Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


Nazariy bilimlardan foydalaniladigan mashqlar


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

5.Nazariy bilimlardan foydalaniladigan mashqlar 
 
Maktab amaliyotida mashqlar o‘tkazish uchun o‘quvchilarning 
nazariy bilimlariga murojaat qilishning ba’zi yo‘llari belgilangan. 
Bu ishning eng keng tarqalgan, lekin eng kam samarali usuli dars 
rejasida ko‘zda tutilgan mashqlarni bajarishda tayaniladigan 
ma’lum tushunchalar va qoidalarni og‘zaki qayta tiklashdir. 
Mashqlarni bajarishdan oldin nazariy materialni takrorlashning 
samaraliroq usuli mazkur materialni qo‘llash bo‘yicha amaliy 
topshiriqlarni qo‘yishdir. Bunday topshiriqlarga tanlanma diktant 
o‘tkazishda ma’lum so‘zlar yozishni, nutqning ma’lum bo‘laklarini 
qisqa vaqt ichida tahlil qilishni, nutqning ahamiyatli qismlarini 
ajratishni, didaktik tarqatma material bilan ishlashda ma’lum orfog-
rammalarni qayd qilishni, masalalar yechishda asos bo‘ladigan 
matematik ifodalar bilan ishlash va hokazolarni kiritish mumkin. 
Mashqlar o‘tkazishda nazariy materialga murojaat qilishning 
navbatdagi usuli o‘quvchining keyingi amaliy ishni bajarishdan 
oldin uning yo‘llarini asoslashidir. Amaliy ishlarni bajarish vaqtida 
nazariy asoslash pedagogik jihatdan o‘zini oqlagan. Bu usulni ikki 
variantda bajarish mumkin. Bular navbatdagi ishni keng 
tushuntirish va sharhlashdan iboratdir. O‘quvchilar bilan ularning 
tayyorgarligidagi ayrim kamchiliklarini to‘ldirish bo‘yicha 
ishlashda navbatdagi ishlarni keng tushuntirish o‘zini ancha 
oqlagan. Bunda avval o‘quvchidan keng mushohada yuritishni 
talab qilish lozim va talabni bajarish esa hisoblash usulini 
chuqurroq anglashni ta’minlaydi. Mushohada jarayoni asta-sekin 
kengaya boradi va harakatlar ma’lum tartibda, ketma-ket amalga 
oshadi. Hisoblash usulini asoslovchi qoidaning yo‘naltiruvchi roli 
yo‘qoladi va u faqat qiyinchilik tug‘ilganida eslanadi. 


165 

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling