Umumiy pedagogika o‘. J. Yo‘ldoshev tahriri ostida
Сорокин М.А. Дидяктикя М. 1975. 87 c
Download 485.96 Kb.
|
2 5438136192598023813
1 Сорокин М.А. Дидяктикя М. 1975. 87 c.
2 Бярянов С.П. Принципы обучения. М.: 1975 60 Ta’lim prinsipi - mahsuldor faoliyatni ta’minlovchi ta’lim jarayoniga qo‘yilgan asosiy talablar tizimi hamdir. Didakshunos olim V.A. Onishuk (1987)ning ta’kidlashicha, «ta’lim prinsipi ta’lim jarayonining tashkil etish shaklini, vositasini, o‘qitish metodlarini, ta’lim mazmunini aniqlaydigan qoidalardir»1. Pedagogik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ta’lim jarayonining mazmuni ta’lim maqsadiga, o‘qitish metodi va vositalari esa ta’lim mazmuniga bog‘liq. Shu jihatdan yuqorida keltirilgan ta’rif prinsip mohiyatini to‘laqonli ifodalaydi. Ma’lumki, borliqdagi har bir hodisa, predmet, jarayonlar o‘z qonuniyatlari asosida mavjud bo‘ladi, doimiy o‘zgarib, rivojlanib turadi. Pedagogik voqelik ham ma’lum qonuniyatlar asosida rivojlanadi, ularsiz ta’lim prinsiplarining mohiyatini ochib berish mumkin emas. O‘qitish jarayonini ta’lim prinsipi asosida tashkil etish - bu jarayonni ilmiy asosda qurish demakdir. Ilmiy asosda qurilgan har qanday faoliyat yakuniy natijani ta’minlaydi. Prinsiplar tizimiga yoki alohida prinsipga tayanish, birinchi navbatda, maktab amaliyotini chuqur tahlil qilish, shuningdek, bu prinsipning zarurligini isbotlash asosida amalga oshiriladi. Didaktika paydo bo‘lgandan buyon ta’lim prinsiplarini vujudga keltirish, ularni tahlil qilish, umumlashtirish, yangilash ta’lim nazariyasining asosiy muammosi bo‘lib kelmoqda. O‘qitish jarayoni qonuniyatlaridan - ta’lim prinsiplari, ta’lim prinsiplaridan - o‘qitish qoidalari kelib chiqadi. Qoida aniq o‘quv vaziyatida u yoki bu prinsipni qo‘llash metodikasining xususiy holatini ifodalaydi. Polyak didakshunos olimlaridan B.Novrichinskiy ta’lim prinsipi tushun- chasini ikki xil: 1) to‘liq bo‘lmagan ta’lim nazariyasi ma’nosida; 2) o‘qituvchining didaktikaviy ishlari usullarini aniqlovchi «me’yor» ma’nosida qo‘llagan. K. Sosnitskiy (1986) o‘qitish prinsipi deganda, o‘qituvchining xususiy faoliyatida amal qiladigan umumiy qonuniyatlarni tushunadi. Umumiy qonuniyatlar o‘qituvchining har bir xatti-harakatiga taalluqli va bir vaqtning o‘zida o‘qituvchi tanlagan didaktik tizimdagi u yoki bu ta’lim turiga ta’sir qiladi. Ayrim mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu obyektiv umumdidaktik qonuniyatlar emas, balki qabul qilingan ta’lim tizimidan kelib chiqadigan o‘qituvchi xulq-atvoridagi me’yoriylikdir. Bunday yondashuv Ch.Kupesevich(1986)ga tegishli bo‘lib, uning fikricha, «ta’lim prinsipi o‘qituvchini o‘quvchilarga dunyo to‘g‘risidagi bilimlar tizimi asoslarini berishda amal qiladigan xulq-atvor me’yorlaridir»2. Demak, didaktik xulq-atvor me’yorlariga amal qilinganda o‘quvchilarning dunyoqarashi rivojlanadi, mustaqil bilim olishlariga imkoniyatlar yaratiladi. Ta’lim prinsipining bunday talqin etilishi ta’limning umumiy maqsadiga erishishga xizmat qiladi va har qanday o‘quv predmeti hamda har qanday o‘quv muassasasi uchun umumiylik kasb etadi. Agar maqsad va mazmun «nima uchun» va «nimani» o‘qitish kerakligini aniqlab bersa, prinsip «qanday amalga oshirish kerak» ligini belgilaydi. Mashg‘ulot davomida prinsiplarga amal qilish o‘quvchilar qobiliyatining rivojlanishiga, dunyoqarashining shakllanishiga va ularning o‘quv materialini Download 485.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling