Umumiy pedagogika o‘. J. Yo‘ldoshev tahriri ostida
Розиков О., Огаев С., Адизов Б. Тошкент
Download 485.96 Kb.
|
2 5438136192598023813
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3 Б.Т.Лехaчёв. Педагогикн курс лекции.
1 Розиков О., Огаев С., Адизов Б. Тошкент, Фян 1997. 147 б.
2 Беляевa А.П. Дидякт. Проф. Под. М.: «ВШ», 1991. 3 Б.Т.Лехaчёв. Педагогикн курс лекции. М.Юряйт.2000.91 с. 62 beradi, o‘quvchilarning ijtimoiy tajribani o‘zlashtirishini, har bir o‘quvchini kompleks munosabatlar tizimiga kirishini ta’minlaydi. Didaktik prinsipda nazariy umumlashma o‘rnatilgan va amaliyotda tekshirilgan ijtimoiy munosabatlar, qonuniy aloqalar aks etadi, unda o‘quv tarbiya jarayonini tashkil etishga bog‘liq hamda o‘quvchilarning faoliyatiga pedagogik rahbarlik qonuniyatlari ifodalanadi. Keyingi vaqtda I.P.Pidkasiskiy (2000)ning ta’lim prinsiplari bo‘yicha fikrlari didakshunoslar e’tiborini jalb qilmoqda. Uning fikricha, «ta’lim prinsipi - bu didaktik jarayonni tashkil etishda amal qilinadigan yetaklovchi g‘oya va me’yoriy talablar yig‘indisidir»1. Hozirgi paytda o‘qitish jarayoni tushunchasi o‘rniga didaktik jarayon tushunchasi ko‘proq qo‘llanilmoqda. Buning sababi, o‘qitish jarayoni bu o‘qituvchi faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan jarayondir. Didaktik jarayon o‘z tuzilishiga ega bo‘lib quyidagi bosqichlardan iborat: motivatsion bosqich, o‘quv bilish faoliyati va boshqarish. Didaktik jarayon mutaxassis shaxsini shakllantirish jarayoni sifatida o‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro hamkorligi asosida quriladi va amalga oshiriladi. Yuqoridagi tahlillardan ko‘rinib turibdiki, aksariyat hollarda ta’lim prinsipi deganda o‘qituvchining pedagogik faoliyatida amal qilinishi lozim bo‘lgan talablar va o‘quvchilarning o‘quv bilish faoliyatiga ongli va faol munosabatlarini ta’minlaydigan qoidalar yig‘indisi tushunilar ekan. Ta’lim prinsiplarini noto‘g‘ri tushunish yoki bilmaslik ta’lim jarayonini samarasiz, ziddiyatli bo‘lishiga olib keladi. Ta’lim prinsiplariga amal qilish o‘qituvchining pedagogik madaniyati ko‘rsatkichi va ta’lim jarayonining samaradorligini asosiy sharti hisoblanadi. U yoki bu prinsipning alohida tomonlarini qo‘llanilishi didaktik qoidalarda ochib beriladi. Qoidalar prinsiplardan kelib chiqadi. Ta’lim qoidasi — ta’lim jarayonidagi pedagogik vaziyatlardagi o‘qituvchining aniq ko‘rsatmasi xatti-harakatlari hisoblanadi. Ta’limning asosiy qonun va qonuniyatlari tavsifi Ta’limda dialektikaning umumiy qonunlari va ta’limning maxsus qonunlari o‘z ifodasini topadi.. Dialektikaning umumiy qonunlariga: qarama-qarshiliklar kurashi va birligi qonuni, miqdor o‘zgarishini sifat o‘zgarishiga o‘tishi qonuni, inkorni inkor qonuni. Bu qonunlar ta’lim jarayonida qanday namoyon bo‘ladi ? Ta’lim jarayonida qarama -qarshiliklar kurashi va birligi qonuni amal qiladi. Iqtisodiy, siyosiy, madaniy hayotdagi o‘zgarishlar bizning mamlakatimizda ijtimoy qadriyatlarni va holatlarni o‘zgartirishga olib keldi, oldinlari qoralangan shaxsiy sifatlarni shakllantirilishini (tadbirkorlik, ishbilarmonlik, tavakkalchilik) taqozo etdi. Bu birinchi navbatda ta’lim jarayoni, uning mazmunini hamda texnologiyasini o‘zgartirishni talab etdi. Ta’lim jarayonida miqdor ko‘payishi sifat o‘zgarishiga o‘tishi qonuni amal qiladi. Barcha integrativ shaxsiy sifatlar tavsifi (ishonch, motivlar, ehtiyoj, Download 485.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling