Umumiy pedagogika o‘. J. Yo‘ldoshev tahriri ostida
Download 1.33 Mb.
|
Umumiy pedagogika o‘. J. Yo‘ldoshev tahriri ostida-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Taqrizchilar
Umumiy pedagogika o‘. J. Yo‘ldoshev tahriri ostida O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI MUQIMIY NOMIDAGI QO‘QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI UMUMIY PEDAGOGIKA O‘.J. Yo‘ldoshev tahriri ostida (O‘quv qo‘llanma) TOSHKENT - 2017 UO‘K: 37.013 (075) KBK 74.00 U-52 U-52 O‘.J. Yo‘ldoshev tahriri ostida. Umumiy pedagogika. -T.: «Fan va texnologiya», 2017, 376 bet. ISBN 978-9943-11-500-2 Ushbu o‘quv qo‘llanmada «Umumiy pedagogika» fanining umumiy asoslari, ta’lim nazariyasi, tarbiya nazariyasi, ta’lim tizimini boshqarish, korreksion pedagogika, pedagogika tarixi hamda pedagogik mahorat yo‘nalishlariga oid pedagogik qarashlar, nazariyalar ilmiy va amaliy jihatdan asoslab berilgan. Qo‘llanma pedagogika oliy o‘quv yurtlari, pedagogika kasb-hunar kollejlari talabalari va o‘qituvchilar uchun mo‘ljallangan. UO‘K: 37.013 (075) KBK 74.00 Mualliflar: O‘. J.Yo‘ldoshev, A.Abdurashidov I bob; O‘.J.Yo‘ldoshev II bob; O‘.J.Yo‘ldoshev, A.N.Ziyayev III bob; M.Hamidov V bob; M.M.Yusupov, Nusratov VI bob; S.S.Isamitdinov, N.M.Ochilova VII bob. Taqrizchilar: B.R.Adizov - BuxDU professori, p.f.d.; R.D.Shodiyev - Qarshi DU professori. p.f.d. O‘quv qo‘llanma Qo‘qon DPI uslubiy Kengashi qaroriga asosan chop etildi. ISBN 978-9943-11-500-2 © «Fan va texnologiya» nashriyoti, 2017. KIRISH Mamlakatimizda olib borilayotgan uzluksiz ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlaridagi yangilanish, modernizatsiya jarayonlari uzluksiz ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlari uchun jumladan, barcha fanlar qatorida pedagogika fani bo‘yicha zamon talabiga javob bera oladigan darslik va o‘quv qo‘llanmalarni yaratishni taqozo etmoqda. Shu boisdan pedagogika faniga oid zamonaviy bilimlar tizimini bo‘lajak pedagoglarga o‘qitish dolzarb vazifalardandir. Umumiy pedagogika faniga oid ilmiy jihatdan asoslangan bilim, ko‘nikma va malakalarni talabalar tomonidan mukammal, to‘liq o‘zlashtirilishini ta’minlash maqsadida Respublikamizda pedagogika fani bo‘yicha darslik va o‘quv hamda uslubiy qo‘llanmalar yaratish borasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada Respublikamiz oliy ta’lim muassasalarida faoliyat olib borgan pedagogika sohasi mutaxassislarining xizmatlari beqiyosdir. Buxoro davlat universiteti olimlari Roziqov, S.Og‘ayev, M.Mahmudova, B.Adizovlar tomonidan 1997-yilda nashr etilgan «Didaktika» darsligi, Navoiy davlat pedagogika instituti olimlari X.Ibra- gimov, Sh.Abullayevalar tomonidan tayyorlangan. 2007-yilda chop etilgan «Pedagogika» darsligi, Qarshi DU olimlari M.Ochilov, N.Ochilovalarning 2008-yilda nashr etilgan «Oliy maktab pedagogikasi» darsligi, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti olimlari tomonidan tayyorlangan «Umumiy pedagogika» darsligi, R.Mavlonova, O.To‘rayeva, K.Xoliqberdiyevlarning 2012- yilda chop etilgan «Pedagogika» darsligi, U.Inoyatov, N.Muslimov, M.Usmon- boyeva, D.Inomovalar tomonidan tayyorlangan. 2012-yilda nashr etilgan «Pedagogika: 1000 ta savolga 1000 ta javob» nomli uslubiy qo‘llanmalari, Z.Qora- boyevaning «Pedagogikadan amaliy mashg‘ulotlar» nomli o‘quv-uslubiy qo‘llan- masi, N. Atayeva, F.Rasulova, M.Salayeva, S.Hasanovlarning 2012-2013-yillarda chop etilgan «Umumiy pedagogika» nomli o‘quv qo‘llanmalari, O.Hasanboyeva, R.Avezovalarning 2013-yilda chop etilgan «Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti» nomli o‘quv qo‘llanmalarini misol tariqasida keltirishimiz mumkin. Ushbu o‘quv qo‘llanmaning Pedagogikaning umumiy asoslari bo‘limida pedagogikaning mustaqil fan sifatida shakllanishi va rivojlanishi, pedagogika fanining metodologik asoslari, pedagogikada shaxs masalasi; ta’lim nazariyasi bo‘limida ta’lim jarayonining mohiyati, ta’lim mazmuni, metodlari, ta’limni tashkil etish shakli, ta’lim natijasini tashxislash; tarbiya nazariyasi bo‘limida tarbiya jarayonining mohiyati, mazmuni, metod va shakllari, ta’lim tizimini boshqarish bo‘limida boshqaruv nazariyasining shakllanishi, O‘zbekistonda ta’lim tizimi, uning turlari, ta’limni ichki boshqaruvi; Korreksion pedagogika bobida bu soha pedagogik fanlarning tarmog‘i sifatida, uning asosiy vazifalari, prinsiplari va metodlari, anomal bolalar va ularning umumiy tavsifi, aqliy rivojlanishi, eshitishi, ko‘rishi, nutqida nuqsoni bor bolalar, O‘zbekiston Respublikasida anomal bolalarning ijtimoiy holati; Pedagogika tarixi bobida pedagogika tarixi fanining maqsad va vazifalari, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti A.Karimovning tarixiy materiallardan foydalanish to‘g‘risidagi qarashlari, pedagogika tarixida davrlashtirish muammosi, eng qadimgi davrdan hozirgi davrgacha ta’lim-tarbiya va pedagogik fikr taraqqiyoti; Pedagogik mahorat bobida 3
O.Muhammadjonov, M.Ochilov, O.Roziqov, K.Zaripov, D.Shodiyev, K.Hoshimov, O.Hasanboyeva, J.Hasanboyev, S.Temirova, S.Mamajonova, Minavarov, B.Qodirov, O.Musurmonova, R.Mavlonova, N.Azizxadjayeva, N.Egamberdiyeva, N.Erkaboyeva, N.Sayidahmedov, X.Ibragimov, R.Jo‘rayev, R.Safarova, J.Yo‘ldoshev, O‘.Tolipov, Sh.Mardonov, M.Quronov, Adizovlarning ilmiy pedagogik tadqiqot natijalari muhim o‘rin tutganligi ma’lum bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tashabbusi bilan ilgari surilgan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning Harakatlar Strategiyasida ta’lim va o‘qitish sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish asosida Oliy ta’lim muassasalari faoliyatining sifati va samaradorligini oshirish, jismonan sog‘lom, ruhiy va intellektual rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, qat’iy nuqtayi nazarga ega, Vatanga sodiq, yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish, yoshlarni ijodiy va intellektual salohiyatini qo‘llab-quvvatlash vazifalari belgilab berilgan. Ushbu vazifalarni bajarishda ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlarida zamonaviy axborot texnologiyalari, zamonaviy adabiyotlar va darslik hamda o‘quv qo‘llan- malarning yangi avlodini yaratish muhim o‘rin tutadi. 4
bob. PEDAGOGIKANING UMUMIY ASOSLARI
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari. O‘zbekiston Respublikasining kadrlar tayyorlash milliy modeli va uning mohiyati. Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari. Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari Mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab ta’lim sohasiga katta e’tibor berila boshlandi.1997-yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi XI sessiyasida O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning qabul qilinishi ta’lim tizimini rivojlantirishda yangi bosqich bo‘ldi. Davlat ta’lim standartlari talablaridan kelib chiqib ta’lim dasturlarining yangi avlodi ishlab chiqildi. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’limi tizimini takomillashtirish ustuvor yo‘nalish sifatida e’tirof etildi. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunida uzluksiz ta’lim tizimining mohiyati, yo‘nalishlari, ta’lim mazmuni, ta’limning huquqiy asoslari batafsil ochib berilgan. Mazkur me’yoriy hujjat mazmunida quyidagilar ifodasini topgan: fuqarolarga ta’lim, tarbiya berish, kasb-hunar o‘rgatishning huquqiy asoslari; ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari; har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy huquqi; pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqi; ta’lim muassasasining haquqiy maqomi; ta’lim tizimi va turlari; ta’lim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy himoya qilish; ta’lim tizimini boshqarish. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunida alohida urg‘u berilganidek, ta’limni tashkil etishning asosiy maqsadi - jamiyatda intillektual va ilmiy potensialni rivojlantirish, jamiyat, oila va davlat oldidagi burchi, javobgarligini anglaydigan barkamol va mustaqil fikrli shaxsni shakllantirishdan iborat. O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim to‘g‘risidagi qonunining 3-moddasida ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari belgilangan. Mohiyatiga ko‘ra ushbu prinsiplar mamlakat ta’lim konsepsiyasining asosini tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi davlat siyosatining bosh g‘oyasi ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, milliy ta’lim tizimini jahon ta’lim standartlariga tenglashtirish, kadrlar tayyorlash milliy modeliga muvofiq zamonaviy bilimlarni puxta egallagan, erkin, mustaqil fikrlovchi, har tomonlama rivojlangan komil inson va malakali mutaxassisni tarbiyalab voyaga yetkazishdan iborat. 5
O‘zbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari quyidagilar: ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi; ta’limning uzluksizligi va izchilligi; umumiy o‘rta, shuningdek, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining majburiyligi; o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining yo‘nalishi, akademik litseyda yoki kasb-hunar kollejida o‘qishni tanlashning ixtiyoriyligi; ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi; davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi; ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv; bilimli bo‘lishni va iste’dodni rag‘batlantirish; ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg‘unlashtirish Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining amalga oshirish mexanizmi qonun bilan tasdiqlangan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi hisoblanadi. Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari fuqarolarning ijtimoiy kelib chiqishi, irqi, tili, e’tiqodi, ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar ta’lim olishda teng huquqqa ega ekanliklarini ifodalaydi. Ta’lim va tarbiyani insonparvarlashtirish shaxsning ijodiy qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishga imkon yaratadi. Shuningdek, ta’lim jarayonida uning ma’naviy-axloqiy ehtiyojlari, xohish-istaklari va hiziqishlarini hisobga olishni nazarda tutadi. Ya’ni ta’lim-tarbiya jarayoni shaxsni har tomonlama kamol topishini ta’minlashga yo‘naltiriladi, uning shaxsiga nisbatan hurmat bilan yondashiladi. Ta’lim va tarbiyani demokratlashtirish ta’lim mazmunining ochiqligi, o‘quv materiallari, ta’lim shakl va metodlarining xilma-xilligi, milliy-hududiy xususiyatlarning inobatga olinishi, shuningdek, tarbiya jarayonining demokratik g‘oyalarga muvofiq tashkil etilishini anglatadi. Tamoyil mazmuniga hamda o‘quvchilarning xohishlariga ko‘ra dars jadvaliga qo‘shimcha fanlar kiritiladi, yuqori sinflarda muayyan fanlar chuqurlashtirilib o‘rgatiladi, fakultativ mashg‘ulot va to‘garaklar tashkil etiladi, darslarning yakka va guruhli shaklda bo‘lishiga e’tibor qaratiladi. Ta’limning uzluksizligi va izchilligi uzluksiz ta’lim tizimining barcha bosqichlarida o‘qitish o‘zaro aloqadorlik, bog‘liqlik asosida yo‘lga qo‘yilishini ifodalaydi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘quv dasturlari akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining, o‘z navbatida ularning o‘quv dasturlari oliy o‘quv yurti o‘quv dasturlari bilan mutanosiblikda yaratilib, biri o‘zidan avvalgi bosqichda o‘zlashtirilgan ma’lumotni boyitadi va rivojlantiradi. 6
O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limining ixtiyoriyligi yangi turdagi o‘quv muassasalarida ta’lim olish yo‘nalishining o‘quvchi tomonidan ixtiyoriy tanlanishi mumkinligini anglatadi. Akademik litsey yoki kasb-hunar kollejida ta’lim olishni o‘quvchilar o‘z iqtidorlari va xohish-istaklariga ko‘ra tanlaydilar. Ta’lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi mamlakatda ta’lim taraqqiyotining rivoji ilmiy asoslarga ega bo‘lib, u fan-texnika, madaniyatning yutuqlariga bog‘liq holda rivojlanib borishini anglatadi. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni (4-modda)da fuqarolar millati, tili, jinsi, yoshi, diniy e’tiqodi, ijtimoiy kelib chiqishi, mavqei, xizmat turi, turar joyi, respublika hududida qancha vaqt yashayotganligidan qat’i nazar bilim olish huquqiga egaliklari aytiladi. Davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi tamoyili aynan mana shu holatni yoritishga xizmat qiladi. Ushbu tamoyil, shuningdek, chet ellik fuqarolarning respublika hududida xalqaro shartnomalarga muvofiq bilim olish huquqiga egaliklarini ham ifodalaydi. O‘zRda istiqomat qilayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar bilim olishda respublika fuqarolari bilan teng huquqlarga ega bo‘ladilar. Ta’lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni (7-modda)da o‘z ifodasini topgan. Davlat ta’lim standartlari (DTS) umumiy o‘rta, o‘rta maxsus kasb-hunar va oliy ta’lim mazmuni sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilab beradi. Davlat ta’lim standartlarini bajarish barcha ta’lim muassasalari uchun majburiydir. Biroq ta’lim muassasalari DTS asosida o‘quv dasturlari variantini ishlab chiqib, undan foydalanishlari mumkin. Bilimli bo‘lishni va iste’dodni rag‘batlantirish ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillaridan biri sanalib, ta’limning barcha bosqichlarida bu tamoyilga to‘la amal qilinadi. Ta’lim oluvchilarning iste’dod va qobiliyatlari davlat tomonidan moddiy va ma’naviy jihatdan rag‘batlantirilib boriladi. 1993-yil 5-fevralda O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining «O‘zbekistonda o‘quvchi-yoshlarni rag‘batlantirish choralari to‘g‘risida»gi Farmoni, 1993-yil 25-martda «O‘zbekiston o‘quvchi-yoshlarini taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risid»gi respublika Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra ilmiy salohiyat, iqtidorga ega talabalar va aspirantlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyalari ta’sis etildi. Stipendiya iqtidorli talabalarga har yili o‘n bir ta’lim yo‘nalishi - texnika va informatika, tibbiyot, fizika-matematika, iqtisodiyot, jurnalistika, gumanitar, huquq va xalqaro munosabatlar, pedagogika, madaniyat va san’at, chet tillar, qishloq xo‘jaligi yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkaziladigan tanlov yakunlariga ko‘ra beriladi. Iqtidorli talabalar uchun, shuningdek, Abu Rayhon Beruniy, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Abu Ali ibn Sino va Imom al-Buxoriy nomidagi stipendiyalar joriy etilgan. 7
Ta’lim tizimida davlat va jamiyat boshqaruvini uyg‘unlashtirish ta’limni tashkil etish, sifatini oshirish, bunda davlat va jamiyatning hamkorlikka erishishni nazarda tutadi. Ta’lim tizimida davlat va jamiyat boshqaruvi ta’lim samaradorligini oshirishga zamin yaratadi. O‘zbekiston Respublikasining kadrlar tayyorlash milliy modeli va uning mohiyati Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’limni takomillashtirish va rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Ana shu maqsadda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi. Har qanday jamiyatning kuchi fuqarolarning ma’naviy yetukligi, intellektual salohiyatga egaligi bilan belgilanadi. Fuqarolarning ma’naviy yetukligi, intellektual salohiyati esa ta’lim tizimining mazmuni, shaxsning har tomonlama shakllanishi uchun xizmat qiluvchi moddiy va ma’naviy shart-sharoitlarning mavjudligi, jamiyatda qaror topgan ijtimoiy sog‘lom muhit darajasi, ijtimoiy munosabatlar mohiyati, shuningdek, aholining etnopsixologik xususiyatlari, axloqiy qarashlari va hayotiy e’tiqodlari asosida shakllantiriladi. «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni g‘oyalariga muvofiq, milliy tajribaning tahlili va ta’lim tizimidagi dunyoviy yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo‘ljalni to‘g‘ri ola bilish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo‘naltirilgandir*. Dasturning maqsadi - ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarash va sarqitlardan to‘la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratishdan iboratdir*. Ushbu maqsadni ro‘yobga chiqarish bir qator vazifalarning ijobiy hal qilinishini nazarda tutadi. Ya’ni: O‘zRning «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq ta’lim tizimini isloh qilish, davlat va nodavlat ta’lim muassasalari hamda ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida raqobat muhitini shakllantirish negizida ta’lim tizimini yagona o‘quv, ilmiy ishlab chiqarish majmui sifatida izchil rivojlantirishni ta’minlash; ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimini jamiyatda amalga oshirayotgan demokratik huquqiy davlat qurilishi jarayonlariga moslashtirish; Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi // Oliy ta’lim: me’yoriy hujjatlar to‘plami. - Toshkent: Sharq nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi Bosh tahririyati. 2001. - 20-bet. * O‘sha manba, - 25-bet. 8
kadrlar tayyorlash tizimi muassasalarini yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlash, pedagogik faoliyatining nufuzi va ijtimoiy maqomini ko‘tarish;
kadrlar tayyorlash tizimi va mazmunini mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollaridan, jamiyat ehtiyojlaridan, fan, madaniyat, texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda qayta qurish; ta’lim oluvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning va ma’rifiy ishlarning samarali shakllari hamda uslublarini ishlab chiqish va joriy etish; ta’lim va kadrlar tayyorlash, ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish va akkreditatsiya qilish sifatiga baho berishning xolis tizimini joriy etish; yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarda ta’limning talab qilinadigan darajasi va sifatini, kadrlar tayyorlash tizimining amalda faoliyat ko‘rsatishi va barqaror rivojlanishining kafolatlarini, ustuvorligini ta’minlovchi normativ, moddiy-texnika va axborot bazasini yaratish; ta’lim, fan, ishlab chiqarish samarali integratsiyalashuvini ta’minlash, tayyorlanayotgan kadrlarning miqdori va sifatiga nisbatan davlatning talablarini, shuningdek, nodavlat tuzilmalari, korxonalar va tashkilotlarning buyurtmalarini shakllantirishning mexanizmlarini ishlab chiqish; uzluksiz ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimiga budjetdan tashqari mablag‘lar, shu jumladan, chet el investitsiyalari jalb etishning real mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish; kadrlar tayyorlash sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish. Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari Kadrlar tayyorlash milliy modeli faqat ta’lim-tarbiya jarayonini qamrab olmay, shu bilan birga ishlab chiqarish va ijtimoiy munosabatlarni ham o‘z ichiga oladi. «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ning asosida kadrlar tayyorlash milliy modeli va uning mohiyati yoritiladi. Kadrlar tayyorlash milliy modeli shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan va ishlab chiqarish kabi tarkibiy qismlarning o‘zaro hamkorligi, ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik asosida «yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlarni tayyorlash Milliy tizimi» mohiyatini aks ettiruvchi andoza, loyiha hisoblanadi. Milliy modelning o‘ziga xos xususiyati mustaqil ravishda to‘qqiz yillik umumiy o‘rta hamda uch yillik o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini joriy etilishi bilan belgilanadi. Bu esa o‘z navbatida umumiy ta’lim dasturlaridan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi dasturlariga o‘tilishiga zamin yaratadi*. Kadrlar tayyorlash milliy modelning tarkibiy qismlari shaxs, davlat va jamiyat, uzliksiz ta’lim, far hamda ishlab chiqarishdan iborat. Shaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh subyekti va obyekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi va ularni amalga oshiruvchidir. Shaxs uzluksiz ta’lim jarayonida dunyoviy, ilmiy bilimlarni o‘zlashtiradi, fan asoslarini puxta egallaydi, ishlab chiqarish sohalari bilan tanishadi, shuningdek, o‘zida * O‘sha manba, - 34-bet. 9
Davlat va jamiyat ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimi faoliyatini tartibga solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlarni tayyorlash va ularni qabul qilib olishning kafillaridir. Davlat va jamiyat ta’lim muassasalarining yuqori malakali raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlash yo‘lidagi faoliyatini ham uyg‘unlashtiradi hamda quyidagilarga kafolat beradi: fuqarolarning bilim olish, kasb tanlash va o‘z malakasini oshirish huquqlarning ro‘yobga chiqarilishiga; majburiy umumiy o‘rta ta’lim hamda akademik litsey yoki kasb-hunar kollejida ta’lim olish yo‘nalishini tanlash huquqi asosida majburiy o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini olishga; davlat grantlari yoki pulli-shartnomaviy asosda oliy ta’lim va oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limni olish huquqiga; davlat ta’lim muassasalarini mablag‘ bilan ta’minlashga; ta’lim oluvchilarning o‘qishi, turmushi va dam olishi uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi vazifalarning hal etilishida jamoatchilik boshqaruvini rivojlan- tirishga; ta’lim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga; sog‘liq va rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan shaxslarning ta’lim olishiga*. Uzluksiz ta’lim malakali, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi bo‘lib, ta’limning barcha turlari, davlat ta’lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasini o‘z ichiga oladi. Uzluksiz ta’lim O‘zRning taraqqiyotini ta’minlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondi- ruvchi ustuvor soha bo‘lib, ijodkor, ijtimoiy faol, ma’naviy boy shaxsni shakl- lantirish va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash uchun sharoitlarni yaratadi*. Uzluksiz ta’lim jarayoni shaxsning har tomonlama qaror topishi uchun eng qulay davr sanaladi. O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’lim Davlat ta’lim standartlari hamda o‘quv dasturlari talablariga muvofiq tashkil etiladi. Uzluksiz ta’lim ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi. Fan yuqori malakali mutaxassisni tayyorlovchi, undan foydalanuvchi, ilg‘or pedagogik, axborot texnologiyalarini ishlab chiqaruvchi sanaladi. Ishlab chiqarish - kadrlarga bo‘lgan ijtimoiy ehtiyojni shuningdek, ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga nisbatan qo‘yiladigan talablarni belgilovchi asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliyaviy va moddiy- texnika jihatdan ta’minlash jarayonining qatnashchisi. «Ishlab chiqarishning talab- ehtiyojlari kadrlar tayyorlash tizimining yo‘nalishi, darajasi va miqyoslarini shakllantiradi, kasb tayyorgarligining maqsadi, vazifalari va mazmunini belgilaydi, O‘sha manba, - 30-31-betlar. * O‘sha manba, -31-bet. 10
malaka talablarini ilgari suradi, ta’limning zamonaviy texnologiyalari va shakllarini tanlashni taqozo etadi»*. Nazorat uchun savollar Ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy pinsiplarini izohlang? Kadrlar tayyorlash milliy dasturining maqsadi va vazifalarini izohlang? Kadrlar tayyorlash milliy modelining tarkibiy qismlari nimalardan iborat.
Pedagogika shaxs tarbiyasi va rivojlanishi to‘g‘risidagi fan
Pedagogika fanining shakllanishi. Pedagogika fanining obyekti, predmeti va vazifalari. Pedagogik fanlar tizimi. Pedagogika fanini boshqa fanlar bilan aloqasi. Pedagogika fanining shakllanishi Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ilmiy bilish nazariyasida «fan» tushun- chasiga turlicha ta’riflar berilgan. P.V. Kopninning ta’kidlashicha, Fan - bu dunyo- ning ilmiy ko‘rinishida yotuvchi, tekshirilgan va asoslangan bilimlar tizimi, alohida ilmiy bilimlar sohasi hisoblanadi. V.P. Koxanovskiy fan deganda biz - bilimlar ishlab chiqaruvchi faoliyat (olimlar bilimi, tajribasi, qobiliyati, ilmiy darajasi; ilmiy muassasalar, ularni vositalari) ni ilmiy tadqiqot ishlari metodlarini; ilmiy axborotlar tizimini, shu bilan birga bilimlarni tushunamiz - deb ta’kidlaydi. Yuqoridagi fikrlarga tayanib fanni ko‘rinishlarini quyidagicha ifodalashimiz mumkin: fan - bu bilimlarni o‘zlashtirish manbai; fan - bu ijtimoiy institut; fan - bu o‘quv predmeti yig‘indisi; fan - inson faoliyati. Fanning xususiyatlari: ijtimoiyligi, jamiyat talab va ehtiyojlari fanni rivojlanishini ta’minlaydi; tizimlilik, fan o‘zaro aloqador elementlar tizimini ifodalaydi: obyekti va predmeti, o‘ziga tegishli kategoriya va tushunchalarga egaligi va farazi, metodlari hamda faktlari mavjudligi; rivojlanuvchanligi, o‘zgaruvchanligi, ya’ni dinamik xarakteri, fan uzluksiz amaliy tekshirilgan va ilmiy asoslangan bilimlar bilan to‘ldiriladi. Har qanday fan -bu nafaqat bilimlar, biroq bilimlarni ishlab chiqaruvchi jarayon hisoblanadi; insonni amaliy faoliyatlaridan biri bo‘lib, predmeti ma’lum bilimlar sohasi hisoblanadi. Pedagogika fan sifatida yuqoridagi ko‘rinishlarga va xususiyatlarga * Kadrlar tayyorlash milliy dasturi //Oliy ta'lim: me'yoriy hujjatlar to‘plami. - Toshkent: Sharq nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi Bosh tahririyati. 2001. - 42-bet. 11 ega bo‘lganligi uchun, hech ikkilanmay mustaqil fanlar qatoriga qo‘shishimiz mumkin. Fanlar tizimidagi har qanday fanni o‘rganish uning tadqiqot predmetini hamda uni rivojlanish tarixini o‘rganishdan boshlanadi. Pedagogikaning paydo bo‘lishi va rivojlanishi jamiyatning yosh avlodni tarbiyalash ehtiyoji bilan bog‘liq. Pedagogika so‘zining lug‘aviy ma’nosi qadimgi yunon tilidan «paydagogos» bola yetaklamoq ma’nosini anglatadi. Qadimda aristokratlarni bolalariga qarovchi, ularni maktabga olib borib keluvchi, ular bilan birga o‘ynovchi qullar paydogogoslar deb atalgan. Keyinchalik bolalarni tarbiyalovchi va ularga ta’lim beruvchilar pedagoglar deb yuritila boshlandi. Ushbu so‘zdan tarbiya to‘g‘risidagi fan pedagogika kelib chiqqan. Mustaqil fan sifatida pedagogika dastavval falsafiy bilimlar tizimidan ajralib chiqqan.
o‘quvchilarni takrorlashi; buyruq - bajarish; talab - bo‘ysunish. Kattalarni yoshlarga munosabati shu tarzda bo‘lgan. Bu tajribalar nazariy jihatdan umumlashtirilmagan. Dastlabki yozuv paydo bo‘lgandan so‘ng yozishga, o‘qishga 12
Ikkinchi bosqich tarbiya jarayonini tendensiya va qonuniyatlarini, mohiyatini ifodalovchi ko‘rsatma va qoidalarni tizimlashtirilganligi bilan xarakterlanadi. Ushbu bosqichda pedagogik bilimlar falsafiy va siyosiy bilimlarni bir qismi sifatida shakllangan. Qadimgi yunon mutafakkirlari Pifagor (e. a. VI a.), Geraklit (e. a. 520-460-y.), Demokrit (e. a. 460-370-y. ), Platon (e. a. 427-347-y.), Aristotel (e. a. 384-322-y.) lar o‘zlarining falsafiy farazlari bilan birga o‘qitish usullari va ta’lim mazmuniga oid pedagogik qarashlarini bayon etganlar. Qadimgi sharq sivilizatsiyasi (e. a. 5-4 ming yillik — V a.)da — Ikki daryo oralig‘i, Misr, Hindiston, Xitoy — ta’lim shakli bo‘yicha bebaho tajriba qoldirgan. Masalan, qadimgi Mesopotamiya (e. a. 3m. y.) maktablarida suhbat, tushuntirish, ko‘chirib yozish, mashq metodlari qo‘llanilgan. Miloddan avvalgi birinchi ming yillikda qadimgi Hindiston maktablarida o‘qitishning faol usullari qo‘llanilgan: o‘qituvchi o‘quvchilar oldiga turli maqsadlar qo‘yib, o‘quvchilarni savollarga mustaqil javob berishga qiziqtirgan. Qadimgi Xitoyda Konfutsiy maktabi mashhur bo‘lib (Kun-Szi, e. a. 551-479-y.) unda o‘qitishning turli usullaridan obrazlarga taqlid, dialog, taqqoslash, predmet va hodisalarni klassifikatsiyalash kabilardan foydalanilgan. Pedagogika tarixi bo‘yicha tadqiqotchilar ta’lim nazariyasini paydo bo‘lishini qadimgi Rim oratori va oratorlik san’ati nazariyachisi Mark Fabii Kvintilian (ya. a. 35-96-y. ) nomi bilan bog‘laydilar. Uchinchi bosqich - bu Yevropada o‘rta asrlar maktablarini paydo bo‘lishi. To‘rtinchi bosqich Uyg‘onish davriga to‘g‘ri keladi. Uyg‘onish davrining buyuk vakillaridan ispan filosofi, psixologi, pedagogi X.L.Vives (1492-1540)ning ta’lim jarayoni muammolari, nemis pedagogi, klassik gimnaziya asoschisi I.Shturm (1507-1587) ning jamoada o‘qitish to‘g‘risidagi fikrlari, italyan faylasufi va siyosiy arbobi T. Kampanella (1568-1639)ning tarbiya to‘g‘risidagi, ta’limda ko‘rgazmalilikni qo‘llashga doir tavsiyalari, fransuz mutafakkiri M. Monten (1533-1592) ning tajribani ta’lim vositasi sifatidagi tashviqotlariga doir g‘oyalari, golland gumanisti E. Rotterdamskiy (1466-1536)ning mehnatga munosabat axloqiylikning mezoni sifatidagi qarashlarini misol sifatida keltirish mumkin. Beshinchi bosqich - bu pedagogikani mustaqil ilmiy nazariya sifatida shakllanishi, chex pedagogi Ya.A. Komenskiyning nomi bilan bog‘liq. Ya.A.Komenskiy o‘zining «Buyuk didaktika» (1628-y.) asarida pedagogik bilimlarni ilmiy fundamentini yaratishga harakat qildi va pedagogikani fan sifatida tizimlashtirdi. Oltinchi bosqich buyuk pedagoglar I. F. Gerbart (1776-1841), I.G. Pestalotsi (1746-1827), A. Disterveg (1790-1816) lar nomi bilan bog‘liq, ular pedagogika fanining tarkibiy qismi sifatida didaktikani rivojlanishiga munosib hissa qo‘shganlar. Shvetsariyalik pedagog I.G. Pestalotsi - boshlang‘ich ta’lim metodikasining asoschisi hisoblanadi; nemis pedagogi va psixologi I.F. Gerbart - ta’lim nazariyasining nazariy asoslarini ishlab chiqdi; nemis o‘qituvchilarining o‘qituvchisi A. Disterveg — o‘qitish qoidalarini ishlab chiqdi; ingliz olimlari 13
E.Bell, D. Lankasterlar hamkorlikda o‘qitish amaliyotchilari va tashkilotchilari hisoblanadilar. Yettinchi bosqich - pedagogika fanini mustaqil fan sifatida rivojlanishi D.Ushinskiy (1824-1870) faoliyati bilan bog‘liq. U birinchilardan bo‘lib, fizio- logik, psixologik bilimlarga asoslangan yangi pedagogik tizimni yaratdi, ta’limni mantiqiy asoslarini ishlab chiqdi, ta’lim va tarbiyaning prinsiplarini asosladi. Sakkizinchi bosqich - sobiq sho‘ro tuzumi davrida pedagogikani fan sifatida rivojlanish davri. 1917-1991-yillarda ta’lim tizimida tub qayta qurish yillari bo‘lib o‘tdi. Sh. I. Ganelin (1894-1974), D. Lordkipanidze (1905), B. P. Yesipov (18941967), M. A. Danilov (1899-1973), M. N. Skatkin (1900-1991), I. Ya. Lerner (1917-1996), Yu. K. Babanskiy (1927-1987) lar sho‘ro davrining buyuk didaktlari hisoblanadi. Bu didaktlar pedagogikani fan sifatida rivojlanishiga, ta’lim nazariyasini rivojlanishiga munosib hissa qo‘shganlar. Ta’lim amaliyoti va nazariyasida chet el pedagog olimlaridan amerikalik pedagog Djon Dyui (1859-1952) munosib iz qoldirib, o‘quvchilarning intellektual qobiliyatlari va amaliy faoliyat malakalarini rivojlantirish g‘oyasini ilgari surgan. Chet el pedagoglaridan ta’lim nazariyasi sohasida pedagogik maqsadlar taksanomiyasini ishlab chiqqan amerikalik pedagog olim B. Blum (1913y.) nomi mashhur. Polshalik didaktshunos V. Okon (1914y.) — muammoli ta’lim, umumiy didaktika; amerikalik pedagog D. Bruner (1915y.) - ta’lim nazariyasi sohasidagi ishlari; Ingliz pedagogi N. Bennet (1920y.) - o‘qitish stillariga xarakteristika; Polyak didaktshunosi Ch. Kupisevich (1924y.) - muammoli ta’lim, dastur- lashtirilgan ta’lim, ta’lim texnologiyasi, ta’lim nazariyasini ilmiy va amaliy jihatdan boyitganlar. To‘qqizinchi bosqich - 1990-yildan hozirgi davrgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Bu davr shaxsga yo‘naltirilgan ta’limni qo‘llashga qiziqishni oshganligi, ta’limda pedagogik texnologiyalarni va axborot kommunikatsiyalarni qo‘llash masalasiga qiziqishni oshganligi bilan xarakterlanadi. Pedagogik innovatsiya, monitoring va pedagogik menejmentning nazariy asoslari tadqiq qilindi. Respublikamiz pedagogika tarixi sohasidagi olimlarning tadqiqotlariga tayanib, O‘zbekistonda pedagogika fanining rivojlanish tarixini 5 bosqichga ajratish mumkin. Download 1.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling