Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


Nazorat uchun savol va topshiriqlar


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet211/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

 
Nazorat uchun savol va topshiriqlar: 
 
1. Pedagogik mahorat fani va uning o‘qituvchi faoliyatidagi 
o‘rni va ahamiyati. 
2. O‘qituvchi faoliyatidagi pedagogik qobiliyatlar. Pedago-
gik qobiliyatning asosiy turlariga ta’rif bering. 
3. Pedagogik texnika deganda nimani tushunasiz va uni 
egallash yo‘llari. 
4. Kommunikativ qobiliyatga ta’rif bering. 
5. Sharq mutafakkirlari Al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu 
Rayhon Beruniy, Alisher Navoiyning ijodiy merosida mudarris-
larni tanlash, ularga qo‘yiladigan talablar, ularning mahorati, mulo-
qoti va muomala madaniyati munosabatga kirishish mahorati, 
ularni egallashga qo‘yiladigan talablar haqidagi fikringiz. 
 
 
 


460 
Pedagogik mahoratni oshirishda zamonaviy axborot 
texnologiyalarning ahamiyati 
О‘quv jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalarini qо‘l-
lash ta’lim metodlarining samaradorligini oshirishga, о‘qituvchilar 
mehnat faoliyatining о‘zgarishiga, ularning pedagogik maho-
ratlarini takomillashtirishga, pedagogik tizimlarning tarkibiy 
о‘zgarishiga samarali ta’sir etadi. Bu esa pedagogik jarayonlarni 
axborotlashtirishni tashkil etish va boshqarishda о‘ziga xos 
vazifalarni qо‘yadi. 
Pedagogik ta’lim jarayonlarini zamonaviy axborot texno-
logiyalari asosida samarali tashkil etish: 
− masofaviy о‘quv kurslarini va elektron adabiyotlarni 
yaratuvchi jamoa о‘qituvchilar, kompyuter dasturchilari, tegishli 
mutaxassislarning birgalikda faoliyat olib borishini; 
− о‘qituvchilar о‘rtasida vazifalarning bir maromda tо‘g‘ri 
taqsimlanishini; 
− ta’lim va tarbiya jarayonini yanada mukammal tashkil 
qilishni takomillashtirish va pedagogik faoliyatning samarador-
ligini oshirish monitoringini tashkil etish imkoniyatini yaratadi. 
Zamonaviy axborot texnologiyalari asosida о‘qituvchining 
pedagogik faoliyatida: 
− ta’limning texnologik asosini zamon talablari darajasida 
rivojlantirish bilan bog‘liq bо‘lgan murakkab jarayon yengil-
lashadi; 
− dars jarayonini zamonaviy texnik vositalar asosida tashkil 
etish uchun maxsus kо‘nikma va malakalar shakllantiriladi; 
− masofaviy kurslarning ochiqligi tufayli ularning sifatiga 
bо‘lgan talablar va о‘quv materiallarining sifatini nazorat qilishga 
ehtiyoj paydo bо‘ladi; 
− talim jarayonida о‘quvchilarning mustaqil faoliyati tako-
millashadi, dars jarayonining samaradorligi о‘qituvchidan 
о‘quvchiga kо‘chadi; 


461 
− о‘quv jarayonini tashkil etishda, о‘quvchining tashkilot-
chiligi va shaxsiy ishtiroki ortadi; 
− zamonaviy kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish 
asosida о‘qituvchi pedagogik faoliyatida har bir о‘quvchi bilan 
teskari aloqasi vujudga kelishi ta’minlanadi. 
Hozirgi kunda о‘qituvchi ta’lim-tarbiya jarayonida о‘quv-
chilarning imkoniyatlari va talablarini inobatga olishi zarur. 
О‘qituvchi tomonidan targ‘ib etilayotgan ta’lim va tarbiya tizimi 
shaxsga yо‘naltirilgan xarakterda bо‘lishi, ya’ni shaxsning har xil 
xususiyatlari va sifatiga e’tibor qilgan holda tabaqalashtirilgan 
bо‘lishi kerak. 
Har qanday ta’lim va tarbiya tizimi ma’lum bir ijtimoiy, ilmiy-
texnik, iqtisodiy, madaniy va nihoyat, siyosiy muhitda shakllanadi 
va rivojlanadi. Bu muhitlarning eng ustuvori ijtimoiy-iqtisodiy 
omillardir. Ilmiy-texnik taraqqiyot, madaniy va siyosiy muhit 
ijtimoiy-iqtisodiy о‘zgarishlarni rivojlantirishi yoki sekinlashtirishi 
mumkin. Ta’lim tizimi jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy 
rivojlanishining asosiy vazifalarini amalga oshirishga xizmat 
qiladi, chunki umumta’lim maktablari, oliy ta’lim muassasalari 
insonni iqtisodiyot, madaniyat, siyosiy jihatdan hayotda qizg‘in 
faoliyat kо‘rsatish uchun tayyorlaydi. Shuning uchun ham ta’lim 
muassasalari о‘qituvchisi ta’lim-tarbiya jarayonining tayanch 
bо‘g‘ini sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. 
Zamonaviy axborot texnologiyalari shakl va mazmunining 
rang-barangligi – о‘quvchining qiziqishi, imkoniyati va shaxsiy 
xususiyatlaridan kelib chiqib taklif etilayotgan holatlardan tanlash 
imkoniyatini beradi. Bunday imkoniyat ta’lim tizimida ham о‘z 
aksini topishi zarur. О‘qituvchining har xil sathli о‘qitishni 
zamonaviy axborot texnologiyalari asosida tashkil etishi bunday 
muammoning yechimi bо‘la oladi. 
О‘quv mashg‘ulotlarini о‘quvchilarning kundalik fanlar 
majmuasi va ular bо‘yicha berilgan kundalik topshiriqlar majmuasi 
asosida belgilanishi, har bir о‘tilgan mavzuni keyingi darsda sо‘rab 
baholanadigan qilib tashkil etilishi kо‘plab muammolarni keltirib 
chiqaradi. Bunday holda о‘quvchilar biron bir fanga о‘zlarining 
asosiy diqqat e’tiborini tо‘liq qarata olmaydilar. Bunday 


462 
notugalliklarni bartaraf etishda, modulli о‘qitish eng yaxshi yechim 
hisoblanishi mumkin. 
Zamonaviy jamiyatda ta’lim tizimini rivojlantirishning 
strategik yо‘nalishi – bu insonning turli sohalarda maqsadli 
mustaqil faoliyat asosida intellektual va axloqiy rivojlanishidir. 
Bunda uchta asosiy vazifaga e’tibor qaratiladi: 
1. Ta’lim tizimini isloh etish. 
2. Mustaqil faoliyat tamoyilini ta’lim va tarbiyaning asosiy 
tamoyili sifatida e’tirof etish. 
3. Ta’lim va tarbiya jarayoniga zamonaviy axborot 
texnologiyalarini joriy etish. 
Zamonaviy insonning о‘qish jarayoni faqat bog‘cha, 
umumta’lim maktablari, akademik litseylar yoki kasb-hunar 
kollejlari, oliy ta’lim muassasalari bilan tugamaydi. Inson butun 
umri davomida ta’lim olishi zarur, ya’ni ta’lim uzluksiz bо‘lishi 
kerak. Demak, uzluksiz ta’lim – davr talabidir. Zero, bu muammo 
zamonaviy axborot texnologiyalariga bо‘lgan ehtiyojni yanada 
shakllantirishi shubhasiz.
XXI asr – axborotlashtirish asrida ta’lim sohasini axborot-
lashtirish, har bir ta’lim muassasasidan: 
- о‘qitish va о‘qish jarayonining;
- ta’lim muassasasi boshqarilishining;
- ta’lim muassasasi bо‘linmalarining; 
- ta’lim muassasasi faoliyati muhitining axborotlashtirilishini 
talab qiladi. 

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   207   208   209   210   211   212   213   214   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling