Umumiy pedagogika o‘. J. Yo‘ldoshev tahriri ostida


Onglilik va faollik prinsipi


Download 485.96 Kb.
bet13/31
Sana20.12.2022
Hajmi485.96 Kb.
#1036612
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   31
Bog'liq
2 5438136192598023813

Onglilik va faollik prinsipi
Ta’limda onglilik va faollik prinsipi bilimlarni faol bilish va amaliy faoliyatda ongli o‘zlashtirilishini talab etadi. Ta’limdagi onglilik —bu o‘quv-


69




chilarni ta’limga bo‘lgan pozitiv munosabati, o‘rganilayotgan muammoni mohiya­tini tushunish. O‘quvchilar tomonidan bilimlarni ongli o‘zlashtirish qator omillarga bog‘liq: ta’lim motivlariga, bilish faolligi darajasiga va xarakteriga, o‘quv jarayonini tashkil etilishiga, qo‘llaniladigan metod va ta’lim vositalariga. O‘quv- chilar faolligi — bu ularni ta’lim jarayonidagi intensiv aqliy va amaliy faoliyati.
Onglilik
bilimlarni ongli o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan prinsipdir. Bilim, malaka, ko‘nikmalarni ongli o‘zlashtirish quyidagi xususiyatlarga ega: Ta’lim maq­sadini anglash, materialni ongli egallash, ularni farqlay bilish, bilimlarni mustahkam­lash, takrorlash jarayonini sezish, natijalarni baholay bilish. Faollik bilim, ko‘nikma va malakalarni ongli o‘zlashtirish sharoit va natijasi sifatida namoyon bo‘ladi.
Amaliyotda onglilik va faollik prinsipi qator qoidalarga amal qilishni talab
etadi:
o‘quvchilar tomonidan ta’lim maqsadi va vazifalarini aniq tushunib olishga erishish;
diqqatni tortuvchi faktlarni, ma’lumotlarni, misollarni qo‘llash;
texnik vositalarni va ko‘rgazmali qurollarni qo‘llash;
o‘quvchilarni nazariy bilimlarni qo‘llash bo‘yicha amaliy faoliyatga jalb
qilish;
ta’limning faol va intensiv metodlarini qo‘llash;
noaniqni aniq bilan mantiqiy bog‘lash;
o‘quvchilarni sabab oqibat aloqalarini topishga o‘rgatish;
o‘quvchilarda optimizmni va ishonchni qo‘llab-quvvatlash.

Download 485.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling