Anketa (fransuzcha “tekshirish”) metodi yordamida pedagogik kuzatish va suhbat jarayonida to‘plangan dalillar boyitiladi. Bu metodi ham tizimlangan savollar asosida respondentlar bilan muloqotni tashkil etishga asoslanadi. Savollarga javoblar, odatda, yozma ravishda olinadi. O‘rganilayotgan jarayon mohiyatidan kelib chiqqan holda anketa savollari quyidagicha bo‘ladi: 1) ochiq turdagi savollar (erkin, batafsil javob berish uchun imkon yaratadigan savollar); 2) yopiq turdagi savollar (“ha”, “yo‘q”, “qisman” yoki “ijobiy”, “qoniqarli”, “salbiy” va hokazo tarzdagi javob variantlarini tanlashga imkon beradigan savollar).Anketa metodini qo‘llashda ham bir qator shartlarga amal qilish zarur
Matematik statistika tajriba-sinov ishlari, shuningdek, umumiy holda tadqiqotning samaradorlik darajasini aniqlash maqsadida qo‘llaniladi. Muammo holatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar maxsus matematik formulalar yordamida qayta tahlil etiladi. Yakuniy qiymat tadqiqot samarasini ifodalovchi asosiy ko‘rsatkich hisoblanadi. Ayni vaqtda pedagogik yo‘nalishda tadqiqotlar olib borishda Student, Kivirlyag, Rokich, V.Bespalko va V.Grechixin metodlaridan keng foydalanilmoqda
- Sotsiologik metodi-Yuqoridagi sanab ko'rsatilgan metodlar qo'llashda tadqiq qilinayotgan talabalar soni chegaralangan ularning kamchiligi ham shunda ekanligini bilishimiz darkor. Bunday paytda talabalar ning ko'pchiligi bilan ommaviy ravishda pedagogika fanining u yoki bu muammosini hal etishda sotsiologik metodini qo'llash talab qilinadi. Misol uchun talabalar o'zlarining bo'sh vaqtlarini qanday o'tkazishini aniqlash uchun tezlikda anketa savollari asosida so'rash orqali ko'plab o'quvchilardan o'tkaziladi va aniq bir xulosaga kelinadi.
Didaktika - pedagogikaning bir qismi bo’lib, unda ta‘lim nazariyasi bayon etiladi.
Didaktika- grekcha so’z bo’lib, «Didayko» - o’qitish, «Didaskol» - o’rgatuvchi
degan ma‘noni anglatadi. Uning so’zma-so’z tarjimasi ta‘lim nazariyasini bildiradi.
Ta‘lim nazariyasi ta‘lim jarayoni, uning mohiyatini, ta‘lim qoidalari, usullari hamda
tashkiliy shakllarini o’z ichiga oladi. Didaktika o’z oldiga o’qitishning o’quvchi-
talabalarni har tomonlama tarbiyalash maqsadlariga javob beruvchi umumiy
qonuniyatlarini bilib olish vazifasini quyadi.
.
Do'stlaringiz bilan baham: |