil qilinishi, noqulay ish holati, dam olishning noto'g'ri tashkil etilishi natijasida kelib chiqadi va kayfiyatni pasayishiga sabab bo'ladi. Mehnat faoliyatining o'zgarishini hisobga olib, barcha ko'p mehnat talab etadigan jarayonlarni kunning birinchi yarmida yoki tushlik ovqatdan keyin bajarish kerak. Toliqishni kamaytirish uchun ish kuni davomida ish turlarini o'zgartirib turish maqsadga muvofiqdir. Ish jarayonida to'g'ri ish holatini tanlash muhim ahamiyatga ega. Bunda jihozlarning ma'lum o'lcham va balandlikdagilarini tanlash katta ahamiyatga ega. Ishchi doim tik turishi kerak bo'ladi. Ayrim operatsiyalarni oshpazlar va qandolatchilar baland o'tirgichlarda bajarishlari mumkin. To'g'ri tashkil etilgan ishchi o'rni ortiqcha harakatlar qilishning oldini oladi, natijada organizmning muddatidan oldin toliqishiga yo'l qo'yilmaydi. Kishining mehnat qobilyati uning professional darajasiga ya'ni ishlab chiqarish ko'nikmalariga ham bog'liq. Umumiy ovqatlanish korxonalarida ish kunini, mehnat va dam olishni to'g'ri tashkil etishning ahamiyati juda katta bo'lib, tushlik oraliq tanaffusdan to'g'ri foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bundan tashqari mehnat qobilyatini saqlash va mustahkam-lashda 5 daqiqali maxsus ishlab chiqarish badantarbiya mashqlarini bajarish yaxshi natija beradi. Yuqorida qayd etilgan omillar — ish jarayonini samarali tashkil qilish umumiy ovqatlanish sohasi ishchilarini toliqishini kamaytiradi Umumiy ovqatlanish korxonalarida amaldagi sanitariya me'yorlariga muvofiq ishlab chiqarish joylaridagi mikroiq-lim, meteorologik sharoitlarga mos (harorat, nisbiy namlik va havo haroratining o'zgarish tezligi) hudud ob-havosi, yil fasli, bajarilayotgan ish og'irligiga mutanosib bo'lishi kerak. Yangi elektr qizdirish uskunalaridan samarali foydalanish, ishlab chiqarish binolarini markzlashgan va mahalliy havo so'rish ventilyatsiyasi bilan jihozlash, issiqlik komfortini ta'minlash, sexlarda qulay havo harorati(18—20°C)ni yaratish, havo namligini 40—60% atrofida saqlash (bunga 0,2 m sek tezlikdagi yengil havo oqimini ta'minlash orqali erishish mumkin). Ishlab chiqarish xonalarida konditsioner sistemasidan foydalanilganda u yerda havo harorati sanitariya me'yorlariga mos kelishi lozim. Mexanik yoki tabiiy shamollatish amalga oshirilganda, shuningdek oziq-ovqat ommaviy dam olish joylariga — yozgi kafe, pavilyon, bufetlarga olib boril-ganda ham harorat talab me'yorlarida bo'lishi kerak. Oshpazlar va qandolatchilar organizmiga infraqizil nurlanishining salbiy ta'sirining oldini olish uchun: seksion-modul jihoz ishlatiladi; plitalarning ishchi maydonlarini idishlar bilan maksimum band qilish; o'z vaqtida elektroplitalar seksiyalarini o'chirib qo'yish yoki pasaytirish; pechlar, plita, ovqat qovuriladigan ishchi joylari tepasida havo tortadigan mo'rilar o'matish; smenalar orasidagi vaqtdan to'g'ri foydalanish, xo- dimlar dam olishini to'g'ri tashkil qilish; havoda zararli moddalar bo'lmasligiga erishish. Buning uchun: Taom tayyorlash texnologik jarayoniga qat'iy rioya qilish. Gaz plitalari, ko'mir va o'tin yoqilib ishlaydigan plita- larda yoqilg'i to'la yonib bo'lishi kerak. Un, qand uni va boshqa elanadigan mahsulotlar xonasi alohida bo'lishi va tepasida havo tortadigan mo'risi bo'lishi shart. Isitish sistemasi tuzilishi amaldagi me'yoriy hujjatlar talabiga javob berishi lozim. Hamma isitish anjomlari, qaysi usulda isitilmasin chang, iflosliklardan tozalanadigan bo'lishi shart. Umumiy ovqatlanish korxonalarining ishlab chiqarish binolari ventilatsiya-shamollatish tuzimi bilan jihozlanadi. Umumiy ovqatlanish korxonalarida gaz bilan ishlaydigan oshxonalar muntazam ravishda shamollatib turiladi. Hamma ishlab chiqarish, ma'muriy-xo'jalik "binolarida yoritish me'yorga mos kelishi shart. Binoning ichida ham, sirtida ham elektr anjomlar bor joylar ochiq turishi, har xil narsalar, taralar bilan to'sib tashlanmasligi, derazalar faner, karton qog'ozlar bilan to'silmasligi kerak. Devorlar, to'siqlar, jihozlar rangli bo'yoqlarda bo'yalishi tavsiya etiladi. Ishlab chiqarish xonalari maxsus usul bilan yoritiladi, himoya armaturasi o'rnatiladi. Yoritgich lampalarni qog'ozlar, plitalar tepasiga osish taqiqlanadi. Qandolat sexlarida bakteriyalarni (bakteritsid) o'ldiradigan lampalar qo'yiladi. Umumiy ovqatlanish korxonalarida shovqin amaldagi sanitariya me'yorlariga mos kelishi zarur. Umumiy ovqatlanish korxonalari binolarining loyihasi tuzilishida, rekonst-ruksiya qilinishida bino ichida shovqin kam bo'lishi e'tiborga olinishi lozim. Savdo zallarida bufetchi, kassir o'rinlari shovqinsiz zonalarda joylashishi, xodimlarning qisqa dam olish paytlari uchun tinch joy ajratilishi maqsadga muvofiq. Download 175.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling