Umumiy pedagogika o‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik


Download 2.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/259
Sana18.10.2023
Hajmi2.64 Mb.
#1708313
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   259
Bog'liq
UMUMIY PEDAGOGIKA MAVLOMOVA (Восстановлен)

O‘qitish metodlarini tanlash. Pedagogika fanida, 
o‘qituvchilarning amaliy tajribasini o‘rganish va umumlashtirish 
asosida ta’lim metodlarini tanlashga o‘quv-tarbiya jarayoni 
kechayotgan shart-sharoitlar va aniq holatlarga bog‘liq muayyan 
yondashuvlar vujudga keladi. Ta’lim metodlarini tanlashda quyi-
dagi holatlar inobatga olinishi lozim: 
- zamonaviy didaktikaning yetakchi g‘oyalari, ta’lim, tarbiya 
va rivojlantirishning umumiy maqsadlari; 
- o‘rganilayotgan fan mazmuni va metodlari, mavzularining 
o‘ziga xosligi; 
- xususiy fanlar metodikasining o‘ziga xosligi va umumdi-
daktik metodlarni saralashga qo‘yiluvchi talablarning o‘zaro alo-
qadorligi; 
- muayyan dars materialining maqsadi, vazifalari va mazmuni; 
- u yoki bu mavzuni o‘rganishga ajratilgan vaqt; 
- o‘quvchilarning yosh xususiyati, bilish imkoniyatlari, dara-
jasi;
- o‘quvchilarning darsga tayyorgarlik darajasi
- o‘quv muassasalari, auditoriyalarning moddiy ta’minlan-
ganlik darajasi, jihozlar, ko‘rgazmali qurollar, texnik vositalarning 
mavjudligi; 
- o‘qituvchining imkoniyatlari, nazariy va amaliy jihatdan 
kasbiy tayyorgarlik darajasi, pedagogik mahorati, shaxsiy sifatlari; 
- o‘quv muassasalarida fanlararo hamkorlikning o‘rnatil-
ganligi. 
O‘qituvchi bu holatlarni inobatga olib, u yoki bu ketma-
ketlikda og‘zaki, ko‘rgazmali yoki amaliy metodlarni, reproduktiv 
yoki mustaqil ishlarni boshqarish metodlarini nazorat va o‘z-o‘zini 
nazorat metodlarini tanlash borasida aniq yechimlar qabul qiladi. 
 
4.O‘qitishning induktiv va deduktiv metodlari 
O‘qitishning induktiv va deduktiv metodlari  o‘quv materiali 
mazmunining xarakteri va mantiqini yoritish usulidir. 
O‘qitishning induktiv metodi  o‘qituvchi va o‘quvchining turli 
variantlardagi faoliyatidir. Bunda o‘qituvchi avval dalillarni 


163 
tushuntiradi, tajribalarni, ko‘rsatmali qo‘llanmalarni namoyish 
qiladi, umumlashtirish va tushunchalarni ta’riflash bo‘yicha 
mashqlar bajarishni tashkil etadi. O‘quvchilar oldin xususiy 
faktlarni o‘zlashtiradilar, keyin xulosalar chiqaradilar va o‘quv 
materialini umumlashtiradilar. Yoki o‘quvchilar oldiga xususiy 
qoidalardan umumiy xulosalargacha mustaqil mushohada 
yuritishni talab qiladigan muammoli topshiriqlar qo‘yiladi. 
O‘quvchilar esa dalillar ustida mustaqil holda fikrlaydilar va 
tegishlicha xulosalar chiqaradilar hamda umumlashtirish qiladilar. 
Deduktiv metod o‘qituvchining avval umumiy qoidalarni, 
ta’riflarni aytishi, keyin asta-sekin xususiy hollarni, muayyan 
vazifalarni keltirib chiqarish usulidir. Bunda o‘quvchilar umumiy 
qoidalarni idrok etadilar, formulalarni o‘zlashtiradilar, keyin esa 
ulardan kelib chiqadigan natijalarni egallaydilar.Agar mana shu 
metodlar taqqoslansa, o‘quvchilar ma’lum mushohadalarni keltirib 
chiqaradigan faktlar va materialni o‘zlashtirishlariga ko‘ra induktiv 
metod foydaliroqdir. Masalan, o‘qituvchi matematik masalaning 
yechimini yoritadi, keyin o‘quvchilarga ana shu xildagi masalani 
mustaqil holda yechishni tavsiya qiladi, lekin bunda fikrlash tez 
rivojlanmaydi va materialni o‘rganishga ko‘p vaqt ketadi. Deduktiv 
metod materialni tezroq o‘tishga yordam beradi va bunda mavhum 
fikrlash faolroq rivojlanadi. O‘qitishning induktiv va deduktiv 
metodlarida uning og‘zaki, ko‘rsatmali va amaliy metodlari, 
shuningdek, reproduktiv yoki muammoli izlanish metodi ham 
qo‘llaniladi.Ta’limning 
reproduktiv 
xarakteri, 
asosan, 
o‘quvchilarning ijodiy faoliyatidir. Fikrlashning xarakteri  
o‘qituvchi bergan o‘quv axborotini faolroq idrok etish va eslab 
qolish, o‘qitishning og‘zaki, ko‘rsatmali va amaliy metodlaridan 
hamda usullaridan foydalanmay, mazkur metodlarni qo‘llab 
bo‘lmaydi. Reproduktiv metodda o‘qituvchi faktlarni, isbotlarni, 
tushunchalar ta’rifini to‘la bayon qiladi, asosiy masalaga alohida 
e’tibor beradi.O‘qitishning reproduktiv metodida ko‘rsatmalilik 
ham qo‘llaniladi. Reproduktiv yo‘sindagi amaliy ishlar o‘quv-
chilarning namuna bo‘yicha ilgari yoki endigina o‘zlashtirilgan 
bilimlarni qo‘llashi bilan farqlanadi. Ammo bunday ishlarda 


164 
bilimlarni mustaqil holda boyitish amalga oshmaydi. O‘qitishning 
muammoli izlanish metodi muammoli ta’limda qo‘llaniladi. 

Download 2.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   259




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling