Umumiy pedagogika o‘. J. Yo‘ldoshev tahriri ostida


Jamoa tarbiya obyekti va subyekti sifatida


Download 1.33 Mb.
bet9/22
Sana08.11.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1754549
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22
Bog'liq
Umumiy pedagogika o‘. J. Yo‘ldoshev tahriri ostida-fayllar.org

14. Jamoa tarbiya obyekti va subyekti sifatida
  1. Jamoa nazariyasining shakllanishi va uning mohiyati.


  2. O‘quvchilar jamoasining rivojlanish bosqichlari.


  3. Jamoa bilan ishlash metodikasi.


  1. Jamoa nazariyasining shakllanishi va uning mohiyati


Inson to‘g‘risidagi fanlar tizimida jamoaga berilgan turli ta’riflar mavjud. Falsafiy ma’noda jamoa - bu bir necha kishilardan iborat bo‘lib, ijtimoiy ahamiyatga ega umumiy maqsad, muloqot va o‘zaro faoliyat asosida tashkil etilgan guruhni anglatsa, sotsiologiyada mehnat jamoasi imkoniyatlari o‘rganiladi, psixo- logiyada guruhdagi aloqadorlik, o‘zaro ta’sir, pedagogikada bolalar jamoasining tashkil etilishi o‘rganiladi.


Pedagogikada bolalar va o‘quvchilar jamoasi tushunchasi bola rivojlanishida va hayotida jamoaning o‘rni anglanishi natijasida paydo bo‘lgan. Ya.A.Komenskiy o‘zining «Buyuk didaktika» asarida bolalarni bir-biriga ta’siri haqida fikr bildirib, o‘qituvchilarga passiv o‘quvchini faol o‘quvchi bilan, aqliy rivojlanishini pastrog‘i bilan, to‘polonchini bosiq bola bilan birlashtirib o‘qitish kerakligi haqida maslahatar bergan. XX asr boshlariga kelib, pedagoglar jamoaviy munosabalarni rivojlanishini bola shaxsini rivojlanishida qulay sharoitlarni yaratishning asosiy yo‘nalishi sifatida talqin qilganlar. Bolalar jamoasi kuchli tarbiyaviy instrument hisoblanadi. Shuning uchun tarbiyaning asosiy vazifasi bolalar uchun qiziqarli, turli-tuman faoliyatni tashkil etish hisoblanadi.
Bolalarni jamoada tarbiyalash nazariyasi A.S.Makarenkoning amaliy faoliyatida rivojlandi. Uning ta’kidlashicha, jamoa tarbiyaning shakli, quroli, vositasi hamda har bir shaxsni rivojlantirish manbai sifatida namoyon bo‘ladi. Uning fikricha, jamoada shaxs erkinligi va qadr-qimmati hamda himoyalanganligi va ijtimoiy aloqalari ta’minlanadi.
Shuning uchun insoniylik tarbiyasi bu jamoaviy tarbiya deb hisoblanib, tarbiyalovch jamoani shakllantirishning ahamiyatini ko‘rsatib bergan. Tarbiyalovchi jamoa bu o‘zining vazifalariga, an’analariga, munosabat stiliga, o‘z- o‘zini boshqarish organlariga ega bo‘lgan tirik ijtimoiy hodisadir. Makarenkoning xizmatlari yana shunda ko‘rindiki, u birinchilardan bo‘lib, jamoa tarbiyasining asosiy prinsiplarini ilmiy jihatdan asoslab berdi, ularga bolani ijobiy tomonlariga tayanish, parallel ta’sir etish, bola shaxsiga hurmat va talab uyg‘unligi, bolaga individual ta’sir etish prinsiplari kiradi.
Jamoa nazariyasining rivojlanishiga polyak pedagogi Ya.Korchak munosib hissa qo‘shgan. U tarbiyaning maqsadi - bu bolani ichki kuch va imkoniyatlarini, qobiliyatlarini to‘liq, erkin, har tomonlama mustaqil rivojlantirish deb hisoblagan. Uning fikricha, bu jarayonining asosiy omili demokratik tarzda tashkillashtirilgan, bolalar hayotini to‘liqligini ta’minlovchi, ularni xulq-atvorini tuzatuvchi, o‘z-o‘zini tarbiyalashga yo‘naltirilgan o‘z-o‘zini boshqaruvchi bolalar jamoasi hisoblanadi deb ta’kidlagan. Tarbiyachining vazifasi bolani xatti-harakatlarini kuzata olishi,

130


uning xulq-atvori motivlarini tushunishi, hurmat asosidagi munosabatlarini o‘rnata olishni bilishi hisoblanadi.

Bugungi kunda bolalar jamoasi rus pedagoglari A.V. Mudrik, L.I, Novikova, N.Ye. Shurkovalar o‘zbek pedagoglaridan O.Musurmonova, M.Quronovlar tomonidan ijtimoiy-pedagogik tizim sifatida qaralmoqda.


Ularning fikricha, tarbiya tizimi bolalar va o‘smirlarning turli ko‘rinishdagi tabaqalashgan birligini ifodalaydi. Bularga: sinf, to‘garak, sport seksiyasi, ijtimoiy tashkilotlar kiradi. Bizga ma’lumki, jamoada tarbiyalash muammosi tadqiqotlar tomonidan mamlakatimizda va ko‘plab mamlakatlarda shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim konsepsiyasi qabul qilingan hamda ta’lim tizimi modernizatsiya qilinayotgan sharoitda o‘rganilmoqda.
Bolalar jamoasining xarakterli belgilari quyidagilardan iborat:
  • ijtimoiy ahamiyatga ega maqsad va vazifalarni belgilash, unga erishish;


  • yosh va individual xususiyatlarni inobatga olgan holda o‘quvchilarni turli faoliyatlarga jalb etish;


  • teng huquqlilik asosidagi munosabatlarni shakllantirish;


  • haqqoniy ijtimoiy fikrni vujudga keltirish;


  • jamoadagi ijobiy an’analarni hosil qilish va ularni qo‘llab-quvvatlash.


O‘z-o‘zini boshqaruv organlarini ishini tashkil etish organizatsiya.


Tarbiyalovchi jamoaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
  • tashkiliy (turli faoliyatlarga jalb qilish, ularni tuzatish, ishchanlik munosabatlarini shakllantirish);


  • tarbiyaviy (o‘quvchilarda dunyoga va o‘zlariga munosabatni, axloqiy fa- zilat va sifatlarni shakllantirish, qadriyatlarni, odatlarni, xarakterni ishlab chiqish);


  • stimullashtiruvchi (mazmunli, ijtimoiy ahamiyatli muloqot uchun sharoit yaratish, o‘quvchilarda o‘z-o‘zini tarbiyalash ehtiyojlarini shakllantirish, ularni xulq-atvorini tuzatish.


14.2.O‘quvchilar jamoasining rivojlanish bosqichlari


O‘quvchilar jamoasining shakllanishi to‘rt bosqichda kechadi.
Jamoa rivojlanishining birinchi bosqichida talab faqat o‘qituvchilar tomonidan qo‘yiladi. Bu jamoa rivojlanishining boshlang‘ich nuqtasidir. Bu bosqichda jamoa hali tarbiyalovchi ta’sirga ega bo‘lmay, balki «tashkil etuvchi birlik» (guruh) hisoblanadi. Bu bosqichda o‘quvchilar o‘qituvchi tomonidan talablarning qo‘yilishiga e’tiborsiz qaraydilar. Jamoa a’zolarining uzluksiz ijodiy faoliyatini tashkil qilish va ularni yagona maqsad atrofida birlashtirishga erishish orqali jamoa qaror topadi.
Jamoa hayotining birinchi bosqichida jamoa faoli (aktivi)ning paydo bo‘lishi bu davr uchun xarakterli hodisadir. Jamoa faoli guruhning shunday a’zolaridirki, ular jamoa manfaatiga muvofiq tarzda harakat qiladilar, o‘qituvchi faoliyati va talabiga nisbatan xayrixohlik bilan munosabatda bo‘ladilar. Faollar o‘qituvchining yaqin yordamchilari sifatida ish olib boradilar. Jamoa rivojlanishining ikkinchi bosqichi jamoa faolining o‘qituvchi talabini qo‘llab-quvvatlashi va uning o‘zi ham bu talablarni jamoa a’zolari zimmasiga qo‘yishi bilan tavsiflanadi. Endilikda

131
o‘qituvchi jamoada paydo bo‘lgan va u bilan bog‘liq muammo, masalalarni yolg‘iz o‘zi hal qilmaydi. Bosqichda jamoa hayotini tashkil qilish usuli murakkablashib boradi, ya’ni jamoa o‘z-o‘zini boshqarishga o‘tadi. Jamoaning ijobiy rivojlanishi uning a’zolarida motiv (rag‘bat)larning paydo bo‘lishi, ijodiy hamkorlik, o‘zaro yordam munosabatlarining tez sur’atlar bilan rivojlanishiga olib keladi. Jamoada mustaqil faoliyatning yuzaga kelshida jamoa faolining roli beqiyosdir. Ammo jamoa faolining jamoa a’zolari orasida hurmat qozona olishi, ularga namuna bo‘lishi, o‘z burchlarini aniq va puxta bajarishi, o‘z mavqelaridan noo‘rin foyda- lanmasliklari juda muhimdir. A.S.Makarenko jamoa faolini «jamoaning vijdoni» deya ta’riflagan edi. Jamoa faoli birmuncha imtiyozlar (huquqlar)ga ega bo‘lsa-da, ayni paytda uning o‘ziga ham oshirilgan talablarning qo‘yilishi maqsadga muvofiqdir. Jamoa rivojlanishining uchinchi bosqichi anchagina sermahsul bo‘lib, unda butun jamoa «ayrim o‘zini chetga olib qoluvchi, injiq shaxs»larga nisbatan talab qo‘ya boshlaydi. Bu bosqichda jamoa ishiga faqat faolgina emas, balki uning butun a’zolari qiziqadi. Jamoa hayotidagi uchinchi bosqich, ijtimoiy fikr mavjudligi bilan ifodalanadi. O‘qituvchi mazkur yo‘nalishda maqsadga muvofiq va izchil ish olib borgan sharoitdagina ijtimoiy fikrni shakllantirishga erishishi mumkin. Shu maqsadda u yoki bu tadbir rejasi, jamoaning birgalikdagi faoliyati, a’zolarning xatti-harakati jamoa bo‘lib muhokama qilinadi, turli mavzularda suhbatlar, ma’ruzalar uyushtiriladi, o‘quvchilar o‘rtasida samarali axborot vositalari yordamida ijtimoiy-g‘oyaviy, axloqiy, estetik, ekologik, huquqiy, iqtisodiy va hokazo bilimlarning targ‘iboti tashkil etiladi. Jamoada barqaror insoniy munosabatlar yuzaga kelishining sababi -a’zolarning ijobiy, madaniy- ma’rifiy mazmunga ega bo‘lgan ishlarni tashkil etishda faol ishtirok etishlari sanaladi. To‘rtinchi bosqichi uning barcha a’zolari jamoa oldida turgan vazifalar asosida o‘z-o‘ziga talablar qo‘ya olishlari bilan tavsiflanadi. Har bir bosqich jamoa a’zolarining o‘zlariga nisbatan muayyan talab qo‘yishi bilan xarakterlanadi, biroq qo‘yilgan talablar o‘ziga xos yo‘nalishi bilan (mas., o‘yindan umuminsoniyat baxti yo‘lida kurashishiga intilish o‘rtasidagi farq kabi) ajralib turadi. To‘rtinchi bosqich jamoa a’zolarining o‘ziga nisbatan yuksak axloqiy talablar qo‘ya olishlari bilan ahamiyatlidir. Jamoaning hayoti va faoliyati jamoa a’zolarining har biri uchun shaxsiy ehtiyojga, jamoadagi tarbiya jarayoni esa o‘z-o‘zini tarbiyalash jarayoniga aylanadi. Biroq bu holat jamoaning muayyan shaxsni yanada rivojlantirishdagi roli, o‘rnini pasaytirmaydi. To‘rtinchi bosqichda amalga oshiriladigan vazifalar ancha murakkab va mas’uliyatlidir. Bu bosqichda jamoa oldiga istiqbolli, yuksak va murakkab talablarni qo‘yish uchun juda qulay sharoit yaratiladi.


Bir guruh pedagoglar o‘quvchilar jamoasini uning shakllanish va rivojlanishiga ko‘ra quyidagi uch bosqichga ajratadilar. Ya’ni:
  1. jamoani dastlabki jipslashtirish;


  2. jamoani shakllantirish asosida uning har bir a’zosini individual rivojlantirish;


  1. jamoaning umumiy faoliyatini yo‘lga qo‘yish.



132



Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling