Pedagogika fanining ilmiy tadqiqot metodlari
- Kuzatish metodi-o’rganish lozim bo’lgan pedagogik hodisani ma‘lum maqsad nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda kuzatuvchi kuzatish bayonnomasini olib boradi. Kuzatish aniq belgilangan reja asosida olib boriladi.
Pedagogik tahlil. Tadqiqotni olib borish jarayonida ushbu metodni qo‘llashdan ko‘zlangan maqsad tanlangan muammoning falsafiy, psixologik hamda pedagogik yo‘nalishlarda o‘rganilganlik darajasini aniqlashdan iborat bo‘lib, tadqiqotchi ilgari surayotgan g‘oyaning nazariy jihatdan haqqoniyligini asoslashga xizmat qiladi.
Suhbat metodi-Ta‘lim-tarbiya jarayonini yaxshilash yoki yaratilgan ilmiy farazlarning qanchalik to’g’ri ekanligini aniqlash maqsadida suhbat usulidan foydalaniladi.
Ta’lim muassasasi hujjatlarni tahlil qilish. Pedagogik hodisa va dalillarni tekshirish maqsadida ta’lim muassasalari faoliyati mazmunini yorituvchi ma’lumotlarni tekshirish maqsadga muvofiqdir. Ta’lim muassasalarida uzluksiz ta’limni tashkil etishga oid hujjatlar talablarining bajarilish holatini o‘rganish, erishilgan yutuq hamda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni aniqlash, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish va ta’lim muassasasi pedagogik tajribasini oshirish maqsadida qo‘llaniladi.
Eksperiment metodi-so’zi lotincha «sinab ko’rish», «tajriba qilib ko’rish» ma‘nosini anglatadi. Eksperimental – tajriba ishlari asosan ta‘lim-tarbiya jarayoniga aloqador ilmiy faraz yoki amaliy ishlarning tadbiqiy jarayonlarini tekshirish aniqlash maqsadida o’tkaziladi. Eksperiment usuli sharoitga qarab 3 xilda o’tkaziladi:
1) Tabiiy eksperiment. 2) Laboratoriya eksperimenti.3) Amaliy tajriba.
Bolalar ijodini o‘rganish metodi o‘quvchilarning muayyan yo‘nalishlardagi layoqati, qobiliyati, ma’lum fan sohalari bo‘yichaBKM darajasini aniqlash maqsadida qo‘llaniladi. Uni qo‘llashda o‘quvchilarning ijodiy ishlari – kundalik, insho, yozma ish, referat va hisobotlari muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Metod ma’lum o‘quvchiga xos bo‘lgan individual imkoniyatni ko‘ra olish, baholash va uni rivojlantirish uchun zamin yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |