Umumiy pedagogika o‘. J. Yo‘ldoshev tahriri ostida
Jamoa tarbiya obyekti va subyekti sifatida
Download 1.33 Mb.
|
Umumiy pedagogika o‘. J. Yo‘ldoshev tahriri ostida-fayllar.org
14. Jamoa tarbiya obyekti va subyekti sifatida
Jamoa nazariyasining shakllanishi va uning mohiyati. O‘quvchilar jamoasining rivojlanish bosqichlari. Jamoa bilan ishlash metodikasi. Jamoa nazariyasining shakllanishi va uning mohiyati Inson to‘g‘risidagi fanlar tizimida jamoaga berilgan turli ta’riflar mavjud. Falsafiy ma’noda jamoa - bu bir necha kishilardan iborat bo‘lib, ijtimoiy ahamiyatga ega umumiy maqsad, muloqot va o‘zaro faoliyat asosida tashkil etilgan guruhni anglatsa, sotsiologiyada mehnat jamoasi imkoniyatlari o‘rganiladi, psixo- logiyada guruhdagi aloqadorlik, o‘zaro ta’sir, pedagogikada bolalar jamoasining tashkil etilishi o‘rganiladi. Pedagogikada bolalar va o‘quvchilar jamoasi tushunchasi bola rivojlanishida va hayotida jamoaning o‘rni anglanishi natijasida paydo bo‘lgan. Ya.A.Komenskiy o‘zining «Buyuk didaktika» asarida bolalarni bir-biriga ta’siri haqida fikr bildirib, o‘qituvchilarga passiv o‘quvchini faol o‘quvchi bilan, aqliy rivojlanishini pastrog‘i bilan, to‘polonchini bosiq bola bilan birlashtirib o‘qitish kerakligi haqida maslahatar bergan. XX asr boshlariga kelib, pedagoglar jamoaviy munosabalarni rivojlanishini bola shaxsini rivojlanishida qulay sharoitlarni yaratishning asosiy yo‘nalishi sifatida talqin qilganlar. Bolalar jamoasi kuchli tarbiyaviy instrument hisoblanadi. Shuning uchun tarbiyaning asosiy vazifasi bolalar uchun qiziqarli, turli-tuman faoliyatni tashkil etish hisoblanadi. Bolalarni jamoada tarbiyalash nazariyasi A.S.Makarenkoning amaliy faoliyatida rivojlandi. Uning ta’kidlashicha, jamoa tarbiyaning shakli, quroli, vositasi hamda har bir shaxsni rivojlantirish manbai sifatida namoyon bo‘ladi. Uning fikricha, jamoada shaxs erkinligi va qadr-qimmati hamda himoyalanganligi va ijtimoiy aloqalari ta’minlanadi. Shuning uchun insoniylik tarbiyasi bu jamoaviy tarbiya deb hisoblanib, tarbiyalovch jamoani shakllantirishning ahamiyatini ko‘rsatib bergan. Tarbiyalovchi jamoa bu o‘zining vazifalariga, an’analariga, munosabat stiliga, o‘z- o‘zini boshqarish organlariga ega bo‘lgan tirik ijtimoiy hodisadir. Makarenkoning xizmatlari yana shunda ko‘rindiki, u birinchilardan bo‘lib, jamoa tarbiyasining asosiy prinsiplarini ilmiy jihatdan asoslab berdi, ularga bolani ijobiy tomonlariga tayanish, parallel ta’sir etish, bola shaxsiga hurmat va talab uyg‘unligi, bolaga individual ta’sir etish prinsiplari kiradi. Jamoa nazariyasining rivojlanishiga polyak pedagogi Ya.Korchak munosib hissa qo‘shgan. U tarbiyaning maqsadi - bu bolani ichki kuch va imkoniyatlarini, qobiliyatlarini to‘liq, erkin, har tomonlama mustaqil rivojlantirish deb hisoblagan. Uning fikricha, bu jarayonining asosiy omili demokratik tarzda tashkillashtirilgan, bolalar hayotini to‘liqligini ta’minlovchi, ularni xulq-atvorini tuzatuvchi, o‘z-o‘zini tarbiyalashga yo‘naltirilgan o‘z-o‘zini boshqaruvchi bolalar jamoasi hisoblanadi deb ta’kidlagan. Tarbiyachining vazifasi bolani xatti-harakatlarini kuzata olishi, 130
uning xulq-atvori motivlarini tushunishi, hurmat asosidagi munosabatlarini o‘rnata olishni bilishi hisoblanadi. Bugungi kunda bolalar jamoasi rus pedagoglari A.V. Mudrik, L.I, Novikova, N.Ye. Shurkovalar o‘zbek pedagoglaridan O.Musurmonova, M.Quronovlar tomonidan ijtimoiy-pedagogik tizim sifatida qaralmoqda. Ularning fikricha, tarbiya tizimi bolalar va o‘smirlarning turli ko‘rinishdagi tabaqalashgan birligini ifodalaydi. Bularga: sinf, to‘garak, sport seksiyasi, ijtimoiy tashkilotlar kiradi. Bizga ma’lumki, jamoada tarbiyalash muammosi tadqiqotlar tomonidan mamlakatimizda va ko‘plab mamlakatlarda shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim konsepsiyasi qabul qilingan hamda ta’lim tizimi modernizatsiya qilinayotgan sharoitda o‘rganilmoqda. Bolalar jamoasining xarakterli belgilari quyidagilardan iborat: ijtimoiy ahamiyatga ega maqsad va vazifalarni belgilash, unga erishish; yosh va individual xususiyatlarni inobatga olgan holda o‘quvchilarni turli faoliyatlarga jalb etish; teng huquqlilik asosidagi munosabatlarni shakllantirish; haqqoniy ijtimoiy fikrni vujudga keltirish; jamoadagi ijobiy an’analarni hosil qilish va ularni qo‘llab-quvvatlash. O‘z-o‘zini boshqaruv organlarini ishini tashkil etish organizatsiya. Tarbiyalovchi jamoaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: tashkiliy (turli faoliyatlarga jalb qilish, ularni tuzatish, ishchanlik munosabatlarini shakllantirish); tarbiyaviy (o‘quvchilarda dunyoga va o‘zlariga munosabatni, axloqiy fa- zilat va sifatlarni shakllantirish, qadriyatlarni, odatlarni, xarakterni ishlab chiqish); stimullashtiruvchi (mazmunli, ijtimoiy ahamiyatli muloqot uchun sharoit yaratish, o‘quvchilarda o‘z-o‘zini tarbiyalash ehtiyojlarini shakllantirish, ularni xulq-atvorini tuzatish. 14.2.O‘quvchilar jamoasining rivojlanish bosqichlari O‘quvchilar jamoasining shakllanishi to‘rt bosqichda kechadi. Jamoa rivojlanishining birinchi bosqichida talab faqat o‘qituvchilar tomonidan qo‘yiladi. Bu jamoa rivojlanishining boshlang‘ich nuqtasidir. Bu bosqichda jamoa hali tarbiyalovchi ta’sirga ega bo‘lmay, balki «tashkil etuvchi birlik» (guruh) hisoblanadi. Bu bosqichda o‘quvchilar o‘qituvchi tomonidan talablarning qo‘yilishiga e’tiborsiz qaraydilar. Jamoa a’zolarining uzluksiz ijodiy faoliyatini tashkil qilish va ularni yagona maqsad atrofida birlashtirishga erishish orqali jamoa qaror topadi. Jamoa hayotining birinchi bosqichida jamoa faoli (aktivi)ning paydo bo‘lishi bu davr uchun xarakterli hodisadir. Jamoa faoli guruhning shunday a’zolaridirki, ular jamoa manfaatiga muvofiq tarzda harakat qiladilar, o‘qituvchi faoliyati va talabiga nisbatan xayrixohlik bilan munosabatda bo‘ladilar. Faollar o‘qituvchining yaqin yordamchilari sifatida ish olib boradilar. Jamoa rivojlanishining ikkinchi bosqichi jamoa faolining o‘qituvchi talabini qo‘llab-quvvatlashi va uning o‘zi ham bu talablarni jamoa a’zolari zimmasiga qo‘yishi bilan tavsiflanadi. Endilikda 131
Bir guruh pedagoglar o‘quvchilar jamoasini uning shakllanish va rivojlanishiga ko‘ra quyidagi uch bosqichga ajratadilar. Ya’ni: jamoani dastlabki jipslashtirish; jamoani shakllantirish asosida uning har bir a’zosini individual rivojlantirish; jamoaning umumiy faoliyatini yo‘lga qo‘yish. 132
Download 1.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling