Umumiy pedagogika o‘. J. Yo‘ldoshev tahriri ostida
[^OBap. ин. слов. М. 1955. 563 б]
Download 485.96 Kb.
|
2 5438136192598023813
1 [^OBap. ин. слов. М. 1955. 563 б]
57 fani nazariyasi va amaliyotini uyg‘unlashtirishda ta’lim qonuniyati va prinsiplari xizmat qiladi. Pedagogik ensiklopediyada: «Ta’lim prinsiplari bu ta’lim jarayonining qonuniyatlari va tarbiyaning umumiy maqsadlariga muvofiq ravishda maktabdagi o‘quv ishlarining tashkiliy shakllari, metod va mazmunini aniqlovchi didaktik kategoriyadir». Bu nihoyatda keng ma’noda berilgan ta’rif bo‘lib, maktab faoliyatini to‘laligicha qamrab olyapti, uning stratetik rivojlanishida asosiy poydevor, tayanch sifatida qabul qilinyapti. Bu holatni I.T.Ogorodnikov (1950) ham qayd etib, ta’lim jarayonining umumiy tavsifidan asosiy ko‘rsatmalar kelib chiqishini uqtiradi: «maktab ta’lim jarayonini o‘tkazishni aniqlovchi asosiy ko‘rsatmalar ta’lim prinsiplari deb nomlanadi».1 Didaktshunos olim M.N. Skatkinning (1982) ta’kidlashicha, «ta’lim prinsipi bu o‘qituvchi va o‘quvchining hamkorligidagi faoliyati asosida, zarur bo‘lgan natijaga olib keladigan qoidani keltirib chiqaradi»2. Bu ta’riflardan ko‘rinib turibdiki, o‘qituvchining o‘rgatuvchilik faoliyati va o‘quvchining o‘rganuvchilik ko‘zlangan maqsadga erishishni ta’minlaydigan qoidalar o‘qitish jarayonida didaktik prinsiplar mohiyatini tashkil etadi. Ta’lim prinsiplari - bu ta’lim va tarbiya maqsadlariga muvofiq ravishda o‘qitish qonunlaridan foydalanish usullarini xarakterlovchi didaktik kategoriyadir. Ma’lumki, har qanday fan borliqdagi mavjud hodisa va jarayonlarning obyektiv qonun va qonuniyatlarini ochish bilan shug‘ullanadi. Bu qonunlar insonga tabiat va ijtimoiy hayotning rivojlanish mohiyatini tushunishga yordam beradi. Shu bilan birgalikda bu qonunlar amaliy xatti-harakat uchun ko‘rsatma bo‘la olmaydi, balki ular amaliy faoliyat texnologiyasi va qoidalarini ishlab chiqish uchun nazariy asos hisoblanadi. O‘quv jarayonining obyektiv rivojlanishi qonuniyatlarini bilish asosida o‘qituvchini amaliy faoliyatga yo‘llaydigan prinsip va qoidalar ishlab chiqiladi. Bu yerda o‘zaro bog‘liq uchta tushuncha «qonuniyat», «prinsip», «qoida»ga urg‘u berilyapti. Ta’lim prinsiplarida ta’limning me’yoriy asoslari o‘z ifodasini topadi. Ular asoslanmaydigan toifaga mansub bo‘lib, o‘quv amaliyotining yoyilishidan kelib chiqishi va o‘zida o‘quv jarayonining qonuniyatlarini ifodalashi bilan ajralib turadi. Demak, prinsip o‘quv jarayonining umumiy yo‘nalishini va asosiy talablarini aniqlashtirib beradi. Yoxud prinsip tushunchasi «nima uchun» yoki «qanday o‘qitish kerak» degan savolga to‘laqonli javob beradi. B.N.Savin (1975) o‘rganilayotgan muammoga o‘quvchini tarbiyalash maqsadi mavqeidan yondashadi: «Ta’lim prinsiplari tarbiya maqsadlariga va o‘qitish jarayoni qonuniyatlariga muvofiq tarzda dars berish va o‘qitish jarayonini belgilashga xizmat qiluvchi asosiy rahbar qoidalardir».3 Maktabda ta’lim jarayoni o‘zining umummetodik va didaktik prinsiplariga ega. O‘qitish nazariyasi ta’limning umumpedagogik va ruhiy -fiziologik asoslarini hisobga olgan holda o‘qitish jarayonini tashkil etishda amal qiladigan asosiy metodik ko‘rsatmalar ekanligini didakt olim D.O.Lordkipanidze (1955) Download 485.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling